2018 yilda Özbekistonda 1561 nafar turli toifadagi mansabdor şaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Kun.uz muxbiriga Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

«Bularning aksariyatini xöjalik yurituvçi sub'yekt rahbarlari taşkil qiladi - 580 nafar. Şuningdek, ta'lim sohasida 257 nafar, soğliqni saqlaş tizimida 83 nafar mansabdor şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. 

Jinoyati foş qilingan mansabdor şaxslarning 39 nafari respublika, qolganlari viloyat tuman-şahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va taşkilotlarda işlagan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan xodimlarning 821 nafari özganing mulkini özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, 138 nafari pora oliş va beriş, qolganlari esa boşqa mansabdorlik jinoyatlari uçun javobgar bölgan», deyiladi xabarda.

Qayd etiş kerakki, 2018 yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor şaxslar böyiça qator şov-şuvli nomlar ham bor. Dastlab, 2018 yilning fevral oyi oxirida sobiq boş prokuror Raşid Qodirov Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qölga olingandi. Unga nisbatan «Tovlamaçilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş», «Pora oliş» moddalari böyiça jinoyat işi oçilgan. Şuningdek, uşbu jinoyat işi böyiça boş prokurorning sobiq örinbosarlari hamda Toşkent viloyatining sobiq prokurorlari bölmiş Jamşid Fayziyev va Uluğbek Sunnatov uşlangandi. 

Keyinroq uşbu iş doirasida yana öndan ortiq kişi qamoqqa olindi. Ular orasida «Toşkentni titratgan prokuror» - Toşkent şahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar böyiça sobiq örinbosari, «Antibiotik» laqabli adliya maslahatçisi Mirağlam Mirzayev va unga yaqin bölgan boşqa prokurorlar ham bor edi.

Jinoiy işning natijalari yaqin vaqtlar içida keng ommaga oşkor qilinişi aytilgan.

Iyul oyida esa Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jörayev qölga olindi. U viloyatda korruptsion tizim yaratgani, Samarqand viloyat hokimligida turar joylar quriş uçun ruxsatnoma beriş, yer uçastkalarini taqsimlaşda öziga xos «stavka» joriy etilgani ma'lum qilindi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, sobiq hokimning ofisidan pora sifatida olingan 1 million dollar miqdoridagi mablağ topilgan. Ayni vaqtda uning işi sudga