Ma'lum qilinişiça, Andrey Kubatinning nohaq qamalgani, qamoqxonada unga nisbatan amalga oşirilgan jismoniy qiynoqlar va ruhiy bosim, buning ortidan Kubatinning turmuş örtoği, farzandi, onasi va opasiga yetkazilgan ma'naviy zararni qoplaş yuzasidan talab qilingan ma'naviy zarar uçun da'vo summasi 3,5 milliard sömni taşkil qilgan.

«Bu summa biz körgan zararlarni qoplaş uçun juda kulgili. Buni advokatim Sergey Mayorov ham ta'kidladi. Bundan taşqari, da'vogarlar qatoridan meni va onamni çiqarib yuborişdi, biz akamning xotini va farzandidan taşqari alohida birinçi instansiyaga murojaat qilişimiz tavsiya qilindi.

Men sud qaroridan noroziman, endi Oliy sudga murojaat qilaman. Agar Özbekistonda adolatni tiklay olmasam, xalqaro sudlarga ham murojaat qilaman”, – dedi Kun.uz bilan gaplaşgan Andrey Kubatinning opasi Klara Saxarova.

2021 yil yanvar oyida ham Andrey Kubatinning oilasiga yetkazilgan ma'naviy zararni qoplaş yuzasidan sud jarayonlari bölib ötgan edi. Öşanda sudda advokatsiz qatnaşgan marhumning yaqinlariga ma'naviy zarar undiriş böyiça da'vo rad etilgandi.

Sudda Toşkent şahar Moliya boşqarmasi vakili yetkazilgan ma'naviy zarar summasi davlat budjeti hisobidan emas, balki marhumga ma'naviy zarar yetişiga sabab bölgan organlar, uni tergov qilgan taşkilotlar, prokuratura va ayblov hukmini çiqargan sudya tomonidan qoplanişi kerakligini aytgan.

Şuningdek, Klara Saxarova 2020 yilda Özbekiston harbiy sudiga ham 560 mln söm miqdorida moddiy zararni qoplaş töğrisida ariza bilan murojaat qilgan. Sud esa 478 ming söm undiriş töğrisida qaror çiqargan.

Eslatib ötamiz, Toşkent davlat Şarqşunoslik institutining katta öqituvçisi bölib işlagan turkolog olim Andrey Kubatin 2017 yili Jinoyat kodeksining 157-moddasida (Davlatga xoinlik qiliş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda ayblanib, hibsga olingan edi.

“Çet el olimiga noyob kitoblarning skaner qilingan nusxalarini topşirgani” haqidagi ayblov xulosasi bilan olimga nisbatan öşa yili 11 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Apellyatsiyadan söng bu muddat 5 yilga tuşirildi.