O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi. 16 mart kuni holatiga koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 nafarni tashkil qildi. Hukumat virus tarqalishining oldini olishga doir tegishli chora-tadbirlar ko‘rishni boshladi. Ushbu infeksiya qay darajada xavfli bo‘lmasin, uni yengishda xotirjamlikni saqlay bilish muhim.

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning O‘zbekistonga kirishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan savollar muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kun.uz ana shu savollarga mutasaddilardan javob topishga harakat qildi.

1-savol. Karantin sabab bolasi bog‘chaga bormaganlar ishga chiqadimi?

Hozir ko‘pchilikni shu savol ham qiynamoqda. Ya'ni bog‘cha-maktablar yopildi, ishlaydigan ota-onalar nima qiladi? Bolasini kimga tashlaydi, ishga bormasa ham bo‘ladimi?

Qonunchilikka ko‘ra, karantinda bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a'zosiga sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan karantin belgilangan, lekin 14 kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi. 

Karantinda mehnatga layoqatsizlik varaqasi Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi va sog‘liqni saqlash boshqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.

2-savol. Karantin sababli oziq-ovqat taqchilligi bo‘lmaydimi?

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan aholida tug‘ilayotgan savol bo‘yicha bayonot berdi