Sotilayotgan AYoQŞlar, gaz muzokarasi va “Oçiq budjet”ga köproq pul – iqtisodiy taymlayn
|23:23 / 03.06.202342 7488 min
Rossiyadan Özbekistonga gaz uzatiş böyiça muzokaralar davom etyapti. “Özbekneftgaz”ning 80ga yaqin AYoQŞlarini sotiş jarayoni boşlandi. Benzin işlab çiqariş va import keskin oşgan. Tijorat banklari ustav kapitali böyiça yangi talablardan ogohlantirildi. Ortda qolayotgan haftaning iqtisodiy yangiliklari – iqtisodiy taymlaynda.
Özbekiston va Rossiya RFdan gaz importi masalasini muhokama qildi
Özbekistonga Rossiyadan gaz import qiliş masalasi kun tartibida saqlanib turibdi. Seşanba kuni energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov “Gazprom” raisi Aleksey Miller bilan uçraşdi. Rasmiy xabarga köra, uçraşuvda “hamkorlikning borişi va istiqbollari”, xususan Rossiyadan Özbekistonga gaz uzatiş masalasi muhokama qilingan.
Mirzamahmudov Energy Intelligence naşriga bergan intervyusida Rossiyadan gaz import qiliş böyiça texnik işlar hal qilinayotganini aytdi. “Texnik masalalar hal etilişi bilanoq, tijoriy şartlarni muhokama qilamiz”, dedi vazir.
Eslatib ötamiz, 2023 yil yanvar oyida Özbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” örtasida gaz sohasidagi hamkorlik böyiça “Yöl xaritasi” imzolangan edi. Kelişuvda “Örta Osiyo – Markaz” quvuri orqali teskari tartibda Rossiyadan Özbekistonga bozor narxida gaz yetkazib berişni boşlaş uçun zarur texnik çoralar közda tutilgan. Rossiya kompaniyasi şunga öxşaş şartnomani deyarli bir vaqtda Qozoğiston bilan ham imzolagan.
Undan avvalroq, 2022 yil noyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekiston va Qozoğiston bilan birgalikda uç tomonlama gaz ittifoqi tuzişni taklif qilgandi. Lekin Özbekiston, Rossiyadan gaz xarid qilinadigan bölsa, bu ittifoq tarzidagi kelişuv asosida emas, oldi-sotdi şartnomasi şaklida bölişini bildirgan.
Ommaviy axborot vositalariga sizdirilgan ma’lumotga köra, Rossiya tomoni gaz ittifoqi doirasida Özbekiston va Qozoğistonning gaz uzatiş tarmoqlari egaligini qölga olmoqçi bölgan, lekin har ikki mamlakat buni
Vazir AES haqida: “Hozir birinçi navbatda qayta tiklanadigan energiya manbalariga e’tibor qaratyapmiz”
Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Rossiya bilan hamkorlikda Özbekistondagi birinçi AESni quriş masalasiga ham töxtalib ötdi. U AES qurilişi mamlakat uçun jiddiy mas’uliyat ekani, buning uçun Özbekiston har qanday risklarni bartaraf etişi kerakligini ta’kidladi.
Mirzamahmudov jarayon kutilganidan sekin ketayotganiga izoh berib, bunga har bir detal tekşirilayotgani va xavfsizlik çoralari körilayotganini sabab qilib körsatdi.
“Atom elektr stansiyasini quriş davlatga ham moliyaviy, ham boşqa jihatlarga köra juda jiddiy majburiyatlar yuklaydi. Şu sababli hozir biz mavjud energiya tanqisligini bartaraf etiş uçun birinçi navbatda qayta tiklanadigan energiya manbalarini jadal rivojlantirişga e’tibor qaratyapmiz”, dedi Energetika vazirligi rahbari.
“Oçiq budjet”ga ajratiladigan pullar oşiriladi
Kelgusi yilda “Oçiq budjet”ga beriladigan mablağ 3 karra oşirilib, 24 trillion sömga yetkaziladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod, amaldagi davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev saylovdi kampaniyasida ma’lum qildi.
Fuqarolar taşabbuslari asosida moliyalaştiriladigan loyihalarga ajratiladigan pullar miqdori har yili oşirib borilyapti. Bunday loyihalarga “Taşabbusli budjet”, “Mening yölim”. “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari kiradi.
2023 yildan boşlab bu loyihalarga mablağ miqdori 3,5 barobarga oşirilib, 8 trln sömga yetkazilgandi. Hozirça “Taşabbusli budjet”ning birinçi mavsumi va “Mening yölim” loyihalari yakunlandi, noyabr oyida “Taşabbusli budjet”ning ikkinçi mavsumi boşlanadi.
Joriy yildan “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlariga nimalarni kiritişni ham fuqarolar hal qiladigan böldi. Aprel oyida tasdiqlangan nizomga köra, dasturlar doirasida jamoatçilik fikri asosida tadbirlarni şakllantiriş va ular uçun ovoz beriş jarayoni – har yili noyabr–dekabr oylarida (2023 yil uçun, istisno tariqasida, 2023 yil may oyida) ötkaziladi.
UNG Petro şoxobçalari sotiladi
Özbekistondagi eng yirik yoqilği şoxobçalari tarmoği bölmiş UNG Petrödagi 100 foiz davlat uluşini sotişga tayyorgarlik boşlandi. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xususiylaştiriş böyiça konsalting kompaniyasi izlayotgani haqida e’lon berdi.
Talabgorlardan tijorat takliflarini 2023 yil 11 iyungaça taqdim etişi söralmoqda.
UNG Petröni xususiylaştiriş prezidentning 2023 yil 24 martdagi qarorida közda tutilgan. Qarorda korxona Özbekiston böylab 78 ta AYoQŞga egalik qilişi körsatilgan.
Benzin işlab çiqariş va import sezilarli oşdi
Özbekiston 2023 yilning dastlabki 4 oyida ötgan yilning mos davri bilan soliştirganda 2 barobar köp benzin import qilgan. Tört oyda import qilingan 335 mln litr benzinning 98 foizi Rossiyadan olib kelingan.
Nafaqat import, balki benzin işlab çiqariş ham sezilarli köpaygan. Yanvar–aprel oylarida 500 ming tonnadan ortiq avtomobil benzini işlab çiqarilgan. Bu – bir yil oldingi körsatkiçdan 32 foizga köp.
Benzin iste’molining ortişi ötgan yili oxirida metan-şoxobçalar faoliyatiga çeklov qöyilişi ortidan boşlangan edi. 10 dekabrdan AI-80 markazi avtobenzin uçun aksiz soliği vaqtinça bekor qilinib, narx arzonlaştirildi. Benzin importining sezilarli oşişiga şu omil sabab bölgan bölişi mumkin. Eslatib ötamiz, AI-80 benziniga soliq imtiyozi 2023 yil 31 dekabrgaça amal qiladi.
Uruş effekti: 60 ming norezident özbek banklarida hisobvaraq oçgan
Ötgan yili Rossiyada harbiy safarbarlik e’lon qilinişi ortidan ön minglab rossiyaliklar xorijga, xususan Özbekistonga kelib joylaşgan edi. Ma’lum bölişiça, 2022 yilda 60 mingdan ortiq norezidentlar özbek banklarida hisobvaraqlar oçgan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov Senat yalpi majlisida ma’lum qildi.
“Haqiqatan ötgan yili geosiyosiy vaziyat tufayli hisobraqam oçgan norezidentlar soni 60 mingtadan oşdi, ya’ni qariyb 892 mln dollarga yaqin ekvivalentdagi mablağlar banklarga qöyildi”, – dedi Nurmurodov.
Iqtisodçi Otabek Bakirovga köra, norezidentlar tomonidan özbek banklariga qöyilgan qariyb 900 mln dollar mablağ banklardagi jami çakana depozitlarning qariyb 15 foiziga teng.
“Norezidentlarning bank tizimidagi mablağlarining keskin oşişi aksar possovet davlatlari banklari uçun yangi çaqiriqlarni yaratmoqda. Masalan, Gruziya Markaziy banki norezidentlarning pul mablağlari juda qisqa muddatlarda va tez çiqib ketişi ehtimolini hisobga olib, gruzin banklariga norezidentlar depozitlarining kamida 80 foizini likvid aktivlarda uşlaş talabini kiritmoqda”, – deydi iqtisodçi.
Banklarning ustav kapitali oşirilmoqda
Banklarga oid yana bir xabar bilan taymlaynga yakun yasaymiz. Tijorat banklarining kapitallaşuv darajasini oşiriş va resurs bazasini köpaytiriş maqsadida, aprel oyida ularning ustav kapitali miqdoriga qöyiladigan talablar oşirilgandi. Unga köra, banklarning ustav kapitali 2023 yil 1 sentabrdan boşlab 200 mlrd sömdan kam bölmasligi kerak. Şuningdek, eng quyi çegara 2024 yil 1 apreldan boşlab 350 mlrd sömga, 2025 yil 1 yanvardan esa 500 mlrd sömga kötariladi.
200 mlrd sömlik dastlabki talab kuçga kirişiga 3 oydan kamroq vaqt qoldi. Lekin, 1 may holatiga, kamida 8 ta bankning ustav kapitali 200 mlrd sömga yetmaydi. Ular orasida Poytaxtbank, Ravnaqbank va yaqinda xususiylaştirilgan Özagroeksportbank ham bor.
Markaziy bankning ma’lum qilişiça, ustav kapitalini belgilangan miqdorga yetkaziş böyiça banklarga öz vaqtida körsatmalar berilgan. Regulyator ustav kapitalining miqdori minimal talabga javob bermaydigan banklarga boşqa banklarga qöşilişni tavsiya qildi. Aks holda, ulardan bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyasi çaqirib olinadi, deyiladi Markaziy bank axborotida.