“Hududgazta’minot” AJ va “Texnopark” MÇJning mansabdor şaxslariga nisbatan tergov olib borilmoqda.

Boş prokuratura huzuridagi Departamentga köra, ular boşqa şaxslar bilan özaro til biriktirib, elektron gaz hisoblagiçlariga texnik xizmat körsatiş bahonasida qariyb 19,9 mlrd söm byudjet mablağlarini talon-toroj qilgan.

Bundan taşqari, iste’molçilarga örnatilgan 273 dona gaz hisoblagiçi körsatkiçlari kam hisoblangani oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga yana 861,1 mln söm zarar yetkazilgan.

Qayd etiş lozim, “aqlli” gaz hisoblagiçlarni joriy etiş boşlanganidan buyon bu masala atrofida turli savollar muntazam yangrab keladi.

Loyihaning boşlanişi va noxuş hodisalar

2019-yilda Özbekistonda “aqlli” gaz hisoblagiçlarini mahalliylaştiriş rejasi e’lon qilinganida loyiha mamlakat energetika tizimini raqamlaştirişdagi muhim bosqiç sifatida taqdim etilgandi. Öşanda zamonaviy elektron gaz hisoblagiçlarini işlab çiqariş böyiça Artel kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilgani ma’lum qilingan, lekin yakunda mahsulot işlab çiqaruvçisi va yetkazib beruvçisi sifatida Toşkent şahar hokimligiga qaraşli “Texnopark” MÇJ tanlangan edi.

2020-yilda Toşkentdagi Texnopark hududida qiymati 50 mln dollarlik zavod işga tuşirildi. U yerda SIM-karta örnatilgan, sarflangan gaz hajmini avtomatik ravişda markaziy serverga uzatuvçi Osten markali hisoblagiçlar işlab çiqarila boşlandi. Rasmiy xabarlarda yiliga 3 mln dona hisoblagiç işlab çiqarilişi aytilgandi.

Qurilmalarni örnatiş boşlanişi bilan, bir neçta holatlar tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Xususan, 2020-yilning özida Andijonda 40 dan ortiq “aqlli” gaz hisoblagiçi işlamay qolgani, ayrim xonadonlarda esa qurilmalar portlagani haqida xabarlar tarqaldi. Texnopark esa hisoblagiçlar sifati kafolatlangani, mazkur muammolar örnatiş jarayonidagi xatoliklar oqibati ekanini ma’lum qildi.