Paxta yoği arzonlaşişi kutilmoqda

Aksilmonopoliya qömitasi Respublikada yoğ narxi keskin oşib borayotgani sababli narxlar nazorati kuçaytirilganini ma'lum qildi. Qömita rasmiysiga köra, bu ikki yönalişda: birinçisi narxga ta'sir qiluvçi omillar va yoğ-moy korxonalarining özaro munosabatlarida til biriktiriş holatlarini örganiş asosida amalga oşiriladi.

Paxta yoği narxi tuşişi kutilmoqda – örtaça 12-13 ming söm, maksimum 15 ming söm atrofida bölişi mumkin.

DSQ uçta raqamli xizmatni işga tuşiradi

Soliq qömitasi muhim iqtisodiy ahamiyatga ega 3ta onlayn xizmatni işga tuşirişni ma'lum qildi:

Bular:

– Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi;

– Yagona elektron şartnomalarning axborot portali;

– Elektron işonçnomalarni rasmiylaştiriş onlayn tizimi.

Yilning birinçi çoragida parrandalar soni keskin kamaydi

2021 yilning yanvar-mart oylari holatiga köra, respublikada 84,1 million boş parranda mavjud. 2021 yilning 1 yanvar holatida esa 90,1 million boş parranda borligi qayd qilindi. Yilning dastlabki uç oyida parrandalar soni 6 million boşga kamaydi.

Ösimlik yoğiga QQS bekor qilingaç, omborlarda import yoğlari töplanib qoldi

Ösimlik yoği importi uçun qöşilgan qiymat soliği 2021 yil may oyidan 31 dekabrgaça bekor qilinişi bojxona omborlarida yoğlar töplanib qolişiga sabab böldi.