8 million kishiga pul tarqatilyapti

O‘zbekistonda aholiga yana pul tarqatilmoqda. Pensiya va nafaqa oluvchi qariyb 4 million fuqaroga Toshkent shahrida 400 ming so‘mdan, boshqa hududlarda 300 ming so‘mdan bir martalik yordam ko‘rsatilyapti. Bundan tashqari, kam ta’minlangan oilalarda yashovchi 4,5 million bolaning har biriga 200 ming so‘mdan beriladigan bo‘ldi.

“Temir daftar”ga kiritilgan, lekin yuqoridagi ikki toifaga mansub bo‘lmagan oilalarga esa har bir oila a’zosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatiladi.

Ehtiyojmand aholini to‘g‘ridan to‘g‘ri pul tarqatish orqali qo‘llab-quvvatlash pandemiya davrida ko‘plab davlatlarda kuzatilgan edi. O‘zbekistonda ham 2020 va 2021 yillarda bir necha marta aholining alohida toifalariga pul tarqatildi. Oxirgi marta o‘tgan yilning dekabr oyida ayrim toifa fuqarolarga 800 ming so‘mdan berilgandi.

Ta’kidlash kerak, bu safar yordam oluvchilar soni avvalgilaridan bir necha barobarga ko‘p. Bu galgi aksiya inflatsiya tezlashgani fonida ro‘y bermoqda. Shuningdek, bu yil davlat g‘allani fermerlardan bozor narxida sotib oladigan bo‘ldi. Fermerlar uzoq kutgan yangilikning ro‘y berishi ayrim hududlarda erkinlashmay qolgan qolipli non narxini oshirishi, ya’ni bozor narxiga o‘tkazishi kutilyapti.

Kambag‘allik muammosi ko‘plab rivojlangan davlatlarda allaqachon hal etib bo‘lingan. O‘zbekiston esa keyingi besh yilda kambag‘allik darajasini 2 barobarga kamaytirishni maqsad qilgan. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Buxoroda o‘tkazilgan forumda aytib o‘tdi.

O‘zbekistonda kambag‘allikning hozirgi darajasi qanaqa ekani, ya’ni aholimizning qanchasi kambag‘al yashayotgani bo‘yicha tadqiqotlar va statistik raqamlar hozircha e’lon qilinmagan. Xuddiki, hali noma’lum raqamni 2 barobarga kamaytirish haqida gapirilayotgandek. Shunisi aniqki, O‘zbekistonda 4,5 mln nafar bola kam ta’minlangan oilalarda