Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 20 yanvarda Senatning birinchi yalpi majlisidagi nutqida tuman hokimligiga nomzod ayollarni qidirayotgani haqida gapirgandi.

Ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i fevral va mart oylarida O‘zbekistondagi qator hududlarda ayol hokimlar paydo bo‘la boshladi. 

— Dilfuza Uralova

Xususan, 18 fevralda Dilfuza Uralova Sirdaryoning Boyovut tumaniga hokim bo‘ldi. U hokimlikkacha maktabda o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari, direktor, tuman va viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat olib borgandi.

— Nargiza Ne’matova

29 fevralda Buxoroning Olot tumaniga asl kasbi vrach-terapevt bo‘lgan Nargiza Ne’matova tayinlandi. Ne’matova hokim bo‘lgunicha Olot tumani markaziy kasalxonasi kardiolog vrachi, tuman markaziy kasalxonasi tug‘uruqqa tayyorlash bo‘limi mudiri, terapevt vrachi, bosh vrachi lavozimlarida ishlagan. 2004 yildan esa Olot tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

4 mart kuni respublikadagi 3 ta viloyat tumanlarida ayol hokimlar ish boshladi.

— Gavhar Alimova

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib, mehnat faoliyatini maktab yo‘riqchiligidan boshlagan Gavhar Alimova