Onix: Yetkazib beriş muddatlari 2024 yilgaça çözilib ketdi

Haftaning eng şov-şuvli voqeasi – kutilganidek, Chevrolet Onix sotuvi boşlangani böldi. Biz bu mavzuga avvalgi dayjestimizda ham töxtalgan edik. 9 ming dollardan 12 ming dollargaça bölişi va’da qilingan avtomobil oxir-oqibat eng arzon komplektatsiyasi salkam 13 700 dollardan sotuvga çiqdi.

UzAuto monopol statusga egaligi şaroitida, narxning kutilganidan balandroq bölgani talab yuqori bölişiga xalal bera olmadi. Qator avtosalonlarda tirbandliklar yuzaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlar esa satirik memlar va videolarga töldi. Balki şu sababdanmi, xaridorlarning hammasi ham kamera qarşisida jurnalistlarga intervyu berişni xohlamadi. Ayrimlar esa yangi modelni olayotganini oddiy sabab bilan izohladi, ya’ni odamlar hozirgi modellardan zerikib ketgan: “Endi... Bilmayman... Bitta-yarimta yangi maşina minaylik devdik-da...”

Kompaniyaning ma’lum qilişiça, 1 noyabrda tuzilgan şartnomalar soni odatiy kunlarga qaraganda salkam 30 baravarga köp bölgan. Natijada atigi 3-4 soat içida 1 yillik navbat şakllanib ulgurdi. Şartnomaga yangi qöşilgan bandga asosan, mijozlar belgilangan muddatdan keyin yana 45 kungaça keçikişiga ham rozi bölişyapti. Ya’ni 50 foiz pulini hozir tölaganlar maşinasini 2024 yilda olişi ham mumkin. Kompaniya xaridorlarni tinçlantirib, tuzilgan şartnomalarning köpi 7 kun içida pul tölanmagani uçun bekor bölib ketişi, natijada 1 haftadan keyin muddat qisqarişi mumkinligini ma’lum qildi.

Yangi modelga investitsiya sifatida qarayotganlar köpligini aytiş kerak – xaridorlarning 45 foizi birdaniga ikkita va undan ortiq Onix uçun şartnoma olgan. Ularga birinçi buyurtmasidan keyingilarining yetkazib beriş muddati qöşimça 4 oyga oşadi.

Avtomobilning eng qimmat varianti 17 ming dollardan sotilyapti. Sotuvning birinçi kunidagi şartnomalarning 60 foizi aynan top komplektatsiya uçun tuzilgan. Bu komplektatsiyadagi Onix'ning qolganlaridan