Yakkaboğ tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamçisi lavozimida işlovçi şaxs özi norasmiy rahbarlik qiluvçi 2 ta MÇJga bankdan 1,7 mlrd sömlik imtiyozli kredit mablaği ajratilişiga erişadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş yönalişida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida hokim yordamçisi quriliş materiallari sotib oliş uçun ajratilgan pulni boşqalar bilan jinoiy til biriktirgan holda talon-toroj qilgani aniqlangan.
“Hozirda mazkur hokim yordamçisi va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 228-moddasi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan”, deyiladi DXX Telegram-kanalida tarqatilgan xabarda.
Boşqa bir holatda esa Şahrisabz tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamçisi lavozimida işlovçi şaxs şu yerda yaşovçi fuqaro foydalanib kelayotgan, auksion savdolariga çiqib ketgan 5 gektar yer maydonining 50 sotixini qoldirib beriş evaziga 500 dollar olgan vaqtida DXX va Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan hokim yordamçisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28-modda orqali 211-moddasi (Pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq Qaşqadaryoda 162 million sömni talon-toroj qilib, 114 millionlik soliqlarni tölaşdan böyin tovlagan, davlat dasturlari asosida fuqarolarga ajratilgan kredit mablağlarini özlaştirgan
















