Bu haqda Moliya vazirligi Kun.uz so‘roviga muvofiq taqdim qilgan ma’lumotda aytiladi.
Ma’lum qilinishicha, prezident va tadbirkorlar o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mahalliy hokimliklar tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan hamda to‘lanmagan, qo‘shimcha aniqlangan 692 ta obekt bo‘yicha qarzdorliklar mavjud.
“Mahalliy hokimliklar tomonidan qarzdorliklarni bartaraf qilish maqsadida 338,5 mlrd so‘m yetkazilgan zararlar qoplangan bo‘lib, o‘rganishda aniqlangan qo‘shimcha qarzdorliklar hisobiga to‘liq bartaraf qilinmagan.
2021 yil davomida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 592 ta mulkdorga 286,4 mlrd so‘m hamda hududiy jamg‘armalar hisobidan 2637 ta mulkdorga 750,7 mlrd so‘m – jami 3229 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga 1 037,1 mlrd so‘m miqdorda kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berilgan”, – deyiladi Moliya vazirligi Kun.uz'ga taqdim qilgan rasmiy ma’lumotda.
2021 yil avgust oyida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgan prezident Shavkat Mirziyoyev ularni qiynayotgan bir qancha muammolar – xususan, infrastruktura, soliqlar, sohaga doir qonunlar hamda mulk daxlsizligi masalalariga to‘xtalgan edi. Shuningdek, davlat rahbari barcha viloyat hokimlarini qarzdorliklarni tugatish bo‘yicha ogohlantirgandi.
“Bugungi kunda mahalliy hokimliklar bino va inshootlarning buzilishi bo‘yicha 349 nafar tadbirkordan 123 milliard so‘m qarzdor. Barcha viloyat hokimlarini ogohlantiraman: 1 sentyabrga qadar tadbirkorlar bilan barcha hisob-kitoblar yakuniga yetkazilishi, bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart”,







