UzAuto Motors dekabr oyi boşida budjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Gentra uçun şartnoma tuzmay qöygan edi. Yanvar oyi boşiga kelib, oldindan puli tölangan avtomobillarni topşirişni ham töxtatdi.

Dastlab, maşinalarni egalariga topşirişdagi töxtaliş 4-5 kun davom etişi va’da qilingan bölsa-da, keyinroq bu muddat noma’lum muddatga uzaytirildi.

Oxirgi bir neça yillarda şakllangan an’anaga köra, UzAuto Motors har safar avtomobillar narxini oşirişdan oldin turli sabablar bilan sotuvni töxtatib qöyadi.

Bu safar ham sotuv qayta oçilişi çözilib ketgaç, ijtimoy tarmoqlarda kompaniya yana narxlarni oşirmoqçi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Lekin bu safar narxlar biryöla 30 foizga oşişi haqida gaplar yuribdi. UzAuto bu ma’lumotlarni rad etib çiqayotgani yöq.

Narxlar oşişi kutilayotganini Kun.uz manbasi ham tasdiqladi, ammo qançagaça oşişi mumkinligiga aniqlik kiritmadi.

2023 yildan boşlab UzAuto Motors imtiyozlardan mahrum qilinib, bojxona tölovlarini tölay boşlaşi taxmin qilinmoqda. Ammo bu mamlakatdagi avtomobil monopoliyasi bekor bölişini anglatmaydi, şunçaki tanlovsiz özbekistonliklar uçun maşina narxi yanada qimmatroq böladi xolos.

Mahsulot qiymatini pasaytiriş uçun xarajatlarni kamaytiriş, yangi texnologiyalar kiritiş va boşqa çoralar köriş örniga har gal narx oşiriladi, ya’ni zavodning muammolari iste’molçilar hisobidan hal etiladi.

3 foizlik yiğim va QQSning 3 foizga pasayişi “yutib yuborildi”

Yodingizda bölsa, Özbekistonda yangi avtomobil sotib olgan fuqarolar avtomobilni röyxatdan ötkazişda budjetga 3 foizlik yiğim tölar edi. 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab bu yiğimni işlab çiqaruvçilar tölaydigan böldi. Turgan gapki, öşa sanadan e’tiboran UzAuto Motors yiğimni maşinalar narxi ustiga mindirib, narxni 3 foizga