14 sentabr, duşanba kunidan boşlab Özbekistonda yana 2300dan ortiq maktab oçilib, ularda an'anaviy ta'lim boşlanadi.

Xalq ta'limi vazirligidan xabar qilişlariça, 7 sentabr kuni oçilgan 329ta maktab bilan qöşib hisoblaganda, 14 sentyabrdan e'tiboran faoliyati yölga qöyilgan maktablar soni 2635tani taşkil etadi.

Ma'lumot uçun, Özbekistondagi umumta'lim maktablari soni 10 mingga yaqin. Öquvçilar 6,2 million nafar, öqituvçilar esa 486 mingdan oşadi.

Aksariyat maktablarda an'anaviy ta'lim 1 oktyabrga qadar tiklanişi kutilmoqda. Bunda maktablarni oçiş haqidagi qaror individual tarzda joylardagi haqiqiy holat hamda soğliqni saqlaş tizimi xulosalariga muvofiq, mahalliy kengaşlar deputatlari ruxsatidan söng qabul qilinadi.

«Bunday qaror hududdagi epidemiologik vaziyat, öqituvçilarda aniqlangan koronavirus körsatkiçi, hududdagi soğliqni saqlaş tizimining vaziyatga tayyorligidan kelib çiqib qabul qilinadi.

Bunda har har bir hudud individual tarzda yondaşayotganligini ham alohida qayd etiş mumkin. Aytaylik, Navoiy viloyatidagi ba'zi maktablarda dastlabki haftalarda asosan boşlanğiç sinf öquvçilari an'anaviy ta'lim şakliga jalb qilinmoqda, boşqa viloyatlarda esa maktabning har bir sinfi turli vaqtda va navbatda öqişni taşkil qilmoqda.

Har bir viloyat va tuman kesimida faoliyati tiklanayotgan maktablar töğrisidagi ma'lumotlar tegişliligi böyiça hokimliklar va tuman xalq ta'limi bölimlari rasmiy internet tarmoqlarida e'lon qilinişi belgilangan. Şu bilan birgalikda, maktablar sinf rahbarlari orqali ota-onalarni xabardor qiladilar», – deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib ötamiz, 14 sentyabrdan boşlab maktab öquvçilari uçun barça fanlardan televizion darslar efirga uzatila boşlanadi. Onlayn maktab loyihasi doirasida darslar jadvali kunlik ravişda e'lon qilib boriladi.