22:16 / 03.06.2017
28915

Dunyo haftaligi: Trampning shov-shuvli qarori, “og‘irlashib qolgan” Afg‘oniston, Rossiyaga borishning yangi tartibi

Hafta davomida jahonda ro‘y bergan muhim voqealar va yangiliklar Kun.uz dayjestida eslatib o‘tiladi.

Jahon mamlakatlarida

Foto: ABC

Shimoliy Koreya navbatdagi raketa uchirishni amalga oshirdi

Saudiya Arabistonida tamaki va energetik ichimliklarga 100 foizlik aksiz soliqlari kiritildi

Avstraliya Afg‘onistonga qo‘shimcha harbiy xizmatchilar yuborishga qaror qildi

YeI Suriya hukumatiga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

Vladimir Putinni IShID terrorchilari bilan bir safga qo‘yishdi

AQSh ballistik raketalarni tutuvchi raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Usmonov sudda yutib chiqdi. U, shuningdek, Navalniy bilan suddagi dalillar haqida gapirib berdi

Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida 13 harbiy, jumladan general halok bo‘ldi

Yaqin kunlarda Rossiyaga boradiganlar diqqatiga muhim xabar

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShni iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqqanini e'lon qildi.  U ushbu qarori yuzasidan izoh berdi. O‘z navbatida, Obama AQShning iqlim bo‘yicha kelishuvdan chiqishiga munosabat bildirdi. Putin esa yomon ob-havo uchun aybni Trampga qo‘yishni taklif qildi

Italiyada 23 yil davomida yashirinib kelgan mafiya yetakchisi qo‘lga olindi

Daniyada 1683 yildan beri amal qilib kelgan shakkoklik uchun jazo bekor qilindi

Kanadada hamshira keksa yoshlilarni o‘ldirganini tan oldi

Tabiiy ofatlar

Foto: Reuters

Shri-Lankada suv toshqinlari qurbonlari soni qariyb 200 kishiga yetdi

Moskvada dovul vaqtida halok bo‘lganlar oilalariga 1 mln rubldan beriladi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dovul oqibatida qurbon bo‘lganlar soni ortgan 

Bangladeshda siklon tufayli million kishi evakuatsiya qilinmoqchi

Peterburgda iyun oyida qor yog‘di (foto va video) 

Jahondagi notinch nuqtalar

Foto: CNN

Filippinda IShID egallab olgan shahardagi janglar vaqtidagi qurbonlar soni ortmoqda. Bundan tashqari, Filippin poytaxtida portlash va otishma ovozlari eshitildi: yaradorlar ko‘p. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa tufayli 30dan ortiq kishi halok bo‘lgan

Bag‘dodda minalashtirilgan mashina portlashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Iroqning Xit shahridagi portlashda 13 kishi halok bo‘ldi

Kobul markazida dahshatli portlash: qurbonlarning aniq hisobi yo‘q. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 100 nafardan oshgan. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi. 

Venesuelada namoyishchilar o‘ldirilmoqda va hibsga olinmoqda. Fotojamlanma

Suriyada IShID internet-portali asoschisi yo‘q qilindi

Filippin aviatsiyasi xatolik tufayli o‘z harbiylari ustiga bomba yog‘dirdi

Moskva g‘arbida otishma, ikki kishi halok bo‘ldi

Kamerunda terakt yuz berdi, qurbonlar ko‘p

Kobuldagi qabristonlardan birida portlash yuz berdi, qurbonlar ko‘p

Erondagi portlash oqibatida 39 kishi jarohat oldi

Texnologiya

Foto: Rolls-Royce

BMW kelajak skuterini namoyish qildi

Rolls-Royce dunyodagi eng qimmat yangi avtomobilni namoyish qildi

Ilon Maskning yangi kompaniyasi muqobil elektr avtobusni namoyish etdi 

Android yaratuvchisi o‘zining ilk smartfonini namoyish etdi

Sony PlayStation 3’ni boshqa ishlab chiqarmaydi

Yangi «Tesla» suratlari paydo bo‘ldi

Shimoliy Koreya o‘zining iPad’ini yaratdi

Google haydovchisiz yuk mashinasi sinovini boshladi

Qiziqarli maqolalar

Foto: Reuters

AQSh prezidentining tashqi siyosatiga ishoralar

Yangi Nokia 3310 haqida bilish kerak bo‘lgan 8 jihat

Braziliyada yangi tug‘ilgan chaqaloq tug‘ilishi bilanoq yurib ketdi

Moskva nima uchun dunyoning eng himoyalangan shahri?

Teri qarishini sekinlashtiruvchi modda topildi

Indoneziyalik 11 yoshli bolaning vazni 192 kilogrammga yetdi

Rossiyada xorijlik haydovchilarga Rossiya haydovchilik guvohnomasisiz ishlash taqiqlanadi

Mavzuga oid
Top