23:30 / 15.03.2018
19797

To‘ylar uchun cheklovlar, Ostona uchrashuvi, Bobomurod Abdullayev sudi, Yoqutistonda «oltin yomg‘iri» va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 15 mart, payshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

Ostonada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ilk maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jyeyenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Mejlisi rahbari Akja Nurberdiyeva ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Markaziy Osiyo yetakchilari Ostonada

«Kayfiyat umuman boshqacha». Mirziyoyev Nazarboyev bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlat rahbarlari uchrashuvini har yili o‘tkazishni taklif etdi

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili ochildi

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni orden bilan mukofotladi

Nazarboyev Markaziy Osiyodagi suv muammolari haqida nima dedi?

Nazarboyev: «Meva-sabzavotlar O‘zbekistonda mo‘l hosil berib yotibdi»

«Suriyadagi urush ishtirokchilari qaytmoqda» – Nazarboyev ogohlikka chaqirdi

Tojikiston o‘z qo‘shnilarini hech qachon suvsiz qoldirmaydi – Imomali Rahmon

Sooronbay Jeenbekov terrorchilikka qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi

To‘rtlik uchrashuvdan mamnun. Ular har yili Navro‘z arafasida uchrashishadi


O‘zbekiston xabarlari
Oliy Majlis Senati to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi qaror loyihasini muhokama uchun e'lon qildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

«Kelinsalom», «kuyovnavkar», love story: Senat taqiqlamoqchi bo‘layotgan to‘y tadbirlari ro‘yxati

Bir asrdan keyin ham avlodlar dabdabali to‘ylarga qarshi kurashib yurmasligi uchun nimalar qilmoq kerak?

1 apreldan elektr energiyasi narxi oshadi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston eng baxtli davlatlar reytingida 44-o‘rinni egalladi

Tojikiston O‘zbekistondan gazni bozor narxidan ikki barobar arzonga sotib oladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston tovar aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasida chegaraoldi hamkorligi bo‘yicha xalqaro markaz va port quriladi

O‘zbekistondagi qamoqxonalarning sobiq boshlig‘i qo‘lga olingani tasdiqlanmadi


Bobomurod Abdulla ishi
15 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha navbatdagi ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Facebook

Bobomurod Abdullayev ishi. U ozod qilinadimi?

Bobomurod Abdullayev sudda barcha ayblovlarni rad etdi

Bobomurod Abdullayev ishi. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosa berdi

Bobomurod Abdullayev sudda ko‘rsatma berishni boshladi


Skripal ishi
Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilgan Rossiya Razvedka boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal 4 mart kuni zaharlandi. Buyuk Britaniya bu suiqasdda Rossiyani aybladi.

Foto: TASS

«Hukm o‘qildi. Endi ijro etiladi». London «Skripal ishi» doirasida Moskvaga keskin javob qaytardi

«Hech kimni mensimaydigan Rossiya» - Oq uy Skripal ishi bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya Buyuk Britaniyaga nisbatan choralar o‘zini kuttirib qo‘ymasligini aytdi

Britaniya BMT XKda Rossiyaning Skripal ishi bo‘yicha tashabbusini blokladi

Skripalning zaharlanishiga Rossiya aloqadorligi bo‘yicha rad etib bo‘lmaydigan dalillar bor

Rossiya ham britaniyalik diplomatlarni chiqarib yuboradi

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Skripal ishi bo‘yicha bayonot berdi

«Rossiya ovozini o‘chirishi kerak» - Britaniya mudofaa vaziri

Jahon xabarlari

Foto: yakutiamedia.ru

9 tonna oltin: Yoqutistonda «yombi yomg‘iri»

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi o‘z onasini uy qamog‘ida saqlagan

Tramp AQSh bosh prokurorini ishdan haydamoqchi

Savchenko teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanib hibsga olinishi mumkin

Jirinovskiy Sobchakning debatlarda yig‘lab yuborganiga izoh berdi

Tramp shtabining sobiq rahbari 305 yilga qamalishi mumkin

Sloveniya bosh vaziri iste'foga chiqdi


Sport xabarlari

Foto: Sport Ekspress

100likni zabt etgan «qirol» va maydondagi mushuk. YeChLning yorqin lahzalari

Messining Chempionlar Ligasidagi gollari soni 100taga yetdi

«MYu» YeChLni erta tark etgani yaxshi bo‘ldimi? «Sevilya»dan mag‘lubiyatning foydalari haqida

Bir yo‘la to‘rt murabbiy O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradi

Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli gollari e'lon qilindi

Aleksandr Geynrix futbolchilik faoliyatini yakunladi

Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi janglarni aprel oyida o‘tkazishadi

«Beshiktosh» mushuk tufayli jazolanadi

Top