Futbol olamida şov-şuv: Abduqodir Husanov 40 mln funtlik transferda “Mançester Siti”ga ötdi. 7 yilga çözilgan qonun nihoyat imzolaşga tayyor: jarima ballari aşaddiy qoidabuzar haydovçilarning tanobini tortadi. Uy-joy qurilişida yangiliklar: xaridorlarga keşbek beriladi, yangi kvartiralarda gaz bölmaydi. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

Bu amalga oşdi

Haftaning boş qahramoni – Abduqodir Husanov. Bir neça haftalik muzokaralar va tayyorgarlikdan keyin, duşanba kuni “Mançester Siti” 21 yoşli özbek yigiti transferini e’lon qilişi bilan, millionlab vatandoşlarimizning tom ma’noda boşini kökka yetkazdi. Sababi, Husanov 4 yildan beri Angliyada çempionlikni bermay kelayotgan grand klub safiga şunçaki yoş va umidli iste’dod egalaridan biri sifatida emas, asosiy tarkibda öynaşi aniq bölgan top yulduz sifatida qöşildi.

Premer-ligadagi ilk özbek uçun “Siti” Fransiyaning “Lans” klubiga 40 mln yevro tölaydi. Bonuslar bilan bu miqdor 50 mln yevrogaça yetişi mumkin. “Şaharliklar” Husanov uçun “Real Madrid” va yana öndan ortiq boşqa klublar bilan raqobatlaşişiga töğri keldi. Manaman degan gigantlarning Husanovni talaşgani bejiz emas: u hozir dunyodagi eng yaxşi himoyaçilardan biri. Statistikaga köra, Abduqodir töpni olib qöyiş böyiça Yevropada tengsiz, yakkakuraşlarda ustun keliş böyiça eng yaxşilardan. Şuningdek, u juda tez yuguradi, öyinni yaxşi öqiydi. Özini ham, raqibini ham ayamay töpga taşlanadi, lekin qoidani buzmagan holda podkatlarda samarali harakat qiladi.

Milliy jamoamiz a’zosi “Siti” bilan 2029 yilgaça şartnoma tuzdi. Maoşi yiliga taxminan 3,5 mln yevro böladi. Ilk maşğulotlardan keyin murabbiyi Xosep Gvardiola uning jismoniy körsatkiçlarini maqtadi, şu bilan birga, tezroq ingliz tilini örganişi kerakligini aytdi. Abduqodirning debyuti bugun, Toşkent vaqti bilan soat 22:30 da boşlanadigan “Çelsi”ga qarşi öyinga töğri kelişi mumkin. “Abduqodir Husanov allaqaçon [jismonan] moslaşişga ulgurgan”,