Xalq ta’limi vazirligi Andijon viloyati Marhamat tumanidagi ixtisoslaştirilgan davlat umumta’lim maktabida bölib ötgan uzrbozlik böyiça örganiş natijalarini ma’lum qildi.
«Marhamat tumanidagi öqituvçilarning ota-onalar oldida uzr söraşga majbur qilingani böyiça holatni örganiş hamda öqituvçilar bilan uçraşiş maqsadida Xalq ta’limi vaziri Andijon viloyatiga bordi.
Öqituvçilar bilan ötkazilgan bevosita suhbat natijalariga köra, maktab direktori hamda Marhamat tumani xalq ta’limi bölimi mudirini vazifasidan ozod etiş böyiça xulosaga kelindi», deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan oldinroq Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktabda öqituvçilar uzr söraşga majburlangani ortidan tuman hokimining yoşlar masalalari böyiça örinbosari Muxtor Qurbonov işdan böşatilgani, tuman hokimi Bobur Yöldoşevga esa hayfsan berilgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uçun, 2021 yil aprelida Marhamat tumani xalq ta’limi bölimi mudiri A.A. va bir neça şaxslar til biriktirgan holda 216,8 mln söm budjet mablağini talon-toroj qilganlikda gumonlanayotgani va holat böyiça jinoiy iş oçilgani haqida xabar berilgandi. Lekin Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamenti bu iş taqdiri böyiça qöşimça ma’lumot bermagan.
Marhamatda nima bölgandi?
Kun.uz saytiga kelgan murojaatga köra, 4 fevral kuni Andijon viloyati Marhamat tumani 72-IDUM öqituvçilari öquvçilarning oliygohlarga kiriş körsatkiçi pastligi uçun ota-onalar qarşisida keçirim söraşga majbur qilingan.
Manba sözlariga köra, direktor boşçiligida sahnaga çiqarib qöyilgan öqituvçilar hokimlik vakillari topşiriğiga binoan boş egib, «biz aybdormiz», deb ota-onalardan keçirim söraşgan.
Röy bergan voqea ortidan Andijondagi mas’ul şaxslar birin-ketin munosabat bildirişib, pedagoglardan uzr söraşdi.
Xalq ta’limi vazirligi uzrbozlik yiğilişi böyiça ötkazilgan tekşiriş jarayonida töplangan materiallarni Boş prokuraturaga

















