Ma'lum bölişiça, 2021 yilning 21 yanvar kuni Samarqand viloyatida yaşovçi M.S. uşbu hududdagi oliy ta'lim muassasasi rahbariyatiga qönğiroq qilib, özini Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xodimi sifatida taniştirgan hamda mazkur universitet talabasi – tanişi D.Yu. va guruhning boşqa 17 nafar talabasiga çet tili fani böyiça ötkazilayotgan davlat imtihonidan qoniqarli baho qöyişni talab qilgan.
Agentlik tomonidan e'lon qilingan xabarda qayd etilişiça, fuqaroning uşbu noqonuniy talabi OTM tomonidan bajarilmagaç, fuqaro M.S. takroran qönğiroq qilib, uşbu vaziyatni zudlik bilan ijobiy hal qilişni, aks holda mas'ullar Toşkent şahriga çaqirtirilişi bilan tahdid qiladi.
«Joriy yilning 29 yanvar kuni mazkur holat yuzasidan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga murojaat kelib tuşdi hamda fuqaro M.S.ning noqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan qonuniy çora köriş söraldi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamda tegişli idoralar tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv davomida fuqaro M.S.ning noqonuniy xatti-harakatlari töğrisida olingan dastlabki ma'lumotlar öz tasdiğini topdi.
Holat yuzasidan 3 fevral kuni Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida mazkur iş körib çiqildi. Sud jarayonida M.S. va D.Yu. aybiga iqror ekani, mazkur noqonuniy xatti-harakatlarni avvaldan til biriktirgan holda amalga oşirganiga iqror bölib, hozirda qilmişidan puşaymonligini aytdi», deyiladi agentlikning rasmiy munosabatida.
Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudining qarori bilan fuqarolar M.S. va D.Yu. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 1975-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, tegişli jazo tayinlangan.
Mazkur moddada ta'lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta'lim oluvçilar bilimini töğri va xolis baholaşiga ta'sir körsatiş bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravişda aralaşiş yoki ta'lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qilganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan yetti baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – yetti baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima soliş közda tutilgan.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi özini agentlik xodimi sifatida taniştirib, biror narsa ta'ma qiluvçi, xizmat buyuruvçi yoki boşqa noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oşiruvçi fuqarolarga duç kelganda 71 202 04 00 (715) telefon raqami orqali holat haqida zudlik bilan xabar berişni söragan.
















