Özbekiston dunyo firibgarlarining çöntagini töldiradigan “kassa”ga aylanib qolmoqda: OMD nomli yangi moliyaviy piramida odamlarni “kitob öqiş orqali pul topiş” bahonasida çuv tuşirib, milliardlarni ömardi. Tölangan pullar turli şaxslar nomidagi bank plastik kartalariga P2P körinişida ötkazilgan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar yugurayotgan firibgarlarni hamon yurib quvişda davom etmoqda.

Navbatdagi “qopqon”

Özbekistonda moliyaviy piramidalar va unga aldanayotganlar soni kamaymayapti: sodda va omi odamlar dunyo firibgarlarining öljasiga aylanişda davom etmoqda.

Asosan vodiy viloyatlarida keng tarqalgan navbatdagi yangi moliyaviy piramidaga minglab odamlar aldandi. Jabrlanganlar millionlab pullaridan ayrilgan.

OMD nomi bilan tarqalgan uşbu moliyaviy piramida reklamasi ijtimoiy tarmoqlarda faol olib borilgan. Tayyorlangan videolavhalarning aksariyati özbek tiliga tarjima qilingan va ovozlaştiriş sun’iy intellekt yordamida amalga oşirilgan. Aslida sifatsiz tarjimaning öziyoq bu moliyaviy piramida ekanini anglatib turibdi. Biroq odamlar negadir tarmoqlardagi bu kabi reklamalarga işonişgan va “qopqon”ga tuşişgan.

Tekşirilmagan axborot

OMD kompaniyasi 2017 yil yanvar oyida Buyuk Britaniyada röyxatdan ötkazilgani aytilgan. Bunga isbot sifatida esa maktab öquvçisi ham yasay olişi mumkin bölgan soxta guvohnoma körsatilgan.

“Kompaniya işsizlikni kamaytiriş uçun Özbekiston hukumati bilan hamkorlikni amalga oşirmoqda. OMD kelgusi 5 yilda 6 mln nafar özbekistonlikni iş bilan ta’minlaydi”, deyiladi odamlarni işontiriş uçun tarqatilgan xabarlarda.

Ammo bu ma’lumot rost yoki yolğonligini biliş uçun oddiygina yöllar bilan tekşirib köriş kifoya edi. Agar Özbekiston hukumati bu nomdagi kompaniya bilan hamkorlik örnatganida OAVda yoritilgan yoki hukumat rasmiy saytida ma’lumotlar berilgan bölardi. Qolaversa, keltirilayotgan raqamlarning özi loyihaga nisbatan şubha uyğotadi.

Kompaniya Özbekistonda davlat röyxatidan ötgani hamda joylarda hududiy ofislari borligini körsatiş uçun “Tagob OMD” xususiy korxonasining guvohnomasi tarqatib kelingan.

Mazkur oilaviy korxona 2025 yil 14 fevral kuni Farğona viloyatining Özbekiston tumanida davlat röyxatidan ötkazilgan. Naşriyotçilik faoliyatining boşqa turlari bilan şuğullanişi mumkin bölgan oilaviy korxonaning ta’sisçisi va rahbari Şalola Qöldoşeva hisoblanadi.

Eski uslubga “yangi tön”

OMD’ning işlaş uslubi boşqa moliyaviy piramidalarniki bilan deyarli bir xil. Faqat “qarmoqqa ilinganlar”ni uşlab turiş metodi boşqaçaroq: xuddi eski uslubga “yangi tön” kiydirilgani kabi.

Masalan, “Parker” powerbank ijarasi, Whats, Aif va HNK kabi moliyaviy piramidalar video tomoşa qiliş orqali pul işlaş taklifi bilan tanilgan. OMD ham ular kabi oddiy sxemaga asoslangan platformaga ega.

Platformada “kitob öqiş orqali” pul işlaş taklif etiladi. Buning uçun esa ma’lum bir darajalar işlab çiqilgan. Bunda daraja yuqorilagan sayin unga “tikiladigan” pul miqdori va topşiriqlar soni oşib boradi. Masalan, i2 darajada 750 ming söm pul tikib, 25 ta topşiriqni bajariş orqali kunlik 62 500 söm, yillik esa 22 mln 500 ming söm “iş haqi” topiş mumkinligi aytilgan. i8 darajada esa 99 mln söm pul tikib, 220 ta topşiriqni bajarganlik uçun yillik 1,3 mlrd söm va’da qilingan.

Şuningdek, “iş beruvçi” niqobidagi firibgarlar ayrimlarni “lavozimga tayinlab” ham kelişgan. Bu aldanganlar orasida işonçni mustahkamlaşga va lavozimga tayinlanganlar orqali moliyaviy piramidani faolroq tarğib etiş hamda köproq mablağ jalb etişga xizmat qilgan.

P2P orqali “oson ömariş”

OMD platformasining yana bir farqli tomoni loyihaga tikilayotgan pullarni oçiqçasiga P2P orqali boşqa şaxslar nomidagi bank kartalariga tuşirib olişgan.

Sxema juda oddiy: platformada telefon raqamni körsatgan holda röyxatdan ötiladi. Söngra biror daraja tanlanadi. Unga pul tikiş jarayonida esa mablağ ötkaziş uçun turli bank kartalari biriktirilgan.

Bank kartalari turli odamlarning nomida.

Uşbu şaxslar nomidagi bank kartalari firibgarlar qöliga qanday tuşib qolgani ham qiziq. Bu borada turli taxminlarni ilgari suriş mumkin. Masalan, uşbu işlarga aloqador bank xodimi kredit olgan, SIM karta sotiş joylaridan sizdirilgan şaxsiy ma’lumotlarga bank kartasi oçgan bölişi mumkin. Yoki faol holatda bölgan, biroq işlatilmaydigan bank kartalari egasidan sotib olingani böliş ehtimoli ham bor.

“Kredit olib pul tikkandim”

OMD platformasiga pul tikib aldanganlar orasida turli soha vakillari bor. Masalan, öqituvçilar.

“Bu narsaga aldanganimni özim ham sezmay qoldim. Ijtimoiy tarmoqlarda reklamalariga közim tuşgandi. Özim ham işlab, ham öqiyman. Öqişim tölov-kontrakt asosida. Balki rost bölsa, kontrakt pulimga qöşimça bölar degan öyda kredit olib, pul tikkandim.

Topşiriqlarni bajarib bordim. Birinçi haftada pul yeçiş kuni qandaydir bayramga töğri keldi. Şuni bahona qilişdi. Keyingi haftasida soliq tekşiruvi bölayotganini aytişdi va yana pul yeçib bölmadi. Uçinçi hafta boşqa narsani bahona qilişdi. Şunda bu yolğonligini sezib qoldim. Tikkan pullarimni ham qaytara olmadim”, deydi Kun.uz’ga murojaat qilgan va ismi sir qolişini istagan öqituvçi.

Kun.uz uşbu moliyaviy piramidaga aldangan önlab fuqarolar bilan suhbatlaşib kördi. Ular orasida 40-50 mln söm mablağini firibgarlar qöliga tutqazganlar ham bor. Demak, bu safar ham odamlarga yetkazilgan zarar bir neça milliardlarni taşkil qilişi mumkin.

“Köproq odam – köproq pul”

Moliyaviy piramidalarda parda ortida turganlar imkon qadar qisqa vaqtda köproq odamni yolğon töriga tortişga urinişadi. Buning uçun tarğibotning turli körinişlaridan faol foydalaniladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalardan taşqari xizmat jamoalariga borib, turli tadbirlar ötkaziş körinişida odamlar jalb etiladi. Masalan, HNK nomi ostida işlagan firibgarlar ta’lim muassasalari, xususan, maktablar va boğçalarga qadar kirib borgandi.

OMD ham ana şu uslubdan foydalangan: turli mehnat jamoalariga borilib, tarğibot işlari amalga oşirilgan. Buni saytga yuklangan fotolardan ham biliş mumkin.

Biroq mehnat jamoalaridagi bu kabi tarğibotlar tegişli mas’ullar e’tiborini tortmagan.

Odamlar aldanişda davom etmoqda

2024 yilning boşida “Parker” nomli moliyaviy piramida avj oldi. Kun.uz loyiha avj olgan palladayoq bu moliyaviy piramida ekani haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Ammo viloyatlarda ham filiallari oçilganini, hatto şu yönalişda MÇJlar davlat röyxatidan ötkazilganini körgan odamlar topganini şu loyihaga – powerbank ijarasiga tikdi. Oxir-oqibat esa köplab insonlar aldanib qoldi.  

Şundan söng internetda “Sun Eco” nomli yana bir şubhali loyiha paydo böldi. Unda odamlar quyoş panellariga pul tikişga çaqirildi. 

Odamlarning pulini ömarişga qaratilgan “Blue culture”, “Dari poluçay”, “Charoit”, “Ubuntu”, “Imalliance” va “New Millenium” kabi moliyaviy piramidalar, şuningdek, “pulingizni bir soatda 10 baravarga köpaytirib berişni” va’da qilganlar haqida ham yozildi.

Kun.uz avvalroq ikki platforma – Aif va Whats moliyaviy piramida ekanini aytib, odamlarni ularga pul tikmaslikka va aldanib qolmaslikka çaqirgandi. Biroq bunga quloq solmagan sodda xalq yana aldandi.

Yugurayotgan firibgarlar yurib quvilmoqda

Bu safar ham “poyezd ketib ulgurdi”: köplab odamlar OMD’ga çuv tuşib, pulidan ayrildi. Endi huquqni muhofaza qiluvçi organlar “agar jabrlanuvçilardan murojaat tuşsa” holat yuzasidan jinoyat işi oçadi.

Özbekistonda sönggi 1-2 yilda köplab moliyaviy piramidalar minglab odamlarni çuv tuşirdi. Ularning barçasida pul ömarib bölingaç jinoyat işi oçilgan. Masalan, Aif’ga aldangan xorazmliklar viloyat Içki işlar boşqarmasini örab olib, murojaat qilgaçgina platformaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Tegişli nazorat organlari minglab odam firibgarlar töriga ilinib, bor-budlaridan ayrilguniça kuzatuvçi maqomida turişi hamon tuşunarsiz qolmoqda. Bunday vaziyatda jinoyatning ketidan quviş emas, oldini oliş muhimroq emasmi?

Kun.uz yana bir bor yurtdoşlarimizni turli şubhali dasturlarga işonmaslikka va pullarini sarflamaslikka çaqirib qoladi.

Ruslan Saburov,
Kun.uz