Şifokorlar oyligi, gaz-svet yangiliklari va IIVdan “no photo, no video” - hafta dayjesti
|01:56 / 27.03.202250 81610 min
Tibbiyot xodimlariga atalgan prezident farmoyişida nimalar yozilgan? YPX xodimlarining videosini tarqatganlar jarimaga tortiladimi? Elektr va gaz işlab çiqarişni köpaytirişga oid qanaqa yangiliklar böldi? Ijtimoiy tarmoqlarni blokdan çiqariş va’dasi amalga oşadimi? Kun.uz'ning yakunlangan hafta dayjestida şu va boşqa mavzularda söz yuritamiz.
Şifokorlarning oyligi oşiriladi
Prezident soğliqni saqlaş sohasi xodimlari bilan uçraşuvda e’lon qilingan yangiliklar böyiça farmoyiş imzoladi. Unga köra, 2022 yil 1 iyundan boşlab tizimdagi xodimlarning oylik maoşi malaka toifasiga qarab 15 foizgaça oşiriladi.
Bundan taşqari, murakkab operatsiyalarni bajargan şifokorlarga 25 foiz ustama tölanadi, olis va çekka hududlarda işlayotgan şifokorlarning oyligiga qöşimça 2 mln söm qöşib beriladi.
1 maydan boşlab barça tibbiyot xodimlari uçun dastlabki va davriy kasbiy tibbiy körik bepul böladi. Qon bilan bevosita işlaydigan tibbiyot xodimlari gepatit “V” kasalligiga qarşi bepul emlanadi. 1 iyuldan boşlab esa 3 yoşdan 15 yoşgaça bölgan bolalar yod preparati bilan bepul ta’minlanadi.
Hujjatga asosan, yangi öquv yilidan boşlab 15 ta tibbiy mutaxassislik böyiça magistraturada davlat grantlari 4 baravarga oşiriladi. Olis va çekka hududlarda uzluksiz 3 yil işlagan şifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.
Oilaviy şifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va köp tarmoqli markaziy poliklinikalarda iş vaqti soat 20:00gaça uzaytiriladi, ularda işlaydigan şifokor va hamşiralar iş haqiga qöşimça ustama tölanadi.
Tajribali şifokorlarning yakka tartibda oilaviy şifokorlik faoliyatini yuritişiga ruxsat berilişi kutilmoqda. “Tajribali şifokor” deganda kim tuşunilişiga hozirça aniqlik kiritilmadi. Darvoqe, mazkur farmoyişning özi ham hozirça oçiq manbalarda yöq.
YPX xodimlarini tasvirga olib tarqatiş taqiqlanişi mumkin
Foto: Videodan kadr
Prezident imzolagan, biroq oçiq manbalarda e’lon qilinmagan yana bir hujjat, aniqroği Içki işlar vazirligi kiritmoqçi bölayotgan yangi taqiq şu hafta jamoatçilik e’tiborini tortdi. Vazirlik yöl-patrul xodimlarining foto va videosini ularning ruxsatisiz tarqatişni taqiqlamoqçi
Mavzuga oid
.
Agar muhokamaga çiqarilgan hukumat qarori loyihasi qabul qilinsa, Özbekistonda YPX xodimining öz xizmat vazifalarini bajarişi bilan boğliq holatda olingan foto va video tasvirlarini uning ruxsatisiz tarqatiş man etiladi. Jamoatçilik qarşiligiga uçragan bu qaror qabul qilinadimi-yöqmi, hali noma’lum, lekin şunisi aniqki, Içki işlar vazirligi faqat şu bilangina çeklanib qolmoqçi emas: vazirlik bu qoidani buzganlarni, ya’ni YPX xodimining videosini tarqatganlarni javobgarlikka tortişga oid qonun loyihasini ham tayyorlayapti.
Faollarning fikriça, bu – nafaqat oçiqlik siyosatiga, balki qonunlarga ham zid. Içki işlar vazirligi esa YPX xodimlari faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda yoritişga “ixtisoslaşib olgan” blogerlarni sabab sifatida körsatyapti. Darhaqiqat, internetda bu soha vakillariga nisbatan tuhmat va haqoratlar, zamonaviy til bilan kiberbulling juda köp, lekin vijdonsiz va qonunni mensimaydigan xodimlar şu yöl bilan foş qilinayotgani ham bor gap.
Yana şuni aytiş kerakki, Özbekistonda şaxsni obrösizlantiriş va tuhmat tarqatişga nisbatan javobgarlik allaqaçon bor, qaysidir xodim uni internetda kimdir kamsitgan deb hisoblasa, bemalol tegişli joylarga murojaat qilişi mumkin. Vazirlikning bu takliflari esa masalani çigallaştiradi, tizimli muammolarni yaşirişga urinişdek körinaveradi.
Xuddi e’tirozlarga dalil bölgandek, şu yangilik bilan bir kunda YPX xodimi haydovçiga elektroşoker qöllagani videosi tarqaldi. Namangan şahridagi voqeada haydovçi jarimasini vaqtida tölamagani ma’lum bölgan, şundan keyin inspektor maşinani jarima maydoniga olib ketmoqçi bölib, haydovçini maşinadan tuşişga elektroşoker bilan majburlagan. Xodimning bu harakati qonunga zid bölişi mumkin. Balki şuning uçundir, Namangan viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi bu voqeaga oid videobayonotini Telegram kanalidan öçirib taşladi.
Oçiqlik masalasida yana ikki oğiz. Ma’lum bölişiça, şu yil 8 fevral kuni içki işlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilişga oid 118-sonli prezident qarori imzolangan. Hujjat oçiq manbalarda yöq, lekin şunisi ma’lumki, uning 4-bandida: “huquq-tartibot organlari xodimlarining öz xizmat vazifasini bajariş çoğida olingan video va fototasvirlarni ularning ruxsatisiz töğridan töğri internet tarmoğiga joylaştirişni taqiqlaş hamda bunday xatti-harakat uçun javobgarlik belgilaş” böyiça 3 oy içida taklif kiritiş topşiriği berilgan.
Şu örinda, prezident ötgan yili imzolagan oçiqlikka oid farmonni eslatib ötamiz. Farmonda çeklab qöyilgan axborotlarning röyxatini tasdiqlab, ana şu röyxatga kirmaydigan ma’lumotlarni maxfiylaştirişni taqiqlaş belgilangan edi, ana şu talab hozirgaça bajarilgani yöq. Agar bajarilganida, içki işlar xodimlarini himoya qilişga oid hujjatni yaşirişning imkoni bölmasmidi, kim bilsin...
Surxondaryoda birinçi IES qurilişi boşlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Surxondaryoning Angor tumanida yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilişi boşlandi. Bu yangilikning muhim tomoni şundaki, bu oxirgi yillarda Özbekistonda qurilgan eng yirik elektrstansiya böladi.
Germaniya, Fransiya va Niderlandiya kompaniyalari bilan davlat-xususiy şeriklik asosida quriladigan IESning quvvati 1,5 ming megavatt böladi. Taqqoslaş uçun, oxirgi 3 yilda davlat-xususiy şeriklik asosida işga tuşirilgan 5ta stansiyaning umumiy quvvati ming megavatt edi.
Yangi stansiya 2024 yil oxirida bitkaziladi va yiliga 12 mlrd kilovatt/soat elektr energiyasi işlab çiqara boşlaydi. 1,2 mlrd dollarlik stansiya qurilişiga Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida start berildi.
Albatta, IES işlaşi uçun gaz kerak. Energetika vaziri örinbosari Azim Ahmadxöjayev bergan ma’lumotga köra, Özbekiston 2030 yilgaça tabiiy gaz qazib olişni 20 foizga oşirişni reja qilmoqda. Vazir örinbosari gaz eksporti deyarli töxtatilgani, bundan keyin ham asosiy e’tibor içki ehtiyojni qondirişga qaratilişini ma’lum qildi.
Kun.uz'ning aniqlaşiça, hafta boşida vodiy viloyatlarida tabiiy gaz bosimi minimum körsatkiçning yarmigaça kamayib ketgan. Biroq “Öztransgaz” buni tan olgani yöq.
Açinarlisi, gaz bosimi pasaygan kunlarning birida Qöqondagi “Hazrati Abbos” masjidining imom-xatibi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Marhum Saidkamolxon domla Mahmudovdan taşqari, uning turmuş örtoği va uç nafar voyaga yetmagan farzandi ham halok böldi.
Kutilmagan yangilik: Ijtimoiy tarmoqlarni bloklaş töxtatilişi aytildi
Özbekistonda 2015 yildan beri blokda bölib kelgan, odamlarning esidan ham çiqib ketgan Skype VPN'siz işlay boşladi. Axborot texnologiyalari vazirligi blokdagi boşqa tarmoqlar – Twitter, TikTok, VKontakte va WeChat'ga qöyilgan çeklovlar ham olib taşlanişini va’da qilmoqda.
Köpçilik uçun kutilmagan bu xuşxabar xorijdan 1,5 ming nafar mehmon çaqirilgan Toşkent investitsiya forumi kunlariga töğri keldi. The Economist jurnalisti Joanna Lillis Özbekistonda Twitter bloklangani sabab forum haqida tvit yozolmayotgan xalqaro investorlarga buning oddiy yölini örgatgandek böldi: şunçaki, VPN işlatişga töğri keladi.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda şaxsga doir ma’lumotlar himoyasi degan yorliq bilan ijtimoiy tarmoqlardan öz serverlarini Özbekistonga olib keliş talab qilinyapti. Biz bu talabning mantiqsizligi va u tarmoqlar bloklanişidan boşqa natija bermasligi haqida köp bora yozganmiz. Eslatib ötamiz, bu qonunni Telegram, Instagram, Facebook va YouTube'ga nisbatan ham joriy qilib körişgan, lekin buning ortidan IT vaziri, “Özkomnazorat” boşliği va boş vazirning IT böyiça maslahatçisi işdan olingandi.
Bu hafta Özbekistonda yana nimalar röy berdi?
Foto: Kun.uz
Samarqand xalqaro aeroportining qayta qurilgan yangi terminali oçildi. Oçiq turgan kitob şaklidagi terminal va aerodrom qurilişi qariyb 3 yil davom etdi. Yangi aeroport 1 apreldan xalqaro reyslarni qabul qila boşlaydi.
Çorşanba kuni prezident Şavkat Mirziyoyev iqtisodiy blok yiğilişini ötkazdi. Murakkab taşqi şaroitlar fonida narxlar barqarorligini saqlaş uçun ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bojxona tölovlaridan ozod qilinadigan böldi. Şuningdek, Özbekistonda soliq ma’murçiligiga oid barça özgarişlar töxtatib turiladi.
Elektromobillarga oid keng qamrovli prezident qarori loyihasi e’lon qilindi. Unda budjet taşkilotlaridagi xizmat maşinalarini 2030 yilgaça yuz foiz elektromobillarga almaştiriş, elektromobilda taksiçilik qiluvçilarni 2040 yilgaça barça litsenziya tölovlari va yiğimlardan ozod etiş, benzinda yuradigan maşinalarni röyxatdan ötkazişda yangi tölovlar joriy etiş va elektromobillarga taalluqli köplab imtiyozlar berilişi közda tutilgan.
Hokimlar yer böyiça yana bitta vakolatidan ayrildi. Prezident farmoniga binoan, endi qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni auksion orqali ijaraga olişda hokim qarorini çiqartiriş şart emas. Ekinzorlarni ijaraga berişda xorijdan qaytgan sobiq mehnat migrantlariga ustunlik berilişi aytilmoqda.
Özbekiston va Qozoğiston örtasida koronavirus sababli töxtatilgan qatnovlar tiklanmoqda. 16 martdan boşlabToşkentdan Qozoğistonning 5ta şahriga avtobus qatnay boşladi.2 maydan boşlab esa Toşkent va Almati orasida haftasiga uç marta tezyurar poyezd qatnovi yölga qöyiladi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi tarqatib yuborildi. Xorazmning Hazorasp tumanida hokim örinbosari 12 ming dollar bilan uşlandi, Samarqandning Iştixon tumanida davlat xizmatlari markazi xodimi 6 ming dollar bilan qölga olindi.