Keça, 20 iyun kuni soat 22:10da Çilonzor yönalişining “Olmazor” bekatidan “Bekat 1” tomon harakatni boşlagan harakat tarkibi maşinisti tomonidan poyezdda nosozlik aniqlangan.

“Toşkent metropoliteni” UK xabariga köra, yölovçilar hamda harakat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida yölovçilar “Olmazor” bekatida tuşirilgan. Nosozlikni aniqlaş maqsadida harakat tarkibidagi poyezd elektrodepoga jönatilgan.

“Keltirilgan noqulayliklar uçun yölovçilardan uzr söraymiz”, deyiladi ma'lumotda.

Toşkent metrosida sönggi oylarda köplab köngilsiz hodisalar kuzatildi.

18 mart kuni «Olmazor» (Çilonzor yöli) va «Bekat-1» (Sergeli yöli) orasidagi tunnelda ikki poyezd töqnaşgandi.

7 aprel kuni Toşkent metrosida ikki poyezd töqnaşgani haqida xabar tarqaldi. Rasmiy izohda texnik sabablarga köra «Ğofur Ğulom» bekatida yölovçilar poyezddan tuşirilib, zaxiraga kelgan navbatdagi poyezdga ötkazib yuborilgani, yölovçilar tuşirilgan poyezd boşqa poyezd yordamida şatakka olinib, «Beruniy» bekatiga olib kelingani ma'lum qilindi. 

8 aprel kuni Sergeli yerusti metrosida poyezd yarim yölda töxtab qoldi. Yölovçilar temir yöl böylab piyoda yurişga majbur böldi.

9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poyezdning oçiq eşiklar bilan harakati tuşirilgan video tarqaldi. 

28 aprel kuni tunnelda töxtab qolgan poyezd haqidagi video tarqaldi, unda yölovçilar relslar orqali harakatlanib, bekatga yetib olgani tasvirlangan.