Navröz umumxalq bayramini munosib nişonlaş maqsadida Toşkent şahrida keng kölamli madaniy-ma’rifiy tadbirlar va xalq sayillari taşkil etiladi. 2026 yilning dastlabki ikki oyida 45 ta jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi. Davlat xaridlarida raqobatga zid 28 mingdan ortiq holat aniqlandi. Kunning şu va boşqa muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
Toşkentda Navröz munosabati bilan xalq sayillari taşkil etiladi
2026 yilgi Navröz umumxalq bayramini munosib nişonlaş maqsadida Toşkent şahrida keng kölamli madaniy-ma’rifiy tadbirlar va xalq sayillari taşkil etiladi.
Prezident qaroriga köra, “Navrözni uluğlaş – insonni uluğlaşdir!” degan ezgu ğoya asosida taşkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy va tarğibot tadbirlari dasturi işlab çiqilib, uning amalga oşirilişi ta’minlanadi.
Şuningdek, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş tadbirlari, “Men ham köçat ekaman” aksiyasi hamda umumxalq haşarlari ötkaziladi.
Ikki oyda 45 ta jinoiy guruh foş etildi
2026 yil yanvar–fevral oylarida kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş maqsadida ötkazilgan 6025 ta maxsus tezkor tadbir davomida 45 ta jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi.
Içki işlar vazirligi ma’lumotiga köra, uşbu tadbirlar natijasida tovlamaçilik, noqonuniy qurol saqlaş, qimorxona taşkil etiş, odam savdosi, orttirilgan immunitet virusi infeksiyasini tarqatiş va fohişaxona saqlaş bilan boğliq köplab jinoyatlar foş etildi. Xususan, tezkor tadbirlar davomida 116 ta tovlamaçilik, 315 ta noqonuniy qurol bilan boğliq, 86 ta qimorxona taşkil etiş, 40 ta odam savdosi, şuningdek, 790 ta OIV infeksiyasini tarqatiş va fohişaxona saqlaş kabi jinoyat holatlari aniqlangan.
Yangi quriladigan uylarda «aqlli» suv hisoblagiçlar majburan örnatiladi
2027 yildan Özbekistondagi yangi köp kvartirali uylarni quriş loyihalarida zamonaviy elektron içimlik suv hisoblagiçlarini örnatiş majburiy etib
















