Yakunlanib borayotgan 14 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradagi bahsli hududlarni o‘rgandi

Foto: Sputnik
Tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 yilning 5-14 oktabr kunlari Andijon va Farg‘ona shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat delegatsiyalarining ishchi guruhlari uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
>>> Batafsil.
Andijon shahrida muhtasham “O‘zbegim” savdo va xizmat ko‘rsatish markazi ish boshladi

Bugun Andijon shahrida zamonaviy ko‘rinishdagi “O‘zbegim” savdo markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga jamoatchilik va aholi vakillari tashrif buyurdilar.
>>> Batafsil.
Asad Suriya inqirozini hal etish yo‘lini ma'lum qildi

Foto: RIA
Suriya prezidenti Bashar Asadning bayonot berishicha, Suriya inqiroziga barham berish uchun to‘g‘ri kelgan odam bilan emas, balki yer yuzidagi terrorchilarga qarshi kurasha oladigan va ta'sirli siyosiy kuchlar bilan muzokaralar olib borish lozim.



















