Vazirlik xabariga köra, muloqot davomida Özbekistonning JSTga a'zo bölişi jarayonining joriy holati va istiqbollari, şu jumladan Işçi guruhning 4-yiğilişini ötkaziş masalasi muhokama qilingan.
Qayd etilişiça, pandemiya tufayli mart oyi örtasidan Jahon savdo taşkiloti doirasidagi barça rasmiy tadbirlar töxtatilgan va bu haqda Özbekiston tomoni xabardor qilingan.
17 apreldan JST asosiy organlari faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan amalga oşiriş orqali tiklaş böyiça a'zo-davlatlarning norasmiy maslahatlaşuvlari boşlanmoqda.

Foto: Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi
«A'zo bölgan davlatlar tomonidan taşkilot faoliyatini masofadan amalga oşiriş borasida ijobiy qaror qabul qilingan holda, Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölişga nomzod mamlakatlar, şu jumladan Özbekiston böyiça işçi guruhlarining navbatdagi yiğilişlarini tezkor ötkazilişi birinçi navbatdagi masala böladi.
A.Vulf respublikamizning Jahon savdo taşkilotiga qöşiliş jarayonida taşkilot Kotibiyati tomonidan Özbekistonni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanligi borasida işontirdi. Buning uçun Özbekiston tarafini mazkur yönalişda birgalikda amalga oşirilayotgan işlarni faollaştirişga çaqirdi», deyiladi rasmiy xabarda.
Muzokaralar yakunida a'zolik yuzasidan birgalikda qilinayotgan işlarni masofadan davom ettiriş böyiça kelişuvga erişilgan.
«Özbekiston uçun YeOIIga emas, JSTga a'zolik ustuvor bölişi kerak» – deputat
JSTga kiriş jarayonining qayta boşlanişi
Jahon Savdo Taşkiloti 1995 yil boşidan hozirgi formatiga ötkazilgan, Özbekiston unga a'zo bölib kiriş uçun 1994 yilda ariza bergan – mamlakat hozir kuzatuvçi maqomida. Jahonning 164ta davlati, şu jumladan Qozoğiston, Qirziğiston va Tojikiston ham JST a'zosi sanaladi.

















