Özbekistonda 1 avgustdan boşlab Twitter, WeChat va «VKontakte» ijtimoiy tarmoğiga qöyilgan tösiqlar olib taşlandi.

«Axborot makonini yopib qöyiş, fikrlar plyuralizmiga tösqinlik qilişga urinişlar jamiyatning taraqqiyotiga xizmat qilmay, aksinça, uni orqaga tortişi — isbot talab qilmaydigan haqiqat», — deya bayonot berdi prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov.

Konstitutsiyaga taklif qabul qiliş töxtatildi

«Konstitutsiyaga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga takliflarni qabul qiliş 1 avgust soat 00:00 dan töxtatildi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasining mas’ul qömitalari kelib tuşgan takliflarni umumlaştiriş, tahlil qiliş va qonun loyihasini takomiliga yetkaziş borasidagi faoliyatini davom ettiradi.

Voz keçilayotgan eskilik sarqiti

1 noyabrdan eski «obektivka»dan voz keçilib, xodimni baholaydigan yangi tizimga ötiladi. Prezident ötkazgan yiğilişda eski namunadagi «obektivka»dan voz keçilib, ilğor IT-texnologiyalar asosida xodim malakasi va salohiyati, erişgan natijalarini baholaydigan tizimga ötilişi, işga qabul qilinayotgan xodimni baholaşda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda işlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va körsatgan natijalari asosiy mezon bölişi şartligi belgilab berildi.

Davlat xizmatiga işga kirişdagi barça jarayonlar elektron şaklga ötkazilişi belgilandi. Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev öz administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqovga yil yakuniga qadar ixçam, professional, adolatli, natijaga işlaydigan boşqaruv tizimini joriy qiliş böyiça ma’muriy islohotlarni yakuniga yetkaziş topşiriğini berdi.

Uyğonayotgan Senat

4 avgust kuni bölib ötgan yalpi majlisda senatorlar 4ta qonunni