Yakunlanib borayotgan 31 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Bishkekka otlangan O‘zbekiston delegatsiyasiga Rustam Azimov boshchilik qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya 2016-yilning 2-3 noyabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
O‘zbekistonlik olim Ozarboyjon Fanlar akademiyasi faxriy doktori bo‘ldi

25 oktabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘zbekistonlik tarixchi olim Shuhrat Barlosning “Turkestan i Yujnyy Kavkaz v XIX-XX vekax. Dashnaki ot Fergany do Karabaxa” hamda “Karabax: voyna idey” nomli kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
GM Uzbekistan va «O‘zavtosanoat» mijozlarning savollari bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruhlar tashkil qildi

«O‘zavtosanoat» AK tizimi korxonalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzildi. Kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, bundan maqsad O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotish va ularga xizmat ko‘rsatish masalalariga bog‘liq bo‘lgan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hisoblanadi.




























