Özbeklarning uruşga tortilişi, oşadigan pensiya va hokimning qudasi - hafta dayjesti
|15:04 / 25.09.202295 12314 min
Rossiya muhojirlarni uruşga yubormoqçi: va’dalarga işonmaslik uçun nimalarni biliş kerak? Odamlar uyiga taqab qurilayotgan “gaz-zapravka”: biror kor-hol bölsa, hokim va qudasi javob beroladimi? Pensiyalar oşişi va “dekret” puli: kimga va qançadan? Yakunlanayotgan haftaning şu va boşqa mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Rossiya öz fuqarolariga qöşib migrantlarni ham uruşga tortyapti
Rossiya Ukraina hududlarini bosib oliş uçun davom ettirayotgan uruşning 8-oyiga kelib, uruşga jalb etilayotgan özbekistonliklar soni keskin ortib ketişi xavfi yuzaga keldi. Rossiya rasmiylari Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarni yoppasiga uruşga olib ketiş niyatini yaşirib ötirmayapti va bu borada amaliy harakatlar boşlanib ketgan.
Asosan markaziy osiyolik muhojirlar patent oliş uçun boradigan Saxarovadagi migratsiya markazida harbiy komissarlik oçildi. Bu yerda çet el fuqarolariga Rossiya armiyasiga xizmatga kiriş va buning evaziga Rossiya fuqaroligini osonroq oliş tarğib qilinyapti.
Ma’lumot uçun aytiş kerakki, nafaqat Özbekiston, balki Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston qonunlarida ham çet elda harbiy xizmatga yollaniş jinoyat ekani yozib qöyilgan. Oddiy qilib aytganda, Rossiyada migrantlar jinoyat qilişga, odam öldirişga taklif etilyapti.
Vaziyatga boşqaçaroq yondaşiş ham mumkin. Şu hafta Vladimir Putin hozirça “qisman” deb aytilayotgan safarbarlik e’lon qildi. Bu safarbarlik, albatta, Rossiya fuqarolariga taalluqli. Ya’ni muhojirlar uruşga taklif qilinayotgan bölsa, Rossiya fuqarolari uruşga majburan olib ketilyapti. Şu muhim farqdan kelib çiqiş aytiş mumkinki, aqli raso erkaklar uçun hozir Rossiyada muhojir statusida böliş Rossiya fuqarosi bölişdan ham afzalroq. Ya’ni sizni uruşga majburan olib ketişolmaydi, istagan vaqtingizda Rossiyadan çiqib ketişingiz ham mumkin.
Şu hafta Ukrainaning törtta hududini Rossiyaga qöşib oliş böyiça şoşilinç “referendumlar” boşlangani, şundan keyin Kiyevning bu hududlarni qaytarib olişga urinişlari Rossiya hududiga hujum deb baholanib, qisman safarbarlik umummilliy safarbarlikka aylanişi kutilayotganini inobatga olsak, fuqaro va muhojir statuslari örtasidagi farq yana ham kattalaşadi.
Ayrim muhojirlarning uruşga öz ixtiyori bilan borayotgani esa, afsuski, katta fojia. Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyaning bu harakatiga zarur darajada munosabat bildirolmayotgani – alohida masala; biz faqat şuni aytmoqçimizki, ayni kunlarda Rossiyada qarindoşi yoki tanişi bor har bir özbekistonlik ular bilan boğlanib, uruşga borib qolmaslik böyiça ogohlantirişni öz burçi deb bilişi kerak. Bunda eng kerakli asoslarni sanab ötiş lozim.
Birinçidan, Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati bergan bayonot
, musulmon kişi öz vatani himoyasidan boşqa har qanday harbiy harakatlarda qatnaşişi harom va ularda ölgan ham, öldirgan ham gunohkor böladi.
Ikkinçidan, Özbekiston Boş prokuraturasi şu hafta bergan bayonotida eslatganidek, Özbekiston fuqarolarining çet elda harbiy xizmatga yollanişi 10 yilgaça qamoq jazosiga sabab böladi. Ma’lumot uçun, ular Rossiyadan qaytmagan taqdirda ham, Özbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilişi, jinoyatçi deb e’lon qilinişi va sirtdan qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.
Uçinçidan, ikki tomondan ham qurbonlar soni bir neça ön mingdan oşib ketgan. Uruşda gunohkor bölib ölganlar ota-onasi va qarindoşlarini isnodga qoldiradi; katta ehtimol bilan janozasi öqilmay kömib yuboriladi.
Törtinçidan, Rossiyaning hozirgi rahbariyati yana qança vaqt hukmron bölişi söroq ostida. Siyosiy hokimiyat qulab, yangisi kelgan taqdirda, u katta ehtimol bilan avvalgi ma’muriyatning va’dalarini bajarmaydi, qonunlar esa özgartiriladi. Natijada uruşdan omon qayta olganlar qotil degan nom orttirişdan boşqa heç narsaga erişmaydi.
Markaziy Osiyodan kelganlarga berilgan Rossiya pasportlari minnat qilindi
Kirill Kuxmar / TASS
Rossiya hukumati muhojirlarni uruşga olib ketişga faol harakat qilayotganiga javoban, Özbekiston Boş prokuraturasi va Musulmonlar idorasidan taşqari, Migratsiya agentligi va Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi ham Rossiyadagi vatandoşlarni ogohlantirib çiqdi. Umuman olganda, Markaziy Osiyo davlatlarining reaksiyasini yetarliça samarali deb bölmasa-da, şu çaqiriqlar ham Rossiya tomonini darğazab qiliş uçun yetarli böldi.
Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari böyiça kengaş a’zosi Kirill Kabanov Markaziy Osiyo davlatlarining bu bayonotlariga Rossiyaning javobi qanday bölişi kerakligini aytib çiqdi. U Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistondan kelib, oxirgi 10 yil içida Rossiya fuqaroligini olgan şaxslarni majburiy tartibda bir yillik harbiy xizmatga yuborişni taklif qildi.
“Agar ular harbiy majburiyatni bajarişdan boş tortişsa, nafaqat ularning özini, balki oila a’zolarini ham Rossiya fuqaroligidan mahrum qiliş kerak”, deb yozdi Kabanov Telegram-kanalida. Uning aytişiça, bunday çora öz fuqarolarini xorijda harbiy xizmatga yollanişini taqiqlayotgan Markaziy Osiyo davlatlariga “munosib javob” böladi.
Kabanovning bu gaplariga Özbekiston rasmiylaridan munosabat bölgani yöq. Bu borada jamoatçilik faoli, tadbirkor Zafar Hoşimov fikr bildirdi.
Hoşimovning sözlariga köra, Kabanovning gaplari Rossiyaning bu kabi amaldorlari Özbekistonning mustaqilligi, qonunlari va öz fuqarolarini muhofaza qiliş huquqini mensimasligini anglatadi.
Bundan taşqari, garçi ön yillab Rossiyada yaşab, işlab, u yerda uy-joy qilib, oila, bola-çaqalari bilan fuqarolik olişga erişsa ham, Rossiya ularni baribir ikkinçi tabaqali fuqaro deb hisoblaydi, ulardan va oila a’zolaridan qiyin erişilgan bu fuqarolikni osongina olib qöyişi mumkin, dedi Zafar Hoşimov.
Tadbirkor masalaning boşqa tarafi – minnat qilinayotgan Rossiya pasportining qadri qolmayotgani, bu pasport bilan ayrim davlatlarga viza olib bölmasligi, pasport egalari vatanidan qoçiş harakatida ekanini ham eslatib ötdi. Ma’lumot uçun, safarbarlik e’lon qilinganidan keyin Rossiya çegaralarida tirbandliklar kuzatilyapti, Rossiyadan uçib ketiş çiptalari deyarli qolmagan, borlari ham bir neça barobar qimmatga sotilyapti. Boz ustiga, şu hafta ikkilamçi sanksiyalar xavfi sabab qator mamlakatlar, xususan Özbekiston banklari ham Rossiyaning “Mir” tölov tizimi kartalariga xizmat körsatişni töxtatdi.
Özbekistonliklar – eng köp grin-karta yutganlar qatorida
Afsuski, öz mamlakatini tark etişni istovçilar faqat Rossiyada emas. Grin-karta öynaş böyiça eng yuqori örinlarda turadigan özbekistonliklar ğoliblar qatorida ham yana yuqori uçlikda qayd etildi. Şu hafta ma’lum bölişiça, bu yil 5511 nafar özbekistonlikka grin-karta çiqqan.
Özbekiston fuqarolari orasida grin-karta ğoliblari ötgan yilgidan salkam beş yuztaga kamaygan bölsa ham, dunyo miqyosidagi uçinçi körsatkiç bölib turibdi.
Eslatib ötamiz, AQŞda doimiy yaşaş huquqini beruvçi viza oliş uçun lotereya dasturida har yili dunyo böylab 20 millionga yaqin odam qatnaşadi. Şundan 2-3 millioni – vatandoşlarimiz. Özbekiston – aholisining 2 foizidan köpi grin-karta öynaydigan sanoqli davlatlardan biri.
2024 yilgi dastur uçun arizalar qabuli boşlanişiga bir neça kun qoldi. Hozirça aniq kuni ma’lum emas. Arizaçilarni röyxatga oliş odatda oktyabr oyi boşida boşlanib, bir oydan sal köproq davom etadi.
350 ming pensionerning pensiyasi oşadi, “dekret diskriminatsiyasi” qisqarmoqda
Xususiy taşkilotlarda uzluksiz kamida 6 oy davomida işlab "dekret"ga çiqqan ayollarga homiladorlik nafaqasining salkam 2 mln sömlik qismi davlat tomonidan, oyning 10-sanasigaça plastik karta orqali tölanadi. / Foto: Kun.uz
2023 yil 1 yanvardan boşlab 352 mingdan ortiq fuqaroning pensiyasi biroz oşadigan böldi. Gap şundaki, şu sanadan boşlab pensiya miqdorini hisoblab çiqarişda inobatga olinadigan iş haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigaça, ya’ni 3 mln 240 ming sömdan 3 mln 888 sömga oşiriladi.
Natijada örtaça iş haqi 3 mln 240 ming sömdan yuqori bölgan 352 ming nafar pensionerning pensiyasi kelgusi yildan boşlab qayta hisoblanadi va oşiriladi. Bu tartib hozir pensiya olayotganlarga ham, keyingi yildan pensiyaga çiqadiganlarga ham birdek taalluqli böladi.
Hafta davomida, şuningdek, xususiy taşkilotda işlaydigan ayollarga “dekret” pulini davlat tomonidan tölaş tartibi tasdiqlandi. Unga köra, xususiy taşkilotda işlayotgan xodimlar homiladorlik va tuğiş nafaqasini davlatdan oliş uçun kamida 6 oy uzluksiz işlayotgan bölişi kerak.
Nafaqa farzand tuğilguniga qadar minimal iste’mol xarajatlarining 4 baravari, ya’ni 1 mln 992 ming söm miqdorida beriladi. Pul oyning 10-sanasigaça nafaqa oluvçining plastik kartasiga ötkaziladi. Plastik karta bölmaganida esa oyning 27-sanasigaça naqd körinişda beriladi.
Namanganda odamlar hayoti xavf ostiga qöyilyapti. Qonun bir çekkada, davrada esa nepotizmmi?
Foto: Kun.uz
Namangan şahridagi Jaloliddin Manguberdi köçasida aholi xonadonlariga taqab, “metan-zapravka” qurilyapti. Bu haqda tanqidiy material tayyorlagan Kun.uz muxbiriga internetda trollar hujumi uyuştirildi.
Normativlarga köra, avtomobillarga gaz töldiriş stansiyasi bilan turar joy majmualari örtasidagi himoya zonasi 50-100 metrdan kam bölmasligi şart. Namangan şahridagi holatda esa stansiya bilan aholi uylari orasidagi masofa bor-yöği 5 metr. Uning ustiga, hududdagi daraxtlar noqonuniy kesib taşlangan.
Odamlar hayoti oçiqçasiga xavfga qöyilayotganiga viloyat rasmiylari şunçaki tomoşabin bölib turibdi. Aholi murojaatlari esa umuman foyda bermayapti.
Qiziq, viloyat rahbarlari özining uyining yonida şunaqa “bomba” qurilsa ham indamay turgan bölarmidi? Gaz stansiyasiga qöşni uyda bolalari bilan yaşaşga qaysi amaldor rozi bölardi?
Suriştiruvimizda ma’lum bölişiça, qonunga zid bu qurilişning tepasida Namangandagi köplab “gaz-zapravka”larning egasi bölmiş Qudrat Abdullayev turgan bölişi mumkin. U Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqovning qudasi ekani esa yangi savollarni keltirib çiqaradi. Viloyat hokimligi Abdullayevning tadbirkorligiga hokimning aloqasi yöqligiga işontirişga urindi, lekin noqonuniy qurilişni töxtatişga şoşilayotgani yöq.
Oçiqçasiga röy berayotgan qonunsizlik haqidagi maqola e’lon qilinganiga bir hafta böldi hamki, quriliş töxtagani yöq. Holat yuzasidan suriştiruv olib borgan muxbirimizga nisbatan esa internetda anonim profil orqali tuhmatlar qilib, “şovqin” kötarişga urinib körişdi. Bu aynan Namangandan kimningdir topşiriği bilan bölganini tuşuniş qiyin emas albatta.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Foto: Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati
Yil oxirigaça Farğona şahrida elektromobillar işlab çiqariş boşlanadi. Bu haqda “Central Asia Motors” korxonasi boş direktori Bahodir Ahmedov korxonani körişga kelgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va prokurori Baxtiyor Ismoilovga ma’lum qildi. Jami 50 mln dollarlik loyiha yiliga 10 mingta elektromobil işlab çiqarişni közda tutadi. Elektromobillar uçun kuzov, zaryad stansiyasi va akkumulyator ehtiyot qismlari mahalliylaştirilişi aytilmoqda.
“Taşabbusli budjet”ning uçinçi mavsumi ğoliblari öz ğalabasini katta xursandçilik, karnay-surnay, muşaklar va qöşiqlar bilan nişonladi. Köçalarni asfaltlaş, maktablarni ta’mirlaş kabi eng köp ovoz töplagan 1418 ta taklifga 1 trln söm ajratiladi.
Toşkentda 7 qavatli uyning tomiga 8-qavat qurilayotgani ma’lum böldi. Bu esa, tabiiyki,Olmazor tumanidagi yangi qurilgan uyga allaqaçon köçib kirib yaşayotgan odamlarning noroziligiga sabab böldi. Quriliş vazirligi quruvçining ustidan sudga ariza kiritişga va’da berdi. Umuman olganda, bu aql bovar qilmas holat quriliş sohasidagi katta muammolarimizdan darak berib turibdi.
Toşkent şahar deputatlari şaharning ayrim köçalarida harakat tezligini 60 km/soatgaça pasaytirişga rozi bölmadi. Şahar kengaşiga bunday taklifni Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi kiritgan. Eslatib ötamiz, hatto MDH miqyosida ham poytaxt şaharlardagi 70 km/soat tezlik – juda noyob hodisa, aksariyat şaharlarda tezlik çeklovi 50-60dan oşmaydi. YTHlar haddan taşqari köpligi sabab Toşkentda ham tezlikni xuddi şunçaga tuşiriş kerakligini yil boşida prezident Şavkat Mirziyoyev ham aytgan edi.
Samarqandda ikki yoşli bolasini kaltaklagan ayolga sud hukmi öqildi. Payariq tumanida ikki yoşli bemor farzandini urgani köpçilikni seskantirgan ayol ikki yilga qamaldi. Sudda bolaning buvisi kelinini onalik huquqidan mahrum qilib, nabirasini öziga olib berişlarini söragan.
Prezident administratsiyasi ta’lim, sud, tadbirkorlik, tibbiyot, suv ta’minoti böyiça murojaat va takliflar qabul qilişni boşladi. Aynan şu beşta yönaliş keyingi beş yil uçun eng ustuvor deb e’lon qilingan. Administratsiya buning uçun taklif2023.uz sayti va @taklif2023_bot manzilini işga tuşirdi.
Ötgan hafta Toşkent xalqaro aeroporti öz taksi xizmatini işga tuşirgan edi. Ma’lum bölişiça, undagi narxlar bozordagi boşqa takliflardan 2 barobar qimmat. Aeroportning Gentra'sidan foydalaniş puliga mobil ilova orqali Malibu yoki Land Cruiser çaqiriş mumkin. Bu haqda batafsil saytimizda tanişişingiz mumkin.