Dastlab senatorlar Vazirlar Mahkamasining Davlat budjetining 2021 yil yakunlari va 2022 yil birinçi çoragidagi ijrosi töğrisidagi hisobotlarini muhokama qildi.
Ma’lum qilinişiça, davlat budjeti daromadlari hajmi 2021 yilda oldingi yilga nisbatan deyarli 32 trln sömga ösgan. 2022 yilning 1-çoragida esa davlat budjeti daromadlari ötgan yilning mos davriga nisbatan 8 trln sömga köpaygan. Senatorlar davlat budjetining xarajatlarini moliyalaştirilişiga doir hisobotlarni ham tinglab, tegişli qaror qabul qildi.
Ötgan yili 35 mingdan ortiq şartnoma davlat xaridlari portaliga joylanmagani ma’lum böldi
Yalpi majlisda senatorlar «Soliq maslahatiga oid faoliyat töğrisida»gi qonunni körib çiqib, qabul qildi. Qonun soliq maslahati sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soliş va soliq tölovçilarga malakali soliq maslahati xizmatlari körsatilişini ta’minlaş tizimini yaratişga qaratilgan. Soliq maslahati sohasini tartibga soliş vakolati va Moliya vazirligining ayrim funksiyalari Özbekiston Soliq maslahatçilari palatasiga ötkazilmoqda.
Senatorlar, şuningdek «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş töğrisida»gi qonunni bir ovozdan qabul qildi.
Qonun bilan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş tadbirlari, uni e’lon qiliş xavfi töğrisida aholiga xabar beriş, vazirliklar, idoralar va boşqa taşkilotlarning aniq vazifalari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş tadbirlariga rahbarlik qiliş va yana bir qator jihatlar belgilanmoqda.
«Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun bilan maxsus iqtisodiy zonalarning iştirokçilariga ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan kelib çiqqan holda 3 yildan 10 yilgaça bölgan muddatga foyda soliğidan ozod etilişi

















