Darxon Sotiboldi Qozoğistondagi voqealarga ham töxtalib ötdi. Quyida elçining asosiy fikrlari matn şaklida keltirib ötiladi.
«Ayrim naşrlar Qozoğistondagi vaziyatni biryoqlama yoritmoqda»
Bugun men Qozoğistonda sodir bölgan fojiali voqealar haqida fikr bildirmoqçiman. Bu boradagi xabarlarni kuzatar ekanman, ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari Qozoğistondagi mavjud vaziyatni biryoqlama yoritayotganiga guvoh böldim.
KXŞT kuçlaridan foydalaniş ham, rasmiylarning sodir bölayotgan voqealarga munosabati ham notöğri talqin qilinmoqda. Sodir bölgan hodisalar köp qirrali edi. Sof iqtisodiy talablar bilan boşlangan namoyişlar terrorçi guruhlar tomonidan mamlakat konstitutsiyaviy tuzumiga putur yetkaziş uçun foydalanilgan.
2022 yil 2 yanvar kuni Manğistau viloyatida suyultirilgan gazning çakana narxi litri uçun örtaça 60 tengedan 120 tengega oşişiga qarşi namoyişlar boşlangan edi. Namoyişçilar ularni avvalgi darajaga tuşirişni, qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etişni talab qilişdi. Norozilik tölqini boşqa şaharlarga ham tarqaldi. Qozoğiston prezidenti gaz narxi oşişiga qarşi mitinglar vaqtida fuqarolarni provokatsiyalarga berilmaslikka çaqirdi.
Aksiya iştirokçilari bilan muloqotni davom ettiriş va yuzaga kelgan muammoga yeçim izlaş uçun Qozoğiston prezidenti topşiriğiga köra Davlat komissiyasi tuzilib, namoyişçilar talablarini körib çiqiş böyiça Respublika ştabi tuzildi.
«Tinç yöl bilan ötkazilgan namoyiş qurolli töqnaşuvga aylanib ketdi»
4 yanvar kuni hukumat gaz narxini 50 tengega tuşirdi, şuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilği-moylaş mahsulotlari va kommunal xizmatlarning narxlarini oşirişga moratoriy joriy qildi. Şuningdek, ulgurji sotuvçilarga suyultirilgan gaz sotişda uning narxini özaro til biriktirgan holda sotişda gumonlanib, tergov harakatlari boşlangan.

















