Pul ötkazmalarida Rossiyaning uluşi qisqarmoqda

Özbekistonda uy xöjaliklarining Rossiyadan pul ötkazmalariga boğliqligi kamayişda davom etyapti. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovning ma’lum qilişiça, yilning 1-çoragida Özbekistonga xorijdan pul ötkazmalari tarkibida Rossiyaning uluşi sezilarli qisqarib, 68 foizgaça tuşgan. Taqqoslaş uçun, bu körsatkiç 2022 yil yakunlariga köra 87 foiz bölgan, 2023 yilda esa 78 foizgaça kamaygan.

Jahon banki ekspertlariga köra, bunday tendensiya Rossiyadagi özbekistonlik mehnat muhojirlari sonining kamayişi, rublning sömga nisbatan qadrsizlanişi va Rossiyada inflatsiya tezlaşişi bilan boğliq.

Bu tendensiya bilan birga, pul ötkazmalarining umumiy hajmi ham oşyapti. 1-çorakda xorijiy mamlakatlardan Özbekistonga 2,5 mlrd dollar pul jönatilgan, bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 9 foizga köp. Ma’lumot uçun, 2023 yil davomida xorijdan pul ötkazmalarining umumiy hajmi 11,4 mlrd dollarni taşkil qilgan.

Iqtisodiy tendensiyalar

Duşanba kuni AQŞ dollarining sömga nisbatan rasmiy kursi ilk marta 12700 sömdan oşdi. Yil boşidan hisoblaganda söm dollarga nisbatan 2,6 foizga qadrsizlandi. Bu borada izoh bergan Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovning sözlariga köra, oxirgi oylarda dollar kursining nisbatan tezroq oşgani talab va taklif muvozanati bilan boğliq. Xususan, birinçi çorakda xorijiy valutaga bölgan talab 17 foizga oşgan. Va bu talabning hammasi ham import bilan boğliq emas. “Masalan, taşqi qarzlar böyiça tölovlarimiz ötgan çorakka nisbatan 34 mln dollarga ösdi”, dedi Mamarizo Nurmurodov. Ma’lumot uçun, 2024 yilgi davlat budjeti qonuniga köra, bu yil davlat qarzlarini söndiriş xarajatlari salkam 70 foizga oşadi