Kun.uz yangi videorukn – hafta mavzulari dayjestini taqdim etadi. Haftaliklarimizda yakunlanayotgan yetti kunlikning eng asosiy mavzulari haqida fikr yuritamiz, röy berayotgan voqea-hodisalar haqida öz sub’yektiv fikrlarimizni ham bildirib ötamiz. Va albatta, biz tilga olgan mavzular böyiça fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz.

Uç foizlik yiğimni “yutib yuborgan” UzAuto Motors

Fevralning birinçi haftasi ortda qolyapti hamki, 1 fevraldan kontraktatsiyani tiklaşni va’da qilgan UzAuto Motors'dan hamon darak yöq. Kompaniya eng xaridorgir maşinalar uçun şartnoma tuzişni qaçondan boşlaşi noma’lumligiça qolyapti.

Foto: UzAuto Motors

Monopol korxona heç qanday izoh bergani yöq. Buning örniga, masalan, Ukraina politsiyasiga Cobalt yetkazib berganini aytib maqtanyapti. Bu Cobalt'larning magnitolasi bor-yöqligi noma’lum.

Yangi maşinalar uçun şartnoma tuziş bundan salkam 50 kun oldin töxtatilgan edi. Qişga yaqin avtomobili uçun pul tölab qöygan, lekin navbati kelişini kutayotganlar soni 90 mingga yaqinlaşgandi. Mikroçiplar muammosi rostdan ham bor, lekin ana şu şaroitda UzAuto Motors'ning çorasiz özbekistonliklarga nisbatan munosabatini körsatadigan birgina faktga e’tibor qarating:

Kompaniya 2021 yilda avtomobil işlab çiqarişni 16 foizga kamaytirgan, lekin eksportni 36 foizga oşirgan. Avvalgi yillardagi raqamlarni qöşsa, bu farq yanayam oşadi, çunki UzAuto Motors eksportni yildan yilga oşiryapti. Şu monopoliya peşonasiga bitgan özbekistonliklar esa yarim yillab navbat kutişda davom etyapti.

Özbekistonda işlab çiqarilgan va eksport qilingan yengil avtomobillar soni