Cho‘lponotadagi uchrashuv, Qoraqalpog‘istonda yangi prokuror, Andijonda yangi Tracker - O‘zbekiston hafta ichida
Yakunlangan hafta Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti, Qoraqalpog‘istonda joriy etilgan favqulodda holat bekor qilinishi, Asakadagi avtozavodda yangi avtomobilning konveyerdan chiqishi bilan yodda qoldi.
Cho‘lponotadagi sammit
Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahri Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov raisligidagi sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov ishtirok etdi.
«Markaziy Osiyoning xavfsizligi va barqarorligini, izchil ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash bo‘yicha murakkab vazifalarni izchil hal qilib kelyapmiz», — dedi sammitdagi nutqida prezident Shavkat Mirziyoyev.
Maslahat uchrashuvi doirasida Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari «XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida o‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida»gi shartnomani imzoladi.
Sammitda Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari doimiy maslahatlashuvini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda chegara savdo zonalari tizimini yaratish taklifi bilan chiqdi.
Qoraqalpog‘istondagi vaziyat
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesni 20 iyuldagi sessiyasida Qoraqalpog‘istondagi favqulodda holat rejimini yumshatish bo‘yicha prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 2022 yil 21 iyul kuni soat 05:00 dan boshlab, muddatidan avval tugatildi.
Parlament komissiyasi Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganishni davom ettirmoqda. Sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganish bo‘yicha 1374 qisqa raqamli ishonch telefoni ishga tushirildi. Shuningdek, bu hududda favqulodda holat sharoitida uzib qo‘yilgan internet aloqasi tiklandi.
Investitsiya dasturi doirasida Qoraqalpog‘istonga ajratilgan mablag‘ 1 trillion so‘mgacha oshirildi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi sessiyasida respublikaga yangi prokuror tayinlangani ma’lum qilindi. Unga 2016–2017 yillarda Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘lgan Erkaboy Tojiyev tayinlandi.
Iqtisodiyot xabarlari
Vazirlar Mahkamasining «Qorako‘l» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
21 iyul kuni Markaziy bank asosiy stavkani belgilash masalasini ko‘rib chiqdi. Yig‘ilishda asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 15 foiz darajasiga tushirishga qaror qilindi.
Iyun oyida O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining valuta qismi 157,5 mln dollarga, oltin qismi esa 39,8 mln dollarga oshgani xabar qilindi.
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksportidan daromadi ikki barobardan ko‘proqqa oshgani ma’lum qilindi. Xitoy yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondan 404 mln dollarlik tabiiy gaz sotib olgan.
Avtoyangiliklar
Yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasini qayta tiklash uchun imtihon topshirish tizimi bekor qilindi. Bu Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan.
O‘zbekistonda ilk bor krossover tipidagi avtomobil to‘liq siklda ishlab chiqarila boshlandi. Asakadagi avtomobil zavodida Chevrolet Tracker-2023 avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Energetika yangiliklari
Sirdaryoda quvvati 1500 megavattli yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda. Uni Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi 100 foiz to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirmoqda. Loyiha 2023 yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida iyun oyida benzin ishlab chiqarishni kamaygani zavod modernizatsiyasi bilan bog‘liqligi ma’lum qilindi.
Kompaniya, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulot 100 foiz birjaga chiqarilayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi regulyator tashkil etilishi kutilmoqda. Maxsus «Power Trade» (rasman tasdiqlanmagan) nomli tashkilot tashkil qilinadi. Bu esa «Milliy elektr tarmoqlari» AJni qo‘shimcha funksiyalardan ozod etadi, degan Jamshid Qo‘chqorov.
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
Chet tili bo‘yicha sertifikatga ega abituriyentlarga maksimal ball berilishi ma’lum qilindi.
Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish huquqiga egaligi ma’lum qilindi.
Ikkinchi yarim yillikda o‘tkaziladigan pedagoglar attestatsiyasi uchun hujjatlar qabuli 1 avgustdan boshlanadi.
Oliy ta’lim muassasasida olingan diplom yo‘qotilgan yo yaroqsiz holga kelganda yoki ism-familiyalar o‘zgarganida uning o‘rniga dublikatini berish tartibi belgilandi.
Boshqa muhim xabarlar
11–16 iyul kunlari Farg‘onada O‘zbekiston–Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda demarkatsiya ishlari muhokama qilindi va umumiy chegaraning demarkatsiya chizig‘i loyihasi bo‘yicha takliflar tayyorlandi.
DIIHB missiyasi xulosalari asosida YeXHT bo‘lajak respublika referendumini kuzatishning maqsadga muvofiqligi, formati, davomiyligi va kuzatuvchilar tarkibi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
18 iyul kuni Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif bilan keldi.
Tavsiya etamiz
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Oxirgi so‘zni Oliy sud aytadi” - tahlilchilar Trampning antimigratsiya choralari haqida
Jahon | 16:10 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Kreml vakili Tramp tahdidiga javob qaytardi
Jahon | 17:45
-
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 17:42
-
FT: Kiyev G‘arbdagi ittifoqchilari Ukrainaga 50 ming harbiy yuborishiga umid qilmoqda
Jahon | 17:28
Mavzuga oid
22:01 / 30.12.2023
Ukraina frontida faollashuv va turklar roziligini olgan shvedlar – hafta dayjesti
22:45 / 23.12.2023
Yaxshi kayfiyatdagi Putin, Isroil taklifini rad etgan HAMAS va universitetdagi otishma – hafta dayjesti
22:24 / 16.12.2023
Yoyilib gapirgan Putin, g‘oyib bo‘lgan Navalniy, Isroilga muhlat bergan Bayden – hafta dayjesti
14:56 / 20.11.2022