Belarus AES qurilişi böyiça tajribalarini Özbekiston bilan örtoqlaşadi. Bu haqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan muzokaralar yakunida ma'lum qilgan.

«Biz Özbekistonda atom elektrostansiyasi qurilişida belaruslik hamkorlarimizning ulkan tajribasidan foydalanmoqçimiz. Aleksandr Grigoreviç (Lukaşenko) aytdiki, belaruslar quriliş, texnologik jarayonlar, eng muhimi – kadrlar tayyorlaş borasidagi tajribalarini biz bilan örtoqlaşişadi. Bu biz uçun juda ham zarur», – deya Mirziyoyevning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

Qayd etiş kerakki, Belarus Ostrovets şahrida öz Atom elektrostansiyasini barpo etmoqda. BelAES ikkita energoblokdan taşkil topgan. Birinçi energoblok işga tuşirilişi 2019 yilga möljallangan, ikkinçisi - 2020 yilga.

Ötgan haftada Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripovning Rossiyaga taşrifi çoğida RF boş vaziri Dmitriy Medvedev bilan Özbekiston hududida atom elektr stansiyasini quriş böyiça hamkorlik töğrisidagi bitimni imzolagandi.

Özbekiston va Rossiya atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş sohasidagi hamkorlikni 2017 yil dekabrida hamkorlik töğrisida hukumatlararo bitim imzolanganidan keyin boşlagan edi.

«Rosatom» Özbekistonda «3+» VVER-1200  zamonaviy avlod stansiyalarini qurişni taklif qilgan. Rossiyaliklarning Bangladeşdagi xuddi şunday stansiyani quriş loyihasi taxminan 13 mlrd. AQŞ dollarini taşkil qilgan.

Şu yilning may oyida «Rosatom» boş direktori Aleksey Lixaçyov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv davomida Özbekistonda atom elektrostansiyasini quriş masalasi muhokama markaziga aylangani hamda Özbekiston Rossiyaga Navoiy viloyatida AES qurişni taklif etganini ma'lum qilgandi.

Bundan avvalroq Belarus Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Leonid Mariniç Belaruslik mutaxassislar Özbekistondagi AES qurilişida bevosita iştirok etişga tayyorligi haqida gapirgandi.