Özbekiston prezidentining matbuot kotibi Şerzod Asadov bugun, 4 may kuni jurnalistika sohasida “Oltin qalam” mukofotini topşiriş marosimidagi nutqida jurnalistlarga bosim ötkazganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişini eslatib ötdi.
“Amaldagi qonunçilikda davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslari tomonidan OAV faoliyatiga tösqinlik qiliş, senzura örnatiş, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq ötkaziş kabi harakatlar sodir etilgani böyiça javobgarlikni kuçaytiriş böyiça bugun kerakli işlar boşlangan”, – dedi Asadov.
“Şubhasiz, qayerda milliy matbuot erkin va kuçli bölsa, öşa mamlakatda xalqçil islohotlar ham bardavom böladi. Kuçli matbuotni esa öz faoliyatida xolislik, adolat va haqiqat mezonlariga amal qiluvçi professional jurnalistlar yaratişiga işonçim komil”, – deya ta’kidladi prezident matbuot xizmati rahbari.
Kun.uz avvalroq yozganidek, OAV xodimlari faoliyatiga qarşilik uçun jazo belgilaş masalasi qator voqealar fonida bot-bot kötarilayotgan bölsa-da, ijobiy hal bölmayapti. Natijada ularga tösqinlik qiliş holatlari davom etmoqda.
2019 yildayoq jurnalistik faoliyatga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik kiritiş böyiça qonun loyihasi muhokamaga qöyilgan edi. 2020 yilda javobgarlikni joriy etişni nazarda tutuvçi yana bir qonun loyihasi e’lon qilindi.
2021 yil boşida yana bir loyiha – yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasi e’lon qilindi. Unda ham jurnalist faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik joriy etiş közda tutilgan

















