«Tramp doktrinasi». Yangi dunyo tartiboti qanday böladi?
|04:27 / 26.12.201817 2088 min
AQŞ prezidenti Donald Tramp kutilmaganda amerikalik harbiylarni avval Suriyadan çaqirib olişi, keyinroq Afğonistondagi operatsiyalarni ham yakunlaşi töğrisidagi qarori bilan barçani şoşirib qöydi. Qolaversa, davlat rahbarining taşabbusini qöllab-quvvatlamagan Mudofaa vaziri Jyeyms Mettis ham işdan böşatildi . Trampning kutilmagan qarorlari uzoq vaqt xalqaro terrorizmga qarşi kuraş maydoniga aylangan Yaqin Şarq va Katta Markaziy Osiyo hududi uçun salbiy oqibatlarni keltirib çiqarişi mumkin, qolaversa, AQŞ harbiy amaliyotlari asosida qurilgan xalqaro munosabatlar tengligi buzilyapti.
Foto: AP Photo/Evan Vucci
Amerikaning xoh siyosiy, xoh harbiy yöl bilan biror masalaga aralaşuvdan tiyilişi dunyo tartibotini jiddiy özgarişiga sabab böladi. Muvozanat özgararkan, keyingi ön yillik Rossiya diktatorligi ostida ötadimi?
«Tramp doktrinasi» nimani anglatadi?
Mettisning iste'fosi bilan AQŞ öz taşqi siyosatida isteblişment «otasi» bölib qolayotgan keksa askardan ham qutuldi. Endi prezident «Tramp doktrinasi »ni amalga oşiriş uçun töliq imkoniyatlarga ega. Boşqaruvining ikki yilida Tramp «global yetakçilik» strategiyasi ilmini egallagan tajribali maslahatçilardan qutuldi. U Davlat kotibi lavozimida işlagan Reks Tillersonni işdan böşatdi, milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi bölgan Gerbert Makmasterni «
Aslida Donald Tramp saylovoldi kampaniyasida ham AQŞ taşqi siyosatini qanday tasavvur etişini yaşirib ötirmagan: u izolyatsionizm va merkantalizmga asoslanişi kerak. Trampning fikriça, Amerika global jarayonlarda faol iştirok etişi faqat öziga qimmatga tuşyapti, uning qadrini bilmaydigan ittifoqçilar bilan liberal dunyo tartibotini saqlaş uçun mablağ sarflaş ham prezident mantiğiga töğri kelmaydi. Eng asosiy xavf sifatida noqonuniy migratsiya körilgan bölsa, savdo munosabatlaridagi defitsit ham şunday xavflar sirasiga kiritildi.
Foto: Jim Young/Reuters
Tarixda bu ham bölgandi
AQŞ tarixida Donald Tramp siyosatini deyarli bir xil mazmunda boşlab bergan siyosatçi ötgan. U ötgan asrning birinçi yarmida, 40-yillarda faol bölgan siyosiy kayfiyat asosçisi Robert Taftdir. U 1940, 1948 va 1952 yillarda prezidentlik uçun asosiy da'vogarlardan biri edi. Masalan, Taft 1941 yili AQŞ siyosatçilarini ittifoqçi Buyuk Britaniyaga kömak berişdan qaytarmoqçi bölgan, u «Marşal rejasi»ga ham, NATO tuzilişiga ham qarşi çiqqan. Şunday qilib, Taftning siyosati amalga oşganda dunyo tartiboti qanday bölişi mumkinligini his etiş mumkin: sobiq Sovet davlatiga qarşi NATO tuzilmasdi, 41-yil uruşida britanlar kömaksiz qolardi.
2016 yili saylovoldi kampaniya tarğibotida Donald Tramp ham Taftga öxşaş kayfiyat bilan, Janubiy Koreya va Yaponiyani AQŞ hanuz himoya qilişini savol bilan nişonga olgandi. NATO böyiça hamkorlik yuzasidan esa «ular tölamayotgani»ni rökaç qilib, taşkilot faoliyatini tanqid qilgan. Tramp Amerika savdo qilayotgan mamlakatlarni ham ayblagan. Şuning uçun, prezidentlik lavozimi tegişi bilan u AQŞni Tinç okeani savdo va investitsion hamkorligi taşkilotidan olib çiqdi , Yevro-Atlantik savdo hamkorligi böyiça YeI bilan muzokaralarni töxtatdi. Prezident Şimoliy Amerikada erkin savdo hududini taşkil etiş böyiça Meksika va Kanada bilan erişilgan kelişuvni qayta körib çiqdi. Şu bilan birga, Xitoy bilan savdo uruşiga kirişib ketdi.
Navbat harbiylargami?
Tramp endi öz islohotini harbiy sohada ham boşladi. Uning taşqi siyosatdagi yagona maqsadi - «Döst va duşmanlarsiz Amerika»ni yaratiş. Ammo, mamlakatning harbiy qudratiga heç kim şubha qilmasligi lozim. Amerika «tamoyillar asosida qurilgan tartibot»ni saqlaş uçun öz qirğoqlaridan olisdagi qandaydir inqirozlarda iştirok etmoqçi emas. Biroq har kimni birdan qörqitib qöya oladigan kuçga ega bölib qoladi.
Trampning qarori qançalik kutilmagan bölsa ham, u bu haqda avvaldan barçani ogohlantirgan. Prezidentlikka nomzod bölgan milliarder öşa paytda ham Suriya va Afğonistonda askarlarni qaytarib olişini oşkora aytgan. Bu va'dani amalga oşirişga tösiq bölib turganlar - Mettis, Makmaster va Kelli endi yöq. Tramp doim özining içki instinktlariga tayanib iş qiladigan işbilarmon bölgan, siyosatda ham u şunday qolmoqda.
Suriya va Afğoniston böyiça prezidentning qarori mamlakatni «katta öyin»da yutqazganini bildirmaydi. Negaki, Suriyadagi Amerikaning muvaffaqiyatsizligi allaqaçon köpgina savollarni keltirib çiqarayotgandi. Aprelda ham Tramp Suriyadan harbiylarni olib çiqmoqçi bölganini aytganda, Mettis davlat rahbarini yil oxirigaça kutişga köndirgan . U va'dasida turdi.
Rossiya uçun Amerika Atlantikaning ğarbiy qirğoqlaridan uzoqqa ötmasdan, öz işi bilan band bölişi kerak. Bunday doktrina Putinning qaraşlariga töğri va mos tuşadi. Gap şundaki, ruslar ham AQŞni «yana buyuk» bölişiga qarşi emas, faqat u hamma joyda hozir-u nozir bölmasin. Pentagon boşqaruvidan ketgan Jyeyms Mettis esa aynan şu kartinani tasvirlab, Rossiya va Xitoy dunyoda qulay avtoritar muhit yaratib olişiga yöl qöymaslik zarurligini yozgandi. U prezidentga yöllagan maktubida AQŞning bu roldan voz keçişi köp taşvişlarga sabab bölişini bildirgan.
Rossiya «Tramp doktrinasi» amalga oşirilişi bilan Qrim ustidan Moskvaning suvereniteti tan olinişi istaydi. Sanktsiyalar olib taşlanişi, şarqiy Ukrainada esa Rossiya ta'siri saqlanib qolişi ayni muddao bölardi. Tramp bu haqda fikr bildirişga ulgurgan, u hatto Rossiyani «katta sakkizlik»ka qaytarişga urinib körmoqçi edi . Kerçdagi voqealardan söng, Vaşington bilan qaynoq munosabatlarni saqlab qolayotgan Moskva manfaatlarini yana ilgari suradimi? Buni vaqt körsatadi.
Şuningdek, Rossiya öz şartlari bilan yozilgan rus-yapon tinçlik şartnomasini imzolaşi va Tokio bilan hududiy masalalarni hal etib olişi mumkin. Bunga «Tramp doktrinasi» katta yöl oçib beryapti. AQŞ harbiylari Yaponiya xavfsizligini kafolatlamasa, Rossiya bu vazifaga kirişib ketadi .
Kutilmagan sovğa
Har doim bölganidek, doktrinaning amalga oşirilişi ortidan paydo böladigan xatarlarni unutmaslik kerak . Birinçi galda, gapni Trampning qarorlarini başorat qilib bölmaslik bilan boşlaş lozim. U institutsional çeklov va siyosiy qadriyatlarga parvo ham qilmaydi. Xalqaro munosabatlar nazariyasi bu şaxs uçun yot tuşunça. Masalan, u istasa, Federal bank rahbarini işdan böşatişi mumkin .
Avgust oyi da Pentagon rahbari Mettis, syentyabrda maslahatçi Bolton, Davlat kotibi Pompeo oktyabrda esa AQŞ qurolli kuçlari ştab boşliqlari qömitasi raisi general Danford, va nihoyat, Suriya böyiça maxsus vakil Jyeffri ham AQŞ harbiylari Suriyadagi siyosiy vaziyat önglanmagunça qolişini aytgandi. Ularning hammasi bu prezident qarori ekanini tasdiqlagan. Kim bilsin, Tramp yana nimalarga qodir, balki u biz öylagandek, sodda ham emasdir.