Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, 11 may kuni Germaniyaning Frankfurt şahridan charter reys orqali 168 nafar vatandoş qaytarilişi kutilmoqda.
«Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni boşqa davlatlardan vatanga qaytariş uçun aviareyslar taşkil etiş böyiça iş olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.
Kun.uz 1 may kuni Birlaşgan Arab Amirliklarida qiyin ahvolda qolgan özbekistonliklar, 3 mayda esa davolaniş uçun Hindistonga borib ortga qayta olmayotgan vatandoşlar haqida maqolalar e'lon qilgan edi.
Hindistondagi özbeklar masalasiga Oliy Majlis Senati e'tibor qaratdi va ularni qaytariş uçun charter reys taşkil etişni sörab, mutasaddi taşkilotlarga xat bilan çiqdi.
Özbekiston 30 martdan boşlab barça aviaqatnovlarni töxtatgaç, xorijda qolib ketgan fuqarolarni qaytariş uçun jami neçta charter reyslar taşkil etilgani va ularda neça kişi vatanga olib kelingani haqida oçiq manbalarda ma'lumot yöq.
Şunisi ma'lumki, xorijda qolib ketgan vatandoşlarning 11 mingga yaqini ança qiyin ahvolda qolgan. Bu haqda 7 may kungi videoselektorda aytib ötgan prezident Şavkat Mirziyoyev ularni qaytariş çoralari körilişini ta'kidlagan edi.
Olib kelinganlar Maxsus komissiya talablariga muvofiq kamida 14 kunlik karantinga joylaştiriladi.
Rossiyadan Özbekistonga qaytiş uçun charter reyslarga qanday röyxatdan ötiş mumkin?
«Mavhumlikdan çarçadik» – Yevropada qolib ketgan özbeklar hikoyalari


















