Boysundagi konda takroriy avariya: bu safargi ofat qurbonlarga olib keldi. Paxta mavsumi fermerlar uçun noxuş boşlandi: klasterlar kelişilgan narxda pul tölamayapti. Senat bir qator qonunlarni ma’qulladi: Özbekiston suverenitetiga til tekkizganlar qora röyxatga tuşadi. Ortda qolayotgan haftaning muhim mavzulari – Kun.uz dayjestida.

Rasmiylar: “Boysunda aholi uçun heç qanday xavf yuzaga kelmagan”

Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida gaz çiqişi töliq töxtatilgani aytilganidan ikki kun ötib, yana avariya röy berdi. Texnogen ofat bu safar qurbonlarga olib keldi; yaqin atrofdagi qişloqlar aholisining bir qismi yana yaşaş joyini tark etişga majbur bölgan.

1 sentabrdan boşlangan gaz çiqişi töxtatilgani haqida 15 sentabr kuni Eriell kompaniyasi, Energetika vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligi ikki tomçi suvdek öxşaş bayonotlar tarqatgan edi. Bu bayonotlarda kondagi quduq germetiklangani, Rossiya va AQŞdan ekspertlar jalb etilgani, hududdagi havo sifati me’yoriy darajada ekani aytiladi.

“Ta’kidlaş kerakki, hodisa oqibatlarini bartaraf qiliş davomida aholi uçun heç qanday xavf yuzaga kelmagan”, deyiladi rasmiy axborotlarda. Bu jumla bilan, minglab odamlar aynan zaharlaniş xavfi borligi uçun uyini taşlab çiqqani, boğça va maktablar yopilgani, odamlarning soğliği yomonlaşgani oçiq-oydin rad etilgan.

Bu gaplardan ikki kun ötib, 17 sentabr kuni kondagi öşa quduqda takroriy avariya röy berdi. Voqea natijasida pudratçi kompaniyaning tört xodimi halok bölgan. Ulardan ikki nafari konga eng yaqin Kofrun qişloğidan bölgani, ikki nafari esa qaşqadaryolik yigitlar ekani ma’lum. Şuningdek, 11 kişi jabrlangan, ulardan 10 nafariga şu kunning özida şifoxonadan uyiga javob berilgan.

Ofat takrorlangani va qurbonlar borligini rasmiylar bir kundan keyin tasdiqladi. Boşqa bir mavzudagi matbuot anjumanida Boysun haqidagi savolga javob berişiga töğri kelgan Boş prokuratura va Ekologiya vazirligi rasmiylari ölim holatlari böyiça tergovga qadar tekşiruv ötkazilayotgani, Boysun ekologiyasiga zarar yetkazilganmi-yöqmi, buni aniqlaş ustida örganişlar olib borilayotganini aytdi.

Çorşanba kuni favqulodda vaziyatlar vaziri, energetika vaziri va Eriell kompaniyasi vakili brifing ötkazgan bölsa-da, jamoatçilikni qiziqtirayotgan deyarli hamma savollar oçiq qoldi. Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov öz izohida asosan konning texnik xususiyatlariga töxtaldi. Uning sözlariga köra, M25 koni – gaz tarkibida oltingugurt uluşining boşqa konlarga nisbatan bir neça barobarga yuqoriligi, 650 atmosferali anomal yuqori qatlam bosimi va boşqa omillar sabab juda murakkab konlar toifasiga kiradi.

Vazir halok bölganlarning oilalariga kompensatsiya tölanişi, bundan taşqari pudratçi kompaniya ularning farzandlarini öz qaramoğiga olişini aytdi. “Pudratçi taşkilot ularning farzandlarini voyaga yetkazib, öqitib, kompaniyada kafolatlangan iş bilan ta’minlaşgaça zimmasiga olgan”, dedi u.

Pudratçi kompaniya Jörabek Mirzamahmudov aytayotgan majburiyatni olganini hozirça oçiq-oydin tasdiqlamadi. Kompaniya halok bölgan xodimlarining oilalariga hamdardlik izhor qilingan rasmiy reliz tarqatgani yöq. Brifingda qatnaşgan Eriell raisining maslahatçisi Azizbek Nazarov ham masalaning bu jihatlari haqida gap oçmadi. Qolaversa, pudratçi haqiqatan aytilgan majburiyatni olgan taqdirda ham, uni töliq bajarişiga jamoatçilik vakillarida şubha bor. Çunki kompaniyada hatto xodimlarning öz vaqtida maoş olişi borasida ham muammolar bölib turadi. Buni Kun.uz bilan suhbatda marhumlardan birining otasi ham tasdiqladi.

“4 farzandi bor, men qanday boqaman ularni? Eng kiçigi endi yuryapti. Mana, uy-joyni özimiz qilganmiz amallab, lekin oyligini 5 oydan beri olgani yöq. Nafaqat mening farzandim, hammasi. Bugun uçinçi kun, qanday turganimni özim bilaman”, – dedi tönğiç farzandidan ayrilgan kofrunlik Xoltöra Almardanov.

Paxta terimi paytida: Fermer-klaster şartnomalari fermerlarning zarariga özgartirilmoqda

Paxtaçilikda fermerlar va klasterlar örtasidagi munosabatlarni bozor relslariga ötkaziş böyiça ötgan yili e’lon qilingan islohot birinçi jiddiy sinovdan öta olmadi. Amalda bu yil ham paxta narxini davlat belgilab beryapti. Belgilangan narx fermerlardan köra köproq klasterlar foydasiga xizmat qiladi.

Hukumat qarori bilan, yil boşida tuzilgan fyuçers şartnomalarining paxta narxiga oid bandlari özgartirilib, narx pasaytirilyapti. Kun.uz'ga murojaat qilgan fermerlar klasterlar tomonidan qöşimça şartnoma tuziş uçun bosim bölayotganini aytişmoqda.

Gap şundaki, fevral oyida fyuçers bitimlarini tuziş böyiça ilk marta ötkazilgan birja savdolarida boşlanğiç narx tonnasiga 7 mln 800 ming söm deb belgilangan edi. Bu narx öşa vaqt holatiga jahon bozoridagi oxirgi 12 oylik örtaça kotirovkalardan kelib çiqib belgilangandi. Lekin şundan keyin ötgan vaqt davomida jahon bozorida paxta xomaşyosi arzonlaşdi. Paxta-töqimaçilik klasterlari şu vaj bilan fermerlarga yil boşida tuzilgan şartnomalardagi narxda tölov qilişni istamayapti. Hukumat esa ularning istaklarini bajo keltirdi.

16 sentabr kuni imzolangan qarorda keltirilişiça, hozirda jahon bozorida paxta xomaşyosining boşlanğiç fyuçers narxlari tonnasiga 6 mln 800 ming söm atrofida şakllanyapti. Qaror bilan şu miqdor yangi boşlanğiç narx deb olinib, yil boşida tuzilgan fyuçers bitimlari özgartiriladigan böldi. Bunga munosabat bildirgan faollar bir savolni örtaga taşlamoqda: agar jahon bozorida paxta narx arzonlaşmasdan, aksinça qimmatlaşib ketganida, davlat xuddi hozirgidek şartnomaviy munosabatlarga aralaşib, klasterlar oldiga fermerlardan paxtani qimmatroq narxda sotib oliş talabini qöygan bölarmidi? Albatta, yöq.

Hukumat qaroriga köra, fyuçers bitimlaridan taşqari birjaga çiqariladigan paxta uçun ham boşlanğiç 6 mln 800 ming söm narx belgilandi. Fermerlar hosilni birjada sotsa, har bir tonna uçun 1 mln sömdan subsidiya tölanadigan böldi. Lekin bu subsidiya töliğiça fermerning hisobiga ötkazilmay, birinçi navbatda kreditlar, soliqlar va boşqa majburiy tölovlar böyiça qarzdorlikni qoplaşga yönaltiriladi. Qaror asosida, klasterlarning xarajatlarini qisman öz zimmasiga oliş davlatga budjetiga 3,5 trillion sömga tuşmoqda.

Ayni vaziyatda, bir qator fermerlar topşirilgan paxta uçun klasterlar tomonidan tölov qilinişi keçikayotganini aytyapti. Natijada fermerlar terimçilar uçun tölanadigan haqni pasaytirişga majbur bölgan. Ayrim hududlarda terimçilarga ötgan yilgidan ham kamroq – kilosiga 1300-1500 sömdan tölanyapti. Ya’ni, 100 dollar işlab topiş uçun 1 tonna paxta teriş kerak böladi. Internetda qişloqlar aholisi bunday past narxda paxta terişdan boş tortayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Budjet taşkilotlarida paxta terimi uçun pul yiğiş holatlari bölayotgani haqida ham xabarlar bor. Kun.uz'ga kelib tuşgan audioda Kitob tumanidagi yoşlar yetakçilarining oyligidan paxta terimi uçun pul uşlab qolinayotgani haqida söz boradi.

Senat bir qator qonunlarni ma’qulladi

“Radarlar” qayd etgan qoidabuzarlik 48 soat içida tegişli organga yuborilmasa, haydovçi javobgarlikka tortilmaydi. Bu yangilikni öz içiga olgan qonun juma kuni Senatda ma’qullandi. Unga köra, foto va videoradarlar orqali aniqlangan yöl harakati qoidalari buzilişiga oid ma’lumotlar 48 soat içida Yöl harakati xavfsizligi xizmatiga yuborilişi kerak, aks holda haydovçi javobgarlikka tortilmaydi. Bu – fuqaroni öz vaqtida xabardor qiliş va öz vaqtida çora köriş bilan maqsadi bilan izohlandi.

Şuningdek, YPX xodimlarining xizmat ötaş vaqtida yöl harakati qoidabuzarligini aniqlagan taqdirda qoidabuzarga şu joyning özida jarima qöllaş vakolati bekor qilinmoqda.

Yangi qonun bilan ma’muriy kodeksga yangi javobgarlik çoralari ham qöşiladi. Xususan, yuk avtomobillariga qoidaga zid ravişda yölning çetki çap qatorida harakatlangani uçun jarima belgilanadi. Velosipedlar, skuterlar, mopedlar kabi individual harakatlaniş vositalarining haydovçilari belgilangan qoidalarni buzişi ham javobgarlikka sabab böladi.

Bundan taşqari, Senatda bolalarga nisbatan yaqin qarindoşlari tomonidan sodir etilgan zöravonlik uçun alohida javobgarlik belgilaş haqidagi qonun ham ma’qullandi. Yuqori palata tasdiğidan ötgan yana bir qonun – Özbekiston haqida noma’qul gap aytgan çet elliklarni “qora röyxatga” kiritiş haqida. Unga köra, Özbekistonning davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga zid bölgan, davlatlararo ijtimoiy, irqiy, diniy va milliy adovatni keltirib çiqaruvçi, Özbekiston xalqi şa’ni, qadr-qimmati va tarixini tahqirlovçi ommaviy çiqişlar va harakatlarni sodir etgan çet elliklar nomaqbul şaxs deb topiladi. Ular 5 yil davomida Özbekistonda qator taqiqlarga duçor böladi va mamlakatga kiritilmaydi, agar respublika içkarisida bölsa, deportatsiya qilinadi. Şu bilan birga, har ehtimolga qarşi öylab qöyilgan çoralar ham yöq emas: agar nomaqbul şaxs öz qilmişini bartaraf etsa, muddatidan ilgari röyxatdan çiqarilişi mumkin.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Germaniya kansleri Olaf Şols 15-16 sentabr kunlari Özbekistonda böldi. Samarqandda keçgan muzokaralardan keyin tomonlar önga yaqin kelişuv, xususan migratsiya töğrisida bitim imzoladi. Bitim asosida, malakali özbekistonliklarning Germaniya mehnat bozoriga kirişi osonlaşişi közda tutilgan. Xususan, bu yil 800 dan ortiq özbek hamşiralari uşbu mamlakatga işlaşga jönatilmoqda. Bitim, şuningdek, Germaniyadagi noqonuniy özbek migrantlarining ortga qaytarilişini soddalaştirişni ham nazarda tutadi. Olaf Şols Özbekistondan keyin Qozoğistonga ham bordi, Ostonada Markaziy Osiyo – Germaniya formatidagi ikkinçi sammit bölib ötdi.

Özbekiston Yaqin Şarqdagi vaziyat tez orada adolatli yeçim topişining qat’iy tarafdori. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev bir qator davlatlar, xususan Isroil elçisidan işonç yorliqlarini qabul qilib oliş marosimida aytib ötdi. Prezidentning sözlariga köra, Özbekiston Isroil–Falastin mojarosining umume’tirof etilgan hujjatlar asosida uzil-kesil yeçim topişi va barqaror tinçlik örnatilişini qat’iy qöllab-quvvatlaydi. Rasmiy Toşkent BMT Boş assambleyasining çorşanba kuni qabul qilingan, Isroilni Falastin hududini tark etişga çorlovçi rezolyuyatsiyasini yoqlab ovoz berdi.

Quruvçilar tomonidan notöğri kotlovan qazilişi bilan boğliq yana bir holat kuzatildi. Toşkentning Çilonzor tumanida kotlovan sababli mahallaga kiriş yölidagi asfaltning bir qismi öpirilib tuşdi. Şundan keyin Quriliş vazirligi qator qoidabuzarliklarni aniqlab, qurilişni töxtatişni buyurdi. Boşqa bir holatda, Buxoroning Romitan tumanida kotlovan qaziş paytida tutaş binoning bir qismi qulab tuşdi. Vazirlikka köra, bino köp qavatli uy quriş işlari doirasida belgilangan tartibda, maqsadli ravişda qulatilgan.

Tadbirkorlarni quyoş panellari örnatişga majburlaş kampaniyasi davom etmoqda. Respublika böyiça HETKlar tadbirkorlarga 10 kun muddatda quyoş paneli örnatmasa, elektrdan uzilişi haqida ogohlantirişlar yuboryapti. Energetika vazirligi bunday harakatlarni noqonuniy deyişi bilan, bu noqonuniy harakatlar töxtab qolgani yöq. Avvalroq Oltinkölda panel örnatmagan tadbirkorlar ommaviy ravişda elektrdan uzib qöyilgandi. Kuni keça Sirdaryo tumanida elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yiğildi. Tadbirkorlarga köra, bu majburlovning boşida hokimliklar va prokuratura organlari turibdi.

Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov