17:05 / 29.01.2017
59052

O‘tgan hafta O‘zbekistonda: kutilmagan fikrlarga boy mediahaftalik, Shavkat Mirziyoyev Xorazmda, “Qamchiq dovoni” sirlari

O‘tayotgan haftda O‘zbekistonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ko‘plab sohalarida qator o‘zgarishlar, yangiliklar sodir bo‘ldi.

Toshkentda o‘tgan mediahaftalik

23-27 yanvar kunlari Toshkent shahrida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. >>> Batafsil

Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar ham uy sotib olishi mumkin bo‘ladi >>> Batafsil

Kelgusi besh yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida qanday yangiliklar kutilmoqda? >>> Batafsil

Markaziy bank: Oyliklarni bankdan naqd olishda cheklovlar yo‘q, ammo... bor! >>> Batafsil

"...bo‘lishi kutilmoqda", "bir kunda hal bo‘ladigan masala emas...": bu kabi so‘zlar bilan iqtisodiyot rivojlanarmikan? >>> Batafsil

Maktablar 11 yillik tizimga qaytadi...mi? Masalaga oydinlik kiritildi >>> Batafsil

2017 yilda oylik ish haqi hamda pensiya miqdori kamida 10 foizga oshiriladi >>> Batafsil

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 27 yanvar kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 11 noyabr kuni Shovot tumanida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida mamlakatimizning barcha hududlari qatori Xorazm viloyati iqtisodiyotini ham modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, tibbiyot, turizm, san'at va boshqa sohalarni yanada rivojlantirishga oid aniq rejalarni bayon etgan edi. >>> Batafsil

Boshqa jabhalarda

O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida uchta yangi xususiy telekanal ochiladi. Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqovning so‘zlariga ko‘ra, elektron OAV faoliyatini tartibga solishga javobgar bo‘lgan maxsus hukumat komissiyasi o‘tgan hafta oxirida uchta yangi kanalga faoliyat olib borishi uchun litsenziya taqdim etgan. >>> Batafsil

GM Uzbekistan avtomobillarni onlayn sotish tizimini yaratadi. GM Uzbekistan, UZINFOCOM, Inxa Universiteti, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va Turin politexnika universiteti orasida imzolangan memorandum sabab erishilgan. >>> Batafsil

Bundan tashqari, kompaniya 2017 yilning 25 yanvaridan mijozlarga xizmat ko‘rsatish va mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni olish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazishni boshladi. >>> Batafsil

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekistonning qator nashrlarida “Qamchiq dovoni” bilan bog‘liq turli mish-mishlar tarqalishda davom etmoqda. >>> Batafsil

Bunday gap-so‘zlarning ko‘payishiga Toshkent-Andijon temir yo‘l qatnovining bekor qilingani ham yanada turtki berdi. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar ham masalani yanada oydinlashtirdi. >>> Batafsil

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent-Andijon-Toshkent poyezdi fevral oyi boshidan qaytadan qatnovga qo‘yilishi mumkin. >>> Batafsil

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (Yagona portal) yanada rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yangi imkoniyatlar va qulayliklar taqdim etish maqsadida Yagona portalda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati o‘z interaktiv xizmatlarini taqdim eta boshladi. >>> Batafsil

O‘zbekistonda yaqin yillar davomida ikki fuqarolikni kiritish masalasi ko‘rib chiqilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vaziri o‘rinbosari Nodir Jo‘rayev aytib o‘tgan. >>> Batafsil

Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Transparency International dunyoning turli mamlakatlaridagi korrupsiya darajasini aks ettiruvchi reytingini e'lon qildi. O‘zbekiston qaysi o‘rinda? >>> Batafsil

Toshkent shahrining O‘zbekiston shohko‘chasi bilan Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorraha qayta ochildi. 25 yanvar kuni bu yerda yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismlarini ajratib turuvchi to‘siq olib tashlandi. >>> Batafsil

25 yanvar kuni Toshkentda yozuvchi Akbar Mirzoning “Suiqasd” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi kitob O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni arafasida taqdim qilinmoqda. Kitob voqealari asosida 1999 yilning fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan voqealar yotadi. O‘shanda vahobiy-terrorchilar O‘zbekiston prezidenti, hukumatiga va huquqni saqlash organlariga qarshi tajovuz qilishgani haqida hikoya qilinadi. >>> Batafsil

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi joriy yilda jamoat transporti yo‘lkira haqini oshirish rejalashtirmayapti. Aktsiyadorlik kompaniya boshqaruv raisi Otabek Sodiqovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya faoliyati samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimizatsiya qilish natijasida narxlar oldingi darajada qoldirilgan. >>> Batafsil

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK xalqaro yo‘nalishlarda doimiy parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin orada Pokistonning Lahor va Tojikistonning Dushanbe shaharlariga parvozlarni qayta tiklash rejalashtirilgan. >>> Batafsil

Eslatma: Toshkentda 28 yanvar kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. >>> Batafsil

Germaniya poytaxti Berlin shahrida «Yashil hafta-2017» an'anaviy xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi o‘z nihoyasiga yetdi. Ko‘rgazmaning 7 kuni mobaynida O‘zbekiston vakillari Yevropa va boshqa mamlakatlarga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 151,2 mln dollarlik o‘rta va uzoq muddatli bitimlarni imzolashdi. >>> Batafsil

O‘zbekiston hukumati Toshkent shahrini inqirozli vaziyatlarda boshqarish markazi, poytaxt aholisini kutilmagan hodisalar ro‘y berganda ogohlantirish inshootlarini tashkil etish qarorining loyihasini e'lon qildi. >>> Batafsil

Jamiyatda uchrayotgan muammolar

Kitobxonlikning bugungi darajasida mavjud muammolar bor. O‘zbekistonlik taniqli blogerbu haqida gapirar ekan, oldindagi to‘siqlarni yengish hamda odamlarga ma'rifat ulashish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. >>> Batafsil

Joylarda tabiiy gaz va elektr ta'minoti muammosi borligi va uni bartaraf etish uchun olib borilayotgan ishlar haqidagi maqolalar o‘quvchilarimizni befarq qoldirmadi. Tahririyatimizga turli mazmundagi maktublar yo‘llanmoqda.  >>> Batafsil

Andijonda 3 oy ilgari ochilgan savdo markazida dahshatli fojia ro‘y berdi. Savdo markazida bola ko‘targan ayolning eskalatorda qoqilib ketib, bolasini pastga tushirib yuborgani aks etgan. Bunga sabablar nimada? Video >>> Batafsil

Qashqadaryo viloyati hokimligi xodimi Ulug‘bek Avazov va Qashqadaryo viloyati energiya sotish departamanti mutaxassisi Shavkat Xolovlarga OChIQ XAT yo‘llandi. >>> Batafsil

Shahrisabzlik va samarqandlik shifokorlar o‘layotgan uch yarim yashar qizchaning hayotini saqlab qolishdi >>> Batafsil

O‘zbekiston sportida

Melburnda davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi Australian open musobaqasining nimchorak finalida Denis Istomin o‘z ishtirokini yakunladi. >>> Batafsil

UzReport telekanali qoshida yangi futbol telekanali ish boshlaydi. U Futbol TV deb nom oladi. Manbaga ko‘ra, telekanal rahbariyati faoliyatni yuritishi uchun tegishli idoralardan litsenziya va ruxsatnomalarni olgan. >>> Batafsil

Bundan tashqari Futbol TV telekanali efirga chiqadigan muddat ma'lum bo‘ldi. >>> Batafsil

BAAning Dubay shahrida yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. >>> Batafsil

Toshkentning «Lokomotiv» klubi sardori Temur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasining 2018 yilgi jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari borasida gapirib o‘tdi. >>> Batafsil

Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston ot sporti federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferentsiyada ot sporti federatsiyasiga yangi rais tayinlandi. >>> Batafsil

«Buxoro» maslahatchi-murabbiyi sifatida klub rasmiy saytida tanishtirilgan Vadim Abramov aslida bu lavozimda rasman ishlamasligi haqida gapirib o‘tdi. >>> Batafsil

Top