O‘zbekiston hafta ichida: prezidentning tanqidlari, jamiyatning o‘rtaga tashlangan muammolari, mamlakat sportidagi vaziyat
Mana, navbatdagi hafta ham ortda qoldi. O‘tgan kunlar davomida O‘zbekistonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ko‘plab sohalarida qator o‘zgarishlar, yangiliklar sodir bo‘ldiki, ularning eng saralari bilan sizni umumiy tarzda tanishtirib o‘tamiz.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning bir qancha sohalarida o‘z qarashlarini bayon etdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir qancha soha vakillari bilan uchrashib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi, zarur ko‘rsatmalar berdi. Prokratura, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash borasida prezident tomonidan aytib o‘tilgan gaplar o‘z dolzarbligi bo‘yicha juda ahamiyatlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 7 yanvarda Prokuratura organlari xodimlari kuni oldidan bir guruh soha xodimlari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda qator kamchiliklar tilga olindi.
Uchrashuvda, shuningdek, aniq manzilga yetib bormagan 41 milliarddan ziyod mablag‘ haqida gapirildi.
Prezident ushbu uchrashuvda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, farovon turmushni ta'minlashda muhim o‘rin tutayotgan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasida ham gapirib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 5 yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi.
Birlamchi tibbiy yordam muassasalari faoliyati bugungi kun talablariga javob bermaydi, deb ta'kidladi Sh.Mirziyoyev.
Tez tibbiy yordamga kechikib borish odat tusiga aylanib qolganligi haqida.
Ayrim viloyatlarga sog‘liqni saqlash sohasida 2 oylik tajriba muddati belgilandi.
Qishloq aholisi operatsiya amaliyotlarining 90 foizi Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda. Bu haqda prezident qanday fikrda?
Sog‘liqni saqlash vaziriga jiddiy vazifa yuklatildi.
Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish muddati qisqartirilishi mumkin.
Bulardan tashqari...
Shavkat Mirziyoyev «Ma'muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenkoning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Prezident Vatan himoyachilariga bayram tabrigida O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmasligini ta'kidladi.
Shavkat Mirziyoyev 4ta erkin iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.
Prezidentning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan farmoyishi e'lon qilindi.
Mamlakatning boshqa jabhalarida
O‘zbekiston yil sayin taraqqiy etayotgan, huquqiy demokratik tamoyillarga amal qiluvchi davlatlar sirasiga kiradi. Shu bois mamlakatdagi turli sohalarda har kuni bir o‘zgarish, yangilik kuzatilmoqda.
Toshkentda bir yilda mingdan ortiq oila ajralishining oldi olindi.
Bandlik muammosini hal etish bo‘yicha Namangan tajribasi o‘rtaga tashlandi.
Islom Karimov Fondi iqtidorli yoshlarni chet elga o‘qishga jo‘natadi.
Navro‘z arafasida ochilishi rejalashtirilgan yo‘l qurilishi fotosuratlarda.
Navoiy va Jizzax viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi.
O‘zbekistonning 2017 yildagi qurilish ishlari Ramatov zimmasiga yuklatildi.
O‘zbekistonliklar vatandoshlarining Turkiyadagi teraktga aloqador ekaniga ishonishmayapti. Xo‘sh, nega?
O‘zbekiston aholisining 13,6 foizi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishini qoniqarsiz deb topdi.
Yangi turdagi suv hisoblagichlari davlat reyestriga kiritildi.
O‘zbekistonda 12 turdagi mahsulot eksporti bojxonada ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxat bilan bu yerda batafsil tanishing.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga yangi prezident saylandi.
Oqsaroy qarorgohi Islom Karimov muzeyi sifatida faoliyat boshlashi kutilmoqda.
Toshkentda bir qator ko‘chalar qayta nomlandi. Aynan qaysi ko‘chalar?
Bu yerda bilib olishingiz mumkin.
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining virtual qabulxonasi ochildi.
Toshkent shahrida 2017 yil uchun soliqlar va yig‘imlar stavkasi tasdiqlandi.
O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi jamoat transportlarida naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etiladi.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida temir yo‘l aloqasini tiklash bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Mahalliy dori-darmonlar uchun eng yuqori narx chegarasi tasdiqlandi.
Mavjud muammolar
Har bir davlatning, har bir jamiyatning o‘z og‘riqlari bo‘ladi. Bu kabi kamchiliklar turli yo‘nalishlarda ko‘zga tashlanib turadi. Muammolarning ochiq aytilishi xalq manfaatiga xizmat qiladi.
Tadbirkorlikka g‘ov bo‘layotgan muammolar: konvertatsiya, naqd pul muammosi...
Chiroqsiz qolayotgan shahrisabzliklar yoxud ikki qo‘ldan chiqqan qars.
Shahrisabzdagi chiroq muammosi ko‘tarilgan maqolaning uzviy davomi bo‘lgan mushohadalar.
O‘zbekistondagi qator vazirliklar maktablardagi “metallolom solig‘i” haqidagi ma'lumotni asossiz deb topdi. Bunga qandaydir asoslar bormi? Mavjud vaziyat borasida to‘liq maqola.
Andijon viloyati Jalaquduq tumanida aholi toza ichimlik suvi borasida o‘z shikoyati bilan chiqdi. Bu holatning taqdiri nima bilan tugadi?
Bu haqda mana shu va quyidagi maqola orqali tanishish mumkin.
Jalaquduqda suv muammosi taqdiri.
O‘zbekiston sportida nima gaplar?
O‘zbekiston chempioni "Zenit" bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Aziz Haydarov faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
O‘zbekiston MTJ o‘rtoqlik uchrashuvlarisiz qolgan vaqtda «Bunyodkor» Gana va Iordaniya bilan o‘ynaydi.
Odil Ahmedov "Shanxay SIPG" safida ilk uchrashuvini o‘tkazdi.
O‘zbekiston MTJ yanvarda yig‘in tashkil qiladi, o‘rtoqlik uchrashuvi uchun Yevropadan raqib tanlandi.
O‘zbekistonlik futbolchi Eron klubi safida paydo bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonlik yana bir futbolchi Rossiya chempionatiga qaytishi mumkin.
FIFA reytingida O‘zbekiston terma jamoasi yuqoriladi.
Shu o‘rinda tahliliy maqola
FIFAning jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32tadan 48taga oshirildi. Bu O‘zbekistonga nima bera oladi?
>> Batafsil
Mavzuga oid
18:32 / 04.11.2024
Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi
11:00 / 30.10.2024
O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
23:48 / 11.09.2024