Senator Farrux Dadaxöjayevning aytişiça, özbekistonliklarning aksariyati AES, radiatsiya xavfi, uning qanday oqibatlarga olib kelişi haqida tuşunçaga ega emas.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi rahbari bu haqda qömitaning 13 yanvar kungi yiğilişida söz yuritdi.
«Ertaga quriladigan atom elektr stansiyasi soğliqni saqlaş, xalq xöjaligi, axborot-texnologiyalari – hamma sohani içiga olgan keng tarmoq. Hozir xalqimizning aksariyati atom energiyasi nimaligini, radiatsiya xavfi nimaligini, u nimalarga olib kelişini umuman tuşunmaydi. Jamoatçilikka bu narsalarni yetkaziş kerak», – deya Dadaxöjayevning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qömita raisi AES qurilişida işlovçilarning hammasini ham xorijdan olib kelavermaslik kerakligini, mahalliy mutaxassislardan, ayniqsa, AES qurilayotgan Foriş tumani atrofida yaşovçilarning mehnatidan unumli foydalaniş zarurligini ta'kidladi.
«Qança odam işlaydi AES qurilişida? Olti mingmi? Şundan beş mingi çetdan kelsa kerak, ularning hammasi dollarda oylik oladi. Töğrimi? Uning örniga özimiznikilarni işlatsak bölmaydimi?» – dedi u.
Bunga javoban «Özatom» agentligi boş direktori Jörabek Mirzamahmudov AES qurilişida 8000 nafar mutaxassis iştirok etişini, şundan köpi bilan 1000-1500 nafari xorijdan taklif qilinişi, qolganlari mahalliy işçilar bölişini aytib ötdi.
Farrux Dadaxöjayev xorijlik mutaxassislarga tölanayotgan pullarni imkon qadar Özbekistonda olib qoliş, buning uçun Forişda ularning qiziqişlariga mos köngiloçar maskanlar, xorijliklarbop ovqatlar pişiriladigan restoranlar, zarur şaroit va infratuzilmani barpo etiş kerakligi, buning ortidan ham qança odam işli, doimiy daromadli bölişini qayd etdi.
Şuningdek, u bosqiçma-bosqiç mahalliy malakali işçilarni tayyorlab borişni hozirdan boşlaş keraklini urğuladi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda AES qurilişi 2020 yil boşida boşlanadi. AES yaqinida 50 ming kişiga möljallangan atomçilar şahri qurilişi, stansiya sönggi avlod yadro reaktorlariga ega bölişi va unda qandaydir avariyalar bölişi ehtimoli umuman yöqligi


















