Prezident farmoni bilan Mehriddin Razzoqoviç Abdullayev Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi örinbosari etib tayinlandi.
“Huquqiy axborot”da ma’lum qilinişiça, bu haqdagi prezident farmoni 10 mart kuni qabul qilingan.
Mehriddin Abdullayev 2020 yil yanvaridan buyon “Özbekneftgaz” AJ raisi lavozimida işlayotgandi. 2022 yil dekabrida energetika inqirozi sabab boşqa mas’ullar qatorida hayfsan olgandi. Kuni keça “Özbekneftgaz” rahbarligiga Bahodir Siddiqov tayinlangani ma’lum böldi.
Abdullayev Hisob palatasida avval ham faoliyat yuritgan: 2017 yil dekabrda palata raisining örinbosari, 2019 yil sentabrda birinçi örinbosari etib tayinlangan.
U turli yillarda Buxoro viloyati hokimining birinçi örinbosari, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi ijroçi direktori sifatida faoliyat körsatgan.

















