2 noyabr kungi selektorda prezident Şavkat Mirziyoyev “Yaşil makon” umummilliy loyihasini e’lon qilgan edi. Unda yiliga 200 million tup daraxt va buta köçatlari ekilişi, şaharlardagi yaşil maydonlar hozirgi 8 foizdan 30 foizga oşirilişi ma’lum qilindi.
Aytilişiça, endilikda ekilgan daraxtni parvarişlaşga kim mas’ul bölişi belgilab qöyiladi, obodonlaştiriş bölimlariga maxsus texnikalar sotib olinadi va kerakli joylarda suğoriş tarmoqlari quriladi.
Prezident ekologiya, daraxt ekiş va parvarişlaş masalalarini hokimlarning quriliş böyiça örinbosarlari zimmasiga yukladi.
Selektordan keyin 10 dekabrgaça davom etadigan “Dolzarb 40 kunlik” boşlanib ketdi.
Ammo...
Köryapmizki, butun umummilliy loyiha doirasida ekilayotgan daraxtlarning juda katta qismini arça taşkil qilmoqda. Öylab qolasan kişi, millionlab ignabargli daraxtlar ekaveriş bilan yaşillikni ta’minlab, yaşil qalqonlar barpo qiliş böyiça rejalarga töla erişib bölarmikin?
Bizningça, bu borada boşlangan xayrli loyiha ayrim hududlarga faqat arça ekiş kampaniyasiga aylanib ketayotgandek.



Tuşunarsiz, nega faqat arçaga yopişib olganmiz?
Baland ösib yozda soya beradigan, barglari keng, köproq kislorod çiqaradigan daraxtlarni ekişga nima xalal beradi?

Şuningdek, yana bir dolzarb masala bor.



















