Jahon oltin kengaşi 2020 yilning 3-çoragiga oid hisobot e'lon qildi. Unga köra, uşbu davrda eng köp oltin sotgan mamlakat Özbekiston bölgan. Iyul–sentabr oylarida Markaziy bank 34,9 tonna oltin eksport qilgan.
Bu boradagi ikkinçi yuqori körsatkiç Turkiyaga tegişli – 22,3 tonna. Keyingi örinlardagi Tojikiston 9,2 tonna, Filippin 7,8 tonna, Mongoliya 2,4 tonna, Rossiya 1,2 tonna oltin sotgan.
Koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan inqiroz tufayli 2020 yilning 3-çoragida dunyo bozorida oltinga bölgan talab ötgan yilning şu davriga nisbatan 19 foiz – 892 tonnagaça kamaydi. Jahon oltin kengaşi hisobotiga köra, bu – uçinçi çorak böyiça 2009 yildan beri kuzatilgan eng past körsatkiçdir.
Bloomberğning izohlaşiça, oltinga bölgan talabning keskin pasaygani – mamlakatlar oltin narxi rekord darajada qimmatlaşganidan foydalanib, uni sotiş orqali pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta'sirini yumşatişga intilgani bilan boğliq.
Avgust oyi boşida oltin narxi tarixda ilk marta unsiyasi uçun 2000 dollardan oşib, rekord darajada – 2067 dollarga kötarilgandi.
Davlat statistika qömitasi axborotiga köra, Özbekiston 9 oyda 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan. Bu – avvalgi yil bilan taqqoslaganda 1,5 barobarga köp demakdir.
Ötgan hafta Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Özbekiston «köp oltin sotib yuborgani» haqidagi gaplarga munosabat bildirib, bu MBning normal funksional vazifalaridan biri ekanini ta'kidlagandi. «Biz oltin-valuta zaxiramiz tarkibini özgartirib turiş vakolatiga egamiz va buni mustaqil ravişda ajratamiz. Agar oltin narxi jahon bozorida tuşib ketadigan bölsa va biz kelgusida oltin narxi oşişini kutayotgan bölsak, oltinni sotmasligimiz ham mumkin», –

















