2019 yilning 1 kunidan boşlab, respublikaning ayrim hududlarida avtomobillarga metan gaz quyiş şoxobçalari — gaz töldiriş kompressor stansiyalarida xizmatlar narxi yana keskin kötarildi. Bu oxirgi 3 oyda ikkinçi marta kuzatilmoqda. Bu haqda Kun.uz  muxbiri xabar bermoqda.

Ayni paytda AGTKSlarda bir kubometr metan gaz narxi örtaça 300–400 sömga oşdi va kuzatilgan eng qimmat baho 2200 söm böldi. Oxirgi marta uşbu holat 2018 yil noyabr oyida, respublikaning barça hududlarida joylaşgan şoxobçalarda kuzatilgan. Xizmat narxining keskin oşib ketişiga limitdan ortiq olingan gaz sarfi uçun 2 koeffitsiyentda tölov amalga oşirilişi vaj qilib körsatilgandi. Öşa payt, AGTKSda gaz tanqis bölişini oldini oliş maqsadida, «Özbekneftgaz» noyabr oyi uçun qöşimça 40 million kub.m gazni realizatsiya qilişga kirişgandi. 

1 yanvardan boşlab, AGTKS xarajatlari orasida ijtimoiy soliq ham 55 sömga qimmatladi, şuningdek, limitdan ortiq gaz sarfi uçun örnatilgan 2  koeffitsiyentda tölov masalasi hal etilmay qolmoqda. Gap şundaki, «gaz zapravka»lari talabidan kelib çiqib, resurs heç qaçon töliq yetkazib berilmagan. Şuning uçun, ularga gaz realizatsiyasida limit qöyiladi. Ana şu örnatilgan limitdan ham ortiq sotuv amalga oşirilsa, yetkazib berilayotgan gaz narxi 2 barobar qimmatlaydi. Tadbirkorlar esa limitgaça va undan boşqa narxda xarid qilgan gazni realizatsiya qiliş uçun «oltin me'yor»dagi narxni belgilab, xizmat körsatadi. 

Agar limit tugagandan söng, «gaz zapravka» işlamasa yo majburan yopib qöyilsa, ahvol qanaqa bölişini dekabr oyida kuzatdik. Bu vaziyat eng kamida transport-logistika narxining oşib ketişiga olib keldi. 

Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Jamşid Qöçqorovning Kun.uz'ga aytişiça, limitdan ortiq olingan gaz sarfi uçun belgilangan 2 koeffitsiyent miqdordagi tölovni amalga oşiriş tartibi bekor qilinişi kutilmoqda. Amalda «gaz zapravka»larda vaziyatni barqarorlaştiriş uçun taklif işlab çiqilmoqda.