Hayitlik olgan Toşkent, kaltaklangan ustozlar va ortayotgan energoqaramlik - hafta dayjesti
|14:46 / 23.04.202343 88311 min
Ikki ayolni döpposlagan zöravon video tarqalmagunça tergovga tortilmadi: ayollardan biri IIB xodimining onasi bölganida ham “delo” oçiş şunaqa keçikarmidi? Olmaliqda 9 qavatli uy sifatsiz qurilgan: video çiqmasa, birov bilmasmidi? Gaz importi köpayib, qazib oliş keskin kamaydi: boş vazir bu yil qazib olişni sezilarli oşirolamiz degandi-ku? Ortda qolayotgan haftaning asosiy mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Toşkentga yangi avtobuslar muborak!
Xitoydan olib kelingan 400 ta yangi avtobusning yönalişlarga çiqarilişi Toşkent aholisi uçun çinakam hayitlik sovğasi böldi. 20 aprel tongida ilk marta yönalişlarga çiqqan 400 ta yangi avtobusning 114 tasi 18 metrli “garmoşka”lar ekani köpçilikning e’tiborini tortdi. King Long kompaniyasi işlab çiqargan bunday eng katta siğimli avtobuslar soni Toşkentda tez orada 200 taga yetadi.
Super-uzun şahar avtobuslari Toşkentda harakatlanmay qöyganiga 10 yil bölgandi. Bunday “garmoşka”-avtobuslar poytaxt uçun oxirgi marta 1995 yilda xarid qilingan, eng sönggilari 2013 yilgaça harakatlangan edi. Ularning qaytişi munosabati bilan qator bekatlarning geometrik parametrlariga özgartiriş kiritişga töğri kelyapti, çunki 18 metrli transportlar hamma bekatlarga ham siğmayapti.
Şu hafta poytaxt köçalarida harakatlana boşlagan yangi avtobuslarning 286 tasi – Yutong rusumli, uzunligi 12 metr. Ulardan 117 tasi tabiiy gazda yuradi, 169 tasi esa elektrobus.
Xitoydan buyurtma qilingan 1000 ta katta avtobusning qolgan 600 tasi ham yaqin haftalarda yetib kelişi kutilyapti. Bu bilan şahar avtobuslari soni, eskilari tarkibdan çiqarilişi hisobiga, 1800 taga yetişi aytilgan. Şu tariqa, Toşkentda uzoq davom etgan jamoat transporti degradatsiyasidan keyin avtobuslar soni 1991 yildagi darajaga yaqinlaşadi. Ma’lumot uçun, 90-yillar boşida poytaxtimizda 2200 tadan köproq avtobus, 500 tadan köproq tarkibga ega tramvay va 400 tadan köp tarkibga ega trolleybus harakatlangan.
Avtobuslar köpayişi bilan bir vaqtda, tizim ham isloh qilinayotgani quvonarli. Taşuvçi korxonalar bilan brutto-kontrakt tizimida işlaşga ötiş ularni son emas, sifat uçun işlaşga undaşi kerak. Çunki bunda taşuvçi korxonaning daromadlari taşilgan yölovçilar soniga boğliq bölmaydi. Yölkiradan 5 mln söm tuşum böladimi, 10 mln sömmi – farqi yöq, – tuşgan pullar şahar hokimiyatining maxsus hisobraqamiga ötkaziladi. Hokimiyat taşuvçi korxonalarga harakat jadvali va interval talablari, sanitariya qoidalariga amal qilişiga qarab pul tölaydi. Korxonalar buning uçun Toşkentdagi 167 ta avtobus yönalişini tenderda yutib olişi kerak.
Mavzuga oid
Kaltaklangan öqituvçilar: Video tarqalmasa, jinoyat işi ham yöqmi?
Surxondaryoning Uzun tumanidagi 31-maktabda ikki ayol öqituvçining kaltaklangani haftaning eng köp muhokama qilingan voqealaridan biri böldi. Çunki voqeaning muhokama qilinadigan jihatlari köp.
Bir tomondan, ikki öqituvçi ayol maktabda, direktor xonasida, direktorning köz öngida döpposlansa-yu, erkak direktor zöravonga tayinli qarşilik qilmasa. Zöravon begona emas, şu maktabning jismoniy tarbiya öqituvçisi ekanini hisobga olsak, u eng kamida qilmişi uçun direktor tomonidan işdan haydalişini öylaşi kerak emasmidi? Heç qanaqa ma’lumot berilmaganiga qaraganda, aslida ham şunday bölib çiqqan. Direktor kuçi ayollarga yetgan muştumzörni işdan haydaş tugul, unga hatto hayfsan ham berolmagan bölişi mumkin. Vazir Hilola Umarova ham vaziyatni nazoratga olganini aytgan bölsa ham, negadir çora körişni paysalga solyapti.
Kaltaklangan ayollardan birining aytişiça, voqea haqida içki işlar organlariga öşa kuniyoq xabar berilgan. Lekin holat böyiça jinoyat işi oradan 4 kun ötib, video internetda tarqalganidan keyin qözğatildi va muştumzör qölga olindi. Agar video tarqalmaganida, jinoyat işi oçilarmidi-yöqmi, xudo biladi. Şu örinda Uzun tumani içki işlar bölimiga nisbatan oddiygina savol tuğiladi: agar kaltaklangan ayollardan biri içki işlar xodimining onasi bölganida ham jinoyat işi oçiş şunaqa keçikarmidi? Yoki erkak sanoqli soatlar içida hibsxonada yotgan bölarmidi?
Jinoyat işi bezorilik moddasi bilan qözğatilgan. Zöravonni 15 mln sömdan 30 mln sömgaça jarima yoki 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari kutyapti. Kaltaklangan ikki öqituvçi esa 18 aprel holatiga kasalxonada.
Olmaliqda 9 qavatli uy sifatsiz qurilgani ma’lum bölib qoldi
Internetda tarqalgan yana bir video, ehtimol, önlab odamlar hayotini saqlab qoldi. Toşkent viloyati Olmaliq şahrida qurilayotgan 9 qavatli uy sifatsiz qurilayotgani haqida video tarqalişi ortidan, Quriliş vazirligi qurilişni töxtatişga körsatma berdi. Ma’lum bölişiça, bino qurilişida seysmik xavfli hududlarga doir quriliş me’yorlari buzilgan.
Videoda qurilişdagi betonning juda ham sifatsizligi aytiladi. Vazirlik xabariga köra, obektning barça 9 ta qavatini kötarişda monolit-beton kontruksiyalarning mustahkamligi böyiça laboratoriya xulosalari olinmagan. Işlatilgan quriliş materiallarining sifatini tasdiqlovçi hujjatlari yöq.
Umuman, quriliş qoidalarini buziş kotlovan bosqiçidanoq boşlangan. Keyin opalubka montaj işlarida loyihadan çetga çiqilgan. Vazirlik qoidabuzarliklarni bartaraf etiş böyiça körsatmalar berib, quruvçi taşkilot rahbarini jarimaga tortdi.
Olmaliqliklar video muallifidan minnatdor bölişi kerak. Quriliş sohasi organlari esa şunçaki telefonida kamerasi bor oddiy fuqaroçalik bölolmagani juda ham afsuslanarli. Biz Turkiyadagi zilziladan dahşatga tuşib yurgan bir paytda, qayerlardadir kotlovan bosqiçidayoq qoidabuzarliklar bilan boşlangan qurilişlar 9-qavatgaça böy çözgan ekan. Va buni to video tarqamagunça, heç kim “körmagan”, bilmagan.
2023 yil 23 yanvar. Energetika inqirozidan keyingi kunlar. Boş vazir Abdulla Aripov kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlikdagi xatolardan xulosa çiqarilişini aytarkan, 2023 yilda gaz qazib olişni 9 foizga oşiriş imkoniyati borligini e’lon qilgandi.
Oradan uç oy ötdi. Statistika agentligi e’lon qilgan hisobotga köra, 2023 yilning birinçi uç oyida tabiiy gaz qazib oliş 9,6 foizga qisqargan. Ya’ni 9 foizga köpaytiriş imkoniyati bor deyilgan joyda, birinçi çorak 10 foizlik qisqariş bilan tugagan. Uç oylik qazib çiqariş miqdori 1,3 mlrd kubometrga kamayib, 12,3 mlrd kubometrga tuşib qolgan.
Gaz qazib çiqariş kamayişi elektr energiyasini ham kamaytirgan. Yanvar-mart oylarida 18,5 mlrd KW/soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan. Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 5 foizga kam.
Hukumat energetika inqiroziga qarşi kuraşiş uçun kömirga qaytiş böyiça katta rejalarni e’lon qilgandi. Lekin bu yönalişdagi körsatkiçlar gaz va kömirdan ham yomonroq: uç oy davomida kömir qazib oliş naq 14 foizga kamayib ketgan.
Bundan taşqari, uç oy davomida issiqlik energiyasi işlab çiqariş 16,5 foizga, gaz kondensati qazib oliş 9 foizga qisqargan. Faqatgina neft qazib olişda 6,7 foizlik ösişga erişilgan.
Bularning barçasi energetika inqirozidan keyin röy berayotgani kişini öylantiradi. Qolaversa, tabiiy qazilma boyliklarni özlaştiruvçi xususiy kompaniyalarga berilgan bemisl soliq imtiyozlari ham xalqqa emas, faqat oligarxlarga foyda keltirayotganga öxşaydi.
Statistikaga köra, mart oyida gaz importi keskin oşib ketgan. E’tibor bering, Özbekiston yanvar-fevral oylarida çetdan atigi 1,7 mln dollarlik gaz sotib olgan. Birgina mart oyida esa bundan 90 barobar köp – 151,2 mln dollarlik gaz import qilingan.
Bunça gaz qayerdan, qança narxlarda sotib olingani ma’lum emas. Ehtimol qişda Turkmanistondan xarid qilingan gaz rasmiy statistikada mart oyiga kelibgina aks etayotgandir. Boşqa tomondan, aynan mart oyidan boşlab Rossiyadan gaz importini yölga qöyiş böyiça muzokaralar bölayotgan edi. Bu muzokaralar haqidagi şov-şuvda asosiy masala Özbekiston gaz tarmoqlarini Rossiyaga berib yubormaslik bölgan, rasmiylar bu masalada xotirjam böliş mumkinligini aytib, milliy manfaatlarga doir boşqa masalalar, ayniqsa narxlarga oydinlik kiritmagan edi. Yakunda bu muzokaralar taqdiri nima böldi – bahorning ikkinçi oyi tugayapti hamki, ma’lumot berilgani yöq.
Umuman, Özbekiston gazdan boşqa energoresurslar böyiça ham borgan sari çet davlatlarga qaramligi ortib boryapti. Xususan, 2023 yil birinçi çoragida neft va kömir importi qariyb 1,5 barobarga oşgan. Aniqroq aytadigan bölsak, neft importi 43 foizga, kömir importi 62 foizga köpaygan.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Taşabbusli budjet doirasidagi “Mening yölim” loyihasiga start berildi. 27 aprelgaça içki yöllarni ta’mirlaş böyiça openbudjet portalida takliflar qoldiriş mumkin. Loyiha budjeti unçalik köp emas – 312 mlrd söm. Lekin yaxşi tomoni, bu mablağning hammasi içki yöllarni ta’mirlaşga ketadi.
Oliy sud yana 208 nafar qatağon qurbonlarini oqladi. Nomioqlanganlar röyxatida 30-yillar boşidagi Uçlik kengaşi, rusçasiga aytganda Troykaning nohaq qarorlari bilan otuvga hukm qilingan, konslagerlarga surgun qilingan vatandoşlarimiz bor. Şu tariqa, qatağon qurbonlarining nomlarini oqlaş böyiça Oliy sudda tuzilgan işçi guruhning sa’y-harakati bilan oqlanganlarning jami soni 616 nafarga yetdi.
Toşkent şahridagi tumanlardan birining mudofaa işlari bölimi boşliği 600 dollar bilan uşlandi. DXX xabariga köra, u fuqaroga noqonuniy ravişda harbiy guvohnoma rasmiylaştirib berişni va’da qilgan. “Leviy” qilmoqçi bölib qölga tuşgan yana bir davlat xizmatçisi esa Farğona viloyati Özbekiston tumani hokimligida işlaydi. U hokimiyat balansidagi 3 gektar yerni onlayn auksionda yutib beriş evaziga 4 ming dollar olayotgan vaqtida qölga olingan.
Toşkentda 17 yaşar qiz noma’lum erkakning hujumiga uçradi. Erkak maktabdan uyiga qaytayotgan qizning orqasidan kelib uni quçoqlab olgan, yuzidan öpib, qoçib ketgan. Qizning otasi farzandi qattiq stressda ekanini aytib, yigitni jazolaşni talab qilayotgan bölsa ham, negadir hali huquqiy iş oçilmadi. Içki işlar organlariga yana öşa savolni berişga töğri keladi: agar organ xodimining qizi bilan şunday bölsa, iş oçilişi uçun neça daqiqa yetarli bölardi?
Bolalar bilan boğliq noxuş voqea Qaşqadaryoda ham kuzatildi. Koson tumanida voyaga yetmagan qiz ota-onasi tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Avvaliga ögay ona yiğlab ötirgan qizni örnidan turğaziş uçun qattiq siltaydi, keyin qizning öz otasi uni xivçin bilan savalaydi. Holat böyiça qiynaş moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, bir kişi qölga olingan.