Toşkent va Samarqand örtasida pulli avtomagistral quriş şu yildan boşlanişi belgilandi. Şifoxonalar, boğlar va madaniyat maskanlari xususiy qöllarga topşirilişi mumkin. Özbekistonning davlat qarzi 37 mlrd dollar, umumiy qarzlari esa 63 mlrd dollardan oşdi. BYD'ning eng arzon modeli Özbekistonda rasman qançadan sotilişi ma’lum. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.
DXŞ loyihalari: Pulli yöllar, energetika tarmoqlari va ijtimoiy obektlar
Toşkent–Samarqand pulli yölini quriş işlari şu yil boşlanadi. Prezident qaroriga köra, eng yaxşi taklif bergan quruvçi kompaniyani tanlab oliş böyiça tanlov sentabr oyida e’lon qilinadi. Yil oxirigaça tanlov natijalarini e’lon qiliş, pudratçi bilan şartnoma imzolaş va quriliş işlarini boşlaş topşiriği berildi.
Özbekistondagi birinçi pulli yölni quriş işlari 2028 yil oxirigaça yakunlanişi közda tutilgan. Şundan keyin yöl davlat-xususiy şeriklik asosida xususiy operatorga topşiriladi. Loyiha qiymati taxminan 2,2 mlrd dollarga baholanmoqda. Jahon banki mutaxassislarining 2021 yildagi hisob-kitoblariga köra, bu yöl orqali Toşkentdan Samarqandga yoki aksinça yönalişda harakatlaniş narxi yengil avtomobillar uçun 5-7 dollar, yuk avtomobillari va avtobuslar uçun 15 dollarga tuşişi mumkin.
Jahon banki bilan hamkorlikda Toşkent–Andijon pulli yöli qurilişi ham reja qilingan. Qarorga köra, 4,28 mlrd dollarga baholangan 303 kilometrlik loyihaning konsepsiyasi oktyabr oyida tasdiqlanişi, 2025 yil davomida ikki bosqiçli tender ötkazilib, 2026 yilda xususiy şerik bilan şartnoma imzolanişi kerak. Bundan taşqari, hujjatda 2027–2030 yillarda Samarqand–Buxoro pulli yöli va Taxtaqoraça dovonida pulli tunnel qurilişi ham belgilangan.
Qaror bilan, bir qator sohalarda amalga oşiriladigan davlat-xususiy şeriklik loyihalari röyxati tasdiqlandi. Şuningdek, elektr, gaz, içimlik suvi va kanalizatsiya ta’minotini xususiy qöllarga topşirişning oxirgi muddatlari belgilandi. Unga köra, 2026-2027 yillarda barça hududlarda elektr taqsimlaş tarmoqlari xususiy operatorlarga topşirilib, ularga energiya yöqotişlarini kamida 2 baravarga kamaytiriş vazifasi qöyiladi. Tabiiy gaz taqsimlaş tarmoqlarini ham 2027 yil oxirigaça, içimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini esa 2028 yil yakunigaça xususiy sektor boşqaruviga beriş közda tutilmoqda.
Bundan taşqari, qarordagi yana bir yangilik ança ahamiyatli. Unga köra, samarasiz foydalanib kelinayotgan respublikadagi yirik şifoxonalar, madaniyat va sport inşootlari, şu jumladan madaniyat saroylari, stadionlar, konsert zallari, istirohat boğlari xatlovdan ötkazib, xususiy sektorga davlat-xususiy şeriklik asosida berilişi mumkin. Tegişli taşkilotlar yil oxirigaça bu boradagi takliflarni hukumatga kiritişi kerak.
Ijtimoiy obektlarning samarali yoki samarasiz ekaniga qanday baho berilişi ma’lum emas. Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentdagi uçta onkologiya şifoxonalari, “Paxtakor” stadioni, Farğonadagi “Yoşlar köli” kabi bir qator ijtimoiy maskanlarning sotib yuborilişi jamoatçilik bosimi töxtatib qolgan edi. Qolaversa, poytaxtdagi Abdulla Qodiriy va “Döstlik” boğlarining investorga berib yuborilgani ham e’tirozlarga sabab bölgandi. Şulardan kelib çiqib aytiş mumkinki, yangi qarorning yuqoridagi bandi yirik şifoxonalar, boğlar, madaniyat va sport obektlarini xususiy qöllarga seriyali tarzda berib yuboriş tölqinini yuzaga keltirişi mumkin.
Oşayotgan davlat qarzi va gaz importi xarajatlari
2024 yilning 1 iyul holatiga, Özbekistonning davlat qarzi ilk marta 37 mlrd dollardan oşdi. Şundan salkam 31 milliardi – taşqi qarz, 6 mlrd dollar esa – içki qarzlardan iborat. Davlat qarzi qoldiği oxirgi bir yilda salkam 5,5 mlrd dollarga köpaygan. Yalpi içki mahsulotga nisbatan uluşi 33 foizni taşkil etyapti.
Davlat qarzi bilan birga, davlat korxonalari tomonidan hukumat kafolatisiz olinayotgan taşqi qarzlar miqdori ham oşib boryapti. Bu boradagi ma’lumotlar yetarli emas – Markaziy bank xususiy taşqi qarz haqida hisobot berib borişni töxtatib qöygan. Xalqaro valuta jamğarmasi ma’lumotlariga köra, 2023 yil yakuni böyiça umumiy taşqi qarz miqdori 53 mlrd dollarga yoki YaIMning 60 foiziga yetgan. Bunga qöşimça yana 6 mlrd dollarlik davlat içki qarzi ham borligi, birinçi yarim yillikda davlat tomonidan 4 mlrd dollardan oşiq taşqi qarz olinganidan kelib çiqilsa, umumiy qarzlar miqdori kamida 63 mlrd dollar ekanini taxmin qiliş mumkin.
Davlat taşqi qarzining 42 foizi budjet defitsitini yopişga, yana 19 foizi yoqilği-energetika sohasiga yönaltirilgan. Budjet defitsiti tarkibida ham yoqilği-energetika sohasiga berilgan subsidiyalar katta öringa ega. Ma’lum bölişiça, bu subsidiyalarni şu yildan boşlab qisqartiramiz deyilgani bilan, uning örniga boşqa katta xarajat paydo bölgan. Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayevning sözlariga köra, gaz importining keskin oşişi hisobiga birinçi yarim yillikda 1,3 trillion sömlik aksiz soliği olinmagan, UzGasTrade kompaniyasiga esa 1 trln söm QQS qaytarib berilgan.
Mubin Mirzayev olti oy davomida gaz qazib çiqariş hajmi 1,4 mlrd kub metrga kamaygani hisobiga, 104 mlrd sömlik aksiz soliği olinmaganini ham qayd etdi. U gazning ming kubasi 160 dollardan import qilinayotganini tasdiqlab, yanvar-iyun oylarida xorijdan 5,2 mlrd kub metr gaz sotib olinganini aytdi. Taqqoslaş uçun, 160 dollar – Rossiyaning Xitoy (257 dollar) va Turkiyaga (320 dollar) sotayotgan gazi narxidan sezilarli arzon, qöşni Qirğiziston esa rus gazi uçun 112 dollardan tölov qilmoqda.
Kun.uz örgangan rasmiy ma’lumotlardan kelib çiqilsa, 2010-2023 yillar oraliğida gaz qazib çiqariş hajmi salkam 30 foizga tuşib ketgan. Agar qazib çiqariş körsatkiçi 2021 yil darajasida saqlanib qolganida ham, hozir Rossiya gaziga muhtojlik bölmagan bölardi.
M25 konida avariya
Özbekistondagi hali özlaştirilmagan eng yirik gaz konida avariya röy berdi. 1 sentabr kuni Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konidan atmosferaga oltingugurt (vodorod sulfid) gazi çiqa boşladi. Internetda tarqalgan videolarda yuzlab odamlar evakuatsiya bölayotganini köriş mumkin. Atrofdagi qişloqlar aholisi Boysun şahriga köçirilgan, lekin zaharli gaz kondan 15 km masofadagi şaharga ham yetib borgan. Açimsiq, badböy hid odamlarda boş oğriği, köngil aynişi va lanjlikni keltirib çiqargan, imkoni bor boysunliklar bundan qoçib, vaqtinça boşqa joyga yaşaş uçun ketişgan.
Rasmiy xabar berilmayotganiga qaraganda, kondan gaz çiqişi haligaça davom etayotganini taxmin qiliş mumkin. Umuman, rasmiylar voqea böyiça duşanba kungi dastlabki rasmiy xabarlardan keyin butun hafta davomida heç qanday qöşimça ma’lumot berişgani yöq. Bu xabarlarda aytilişiça, kondagi 604-sonli quduqda burğilaş işlari olib borilayotgan vaqtda texnologik jarayon buzilgan. Hodisa joyiga boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov boşçiligidagi amaldorlar yetib borgan, tezkor ştab taşkil etilgan. “Fuqarolarning jarohat oliş va halok böliş holatlari qayd etilmagan”, deyiladi rasmiy axborotda.
“Mustaqillikning 25 yilligi” koni 60-yillarda aniqlangan, birinçi quduq 70-yillarda burğilangan bölsa ham, joylaşuvi va tuzilişi murakkabligi sabab uzoq yillar uni özlaştirişning imkoni bölmay kelgan. Navbatdagi uriniş 2017 yili Moskvada imzolangan şartnoma asosida boşlangan. Şartnomaga asosan, kon yaqinida gazni qayta işlaş zavodi va gaz-kimyo majmuasi qurilişi ham közda tutilgan. Loyihada Özbekiston hukumatidan taşqari, investor sifatida rossiyalik Andrey Filatov va özbekistonlik Baxtiyor Fozilovning kompaniyalari iştirok etyapti. Pudrat işlari Fozilovga tegişli Eriell va Enter Engineering kompaniyalariga topşirilgan. Hozirgaça bu ikki kompaniya, şuningdek, Hongkongda röyxatdan ötgan loyiha operatori kondagi texnogen ofat yuzasidan izoh bermadi. Şuningdek, prokuratura ham holatga munosabat bildirmadi. Bu avariya loyihaning keyingi taqdiriga qanday ta’sir qilişi noma’lum bölib qolmoqda.
BYD Seagull'ning dilerlik tarmoğidagi narxi – 16 400 dollar
BYD'ning eng arzon modeli bölmiş Seagull'ning Özbekistondagi rasmiy sotuvlari boşlandi. Dilerlik tarmoqlarida bu avtomobilning narxi 208 mln 300 ming söm yoki hozirgi kursda 16 400 dollar deb e’lon qilindi. Bu – dilerlik tarmoğidan taşqaridagi narxlardan 2000 dollarga qimmatroq. Dilerlar yuqoriroq narx evaziga 6 yillik yoki 150 ming kilometr masofagaça rasmiy kafolat va boşqa ayrim qulayliklarni taklif etadi.
Seagull'ning töliq zaryad bilan bosib ötadigan masofasi avvalroq taqdim etilgan e2 modeli bilan bir xil: 405 km. e2 ham bozordagi narxidan taxminan 2,5 ming dollar qimmat – 18 600 dollardan sotuvga çiqarilgan edi. Yana ham hayratlanarlisi, ançagina yuqori narx belgilagan BYD bu modellar importi uçun bojxona boji va utilizatsiya yiğimini tölamayotgan bölişi mumkin. Çunki har ikkala modelni mahalliylaştiriş reja qilingan. 2022 yildagi qarorga köra, işlab çiqaruvçilarga elektromobillar va gibrid avtomobillarni töliq siklda işlab çiqarişni yölga qöygunga qadar, vaqtinça bojsiz va utilizatsiya yiğimisiz olib kiriş huquqi berilgan.
BYD'ni ana şunday şartlar bilan Özbekistonga olib kirgan, Jizzaxdagi zavodda özi asosiy hissadorga aylangan “Özavtosanoat”ga taalluqli yana boşqa yangilik ham bor. Kun.uz'ning aniqlaşiça, Chevrolet Onix avtomobili Qozoğistonda Özbekistondagi çegirmali narxidan ham arzonroq sotilyapti. Qozoğiston avtomobil uyuşmasi ma’lumotlariga köra, Onix iyul oyida bu mamlakatda eng köp sotilgan beşinçi avtomobil bölgan. Boşqa bir manbadagi ma’lumot bunday xaridorgirlikning sababini izohlaşi mumkin: unga köra, Qozoğistonda Onix narxlari 12 400 dollardan boşlanadi. Bu – xuddi şu komplektatsiyadagi avtomobilning Özbekistondagi çegirmali narxidan 700 dollarga arzonroq demakdir. Agar çegirmasiz narxi hisoblansa, örtadagi farq 1900 dollarga yetib qoladi.
Ta’til tugaşini poylagan soliqçilar
Maktablarda birinçi qönğiroq çalinib, 700 mingdan ortiq bola 1-sinfga qadam qöydi. Ma’lum bölişiça, ta’til tugaşini ota-onalar bilan birga, qaşqadaryolik soliqçilar ham intiqib kutgan. Ular maktabning birinçi kunida Nişon tumanidagi maktablarning birida 2-sinf öquvçilarining darsiga kirib, soliq xabarnomasini tarqatdi.
“Hammalaring ota-onalaringga olib borasizlar, yaşab turgan uy-joylaringning mol-mulk va yer soliqlarini soliq inspeksiyasiga borib, yoki telefondan “Soliq” ilovasidan foydalanib tölaş kerak. Hozir tarqatib çiqadi. Uy kimning nomida bölsa, borib soliqqa hisoblab tölaydi. Bir yilda soliq ikkiga bölib tölanadigan bölsa, bir qismi 15 aprel, qolgan yarmi 15 oktyabrga qadar [tölanişi kerak] deb aytib ötilgan. Şu oydan soliqlarni hisoblatib, tölab keliş talab etiladi. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida fuqarolar qonun bilan belgilangan soliq va yiğimlarni tölaşi şart deb aytilgan, tuşundinglarmi? Iltimos sizlardan”, – degan soliq xodimi.
Voqea videosi internetda tarqalgaç, şov-şuv va memlarga sabab böldi. HabiKatura loyihasi çizgan karikaturada kredit taşkiloti xodimi, nasiyaga savdo qiluvçi dökondor va “Taşabbusli budjet”da ovoz yiğmoqçi bölgan odam 2-“A” sinf xonasi eşigi oldida soliqçilar çiqişini kutib turgani aks etgan.
Soliq qömitasi voqeani keskin qoralab, xodimlarga nisbatan tekşiruv tayinlangani, barça hududiy boşqarmalarga ogohlantiriş berilganini ma’lum qildi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova soliqçilarning darsga kirib borib, bolalarga noqonuniy talab qöyişga haqqi yöqligini ta’kidlab, mas’ullarga çora körişga çaqirdi. Bu voqeadan keyin köpçilik ötgan yili Toşkentdagi boğçalarning biriga içki işlar xodimlari borib, 3-4 yoşli bolalarga “oq bilan qorani ajratib olişni” örgatganini yodga oldi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Özbekiston paralimpiadadagi medallar sifati böyiça eng yaxşi natijasini yangiladi. Juma kungi bahslardan keyin jamğarmamizdagi medallar soni 20 taga yetdi. Ulardan 9 tasi oltin, 6 tasi kumuş, 5 tasi bronza. Bu – Özbekiston tarixidagi eng yaxşi natija. Umumjamoa hisobida Özbekiston 11-örinni egallab turibdi. Hafta davomida yadro uloqtiriş bahslarida qatnaşgan Husniddin Norbekov 3 karra paralimpiya öyinlari çempioni bölgan ilk özbekistonlik sportçiga aylandi. Şuningdek, para dzyudoda Şerzod Namozov ikki karra paralimpiada çempioni maqomini qölga kiritdi.
Sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov ustidan sud işi boşlandi. Ikkita jinoyat işi biriktirilgan sud protsessida jami 50 kişi sudlanmoqda. Ulardan 29 nafari hibsda. Sudlanuvçilarga Jinoyat kodeksining korrupsiyaga doxil qator moddalari bilan ayblov e’lon qilingan. Ular orasida sobiq qişloq xöjaligi vaziridan taşqari, vazirlik huzuridagi Qişloq xöjaligi xizmatlari agentligining sobiq direktori Husniddin Karimov ham bor. Ilk sud majlisida bir neça advokat sud işiga jurnalistlarni qöymaslikni söradi, sudya sud majlislaridan audio-video materiallar olişni taqiqladi.
Toşkent viloyatida YPX xodimlariga majburiy “plan” qöyilyapti. Kun.uz'ga murojaat qilgan xodimning sözlariga köra, har bir xodimga qöpol qoidabuzarliklar böyiça kuniga 20 tagaça protokol tuziş topşiriği berilgan. Bundan taşqari, jarimalar hisobidan xodimlarga beriladigan ustamalar miqdori 10 barobargaça kamaygani, çoraklik mukofot pullari esa berilmayotgani aytilmoqda. Içki işlar vazirligi “plan” borligini rad etib, bunaqa amaliyotdan voz keçilganini bildirdi, moliyaviy masalalar böyiça esa batafsil izoh bermadi.
Samarqandda SSSRni qayta tiklaş böyiça tarğibot olib borgan pensioner javobgarlikka tortildi. Samarqand şahrida yaşovçi erkak pensiyaga çiqqunça Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkilotida işlagan. U ötgan yili Moskvaga borib, SSSRni qayta tuzmoqçi bölayotgan va buning uçun tarafdorlar yiğayotgan şaxslar bilan uçraşgan. Keyin ortga qaytib, Özbekistonda sobiq ittifoqni qayta tiklaşni tarğib qila boşlagan. Sud uni 3 yil muddatga ozodlik çeklaş jazosiga hukm qildi.
Rossiyaning Nijyegorodsk oblastidagi avtohalokatda 7 özbekistonlik halok böldi. Ularni olib ketayotgan mikroavtobus Samara-Moskva trassasida yengil avtomobil bilan töqnaşib ketgan. Natijada 8 kişi halok bölgan, şundan 7 nafari özbekistonliklar ekani tasdiqlandi. Mikroavtobus içida bölgan özbekistonliklardan 3 nafari omon qolib, jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan. Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi marhumlarning jasadlari vatanga olib kelinişini ma’lum qildi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova















