Sirli portlaş, “çuqur kirilmaydigan” mavzu va YTHlar statistikasi - hafta dayjesti
|16:04 / 01.10.202342 28213 min
Ortda qolayotgan hafta davomida Özbekistonda röy bergan muhim voqea-hodisalarning qisqaça tafsilotlari – Kun.uz dayjestida.
Yöllarda – kuniga önta ölim
Dayjyestni haftaning eng muhim xabari bilan boşlasak. Özbekiston yöllarida yuriş öta xavfliligiça qolmoqda. Rasmiy ma’lumotlardan ma’lum bölişiça, ötgan avgust oyida respublikada yöl-transport hodisalari oqibatida 300 kişi, qaytarib aytamiz uç yuz nafar inson halok bölgan. Bu yöllarimizda kuniga 10 kişi vafot etyapti degani. Boşqaçaroq aytganda, har kuni yuzlab vatandoşlarimiz avtohalokatlar sabab öz yaqinlarini yöqotyapti. Masalan, şu bugun ham, aniqki, yurtimizning qaysidir nuqtalarida kimdir farzand doğidan kuyib, kimdir turmuş örtoğidan ajralib aza oçyapti. Va bu holat har kuni yangidan yangi xonadonlarda takrorlanyapti.
Dunyoda samolyot halokatlari – uçrab turadigan holat, lekin ularga nisbatan munosabatga e’tibor bering. Halokat röy berişi bilanoq darhol motam e’lon qilinadi, zudlik bilan keng miqyosda tekşiruv işlari boşlanadi, halok bölgan begunoh insonlarning hayotiy hikoyalari, reysga çiqişdan oldin yaqinlariga aytgan gaplari tillarda doston böladi... Biz esa har oyda bitta samolyot qulagandek miqyosda qurbonlar berayotgan bölsak-da, bir jamiyat sifatida, afsuski, buning dahşatini mutlaqo sezmayapmiz. Şunça ölimlar, ularga qöşilib yana son-sanoqsiz odamlarning umrbod mayib-majruh bölib qolayotgani ham yöl harakati qoidalarini buzişga nisbatan toqatsizlik kayfiyatini şakllantiriş uçun yetarli bölolmayapti. Qoidabuzarliklarni oqlaş, hatto qurbonlarning özini ayblaş odatiy holligiça qolyapti. Mas’ullar esa eng aşaddiy qoidabuzarlarni tiyişi mumkin bölgan oddiygina jarima ballari tizimini ham paysalga solişdan uyalmayapti.
Raqamlarga qaytsak. Juma kuni Senat yalpi majlisida berilgan ma’lumotlarga köra, 2023 yilning 8 oyida 8 millionga yaqin qöpol qoidabuzarlik qayd qilingan. Ya’ni rasmiy röyxatga olingan qöpol qoidabuzarliklarning özi oyiga millionta, röyxatga olinmagani qança – yolğiz xudoga ayon. 8 oy davomida sodir bölgan 6 mingga yaqin yöl-transport hodisasida 1415 kişi halok bölgan, 5448 kişi jarohatlangan. Bu örinda ham bu faqatgina rasmiy raqamlar ekani, içki işlar organlariga murojaat qilinmagan holatlar ham juda köpligini unutmaslik kerak.
Senatorlarning aytişiça, avtohalokatlarda jabrlanayotganlarning haddan taşqari köpligiga piyodalar ötiş joylarining yetarliça jihozlanmagani, haydovçilarning piyodalarga yöl bermasligi, maşinalarni haydovçilik guvohnomasisiz boşqariş va mast holda rulga ötiriş odatiy holga aylanib qolgani kabi omillar asosiy sabab bölyapti.
Mavzuga oid
Senat 2 yildan beri UzAirways'ga sözini ötkaza olmayapti
Senatorlar YTHlar böyiça ayançli raqamlardan taşvişda ekanini bildirgan bölsa ham, Içki işlar vazirligiga va’da qilingan va unutilgan jarima ballari tizimini joriy etiş talabini qöya olmadi. Boşqa tomondan esa, Senat bunday talabni qöygan taqdirda ham, bu talab bajarilişini kutiş uçun katta asoslar bölmaydi.
Gap şundaki, Uzbekistan Airways kompaniyasi parlament yuqori palatasining çipta sotişdagi byurokratiyani yöqotiş böyiça talabini 2 yildan beri bajarmay kelayotgani ma’lum böldi. Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonovning aytişiça, agar fuqarolar UzAirways'ga qaraşli kassalardan öz yaqinlari uçun aviaçipta sotib olmoqçi bölişsa, ulardan fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinyapti. Pasportning asl nusxasini taqdim etmagan fuqarolarga esa aviaçipta sotilmayapti. Burhonovning sözlariga köra, bu holat yaqinlari boşqa viloyatlarda yaşayotganlar uçun qiyinçilik tuğdiryapti, aviaçipta savdosida korrupsiyani yuzaga keltiryapti.
Buning mantiqsizligi şundaki, aviakompaniya saytida istagan odam istagan odami uçun bemalol çipta olişi mumkin. Buning uçun pasportning asl nusxasi tugul, kserokopiyasi ham kerakmas, undagi ma’lumotlar kiritilsa böldi. Ma’lum bölişiça, Senat aviakassalardagi bu byurokratik talabni bekor qiliş böyiça UzAirways'ga 2021 yil 19 martdayoq murojaat qilgan, öşanda kompaniya muammoni hal etiş çoralari körilayotganini ma’lum qilgan. 2023 yil iyunida esa, aviakompaniya Senatga javob yöllab, bu muammoni hal qiliş imkonsiz ekanini bildirgan.
Parlamentga oid yana bir yangilik. Şu hafta deputatlar Oliy Majlisga doir qonunçilikni yangi konstitutsiyaga moslaştiriş böyiça qonun loyihasini körib çiqişni boşladi. Unga köra, senatorlar soni 100 nafardan 65 nafarga tuşiriladi, Qonunçilik palatasi spikeri örinbosarlari soni 7 nafardan 2 nafarga qisqartiriladi, yuqori va quyi palataning vakolatlari qayta körib çiqiladi. Şuningdek, Qonunçilik palatasi va Senatga özini özi tarqatib yuboriş vakolati berilyapti.
Yuzlab bolalar kasallanganidan keyin, vazir: “Bu mavzuga çuqur kirmanglar...”
Ötgan haftaning boş mavzusi – yuzlab bolalarning hozirça noma’lum etiologiyali zaharlanişi böyiça voqealar rivoji bu hafta ham kun tartibida turdi. Şukrki, Namanganda kasallangan bolalarning barçasi soğayib, uyiga qaytdi. Bu haqda seşanba kuni yopiq matbuot anjumani ötkazgan soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov ma’lum qildi.
Inoyatov “heç bir bolaning ahvoli oğir emas”ligini urğulab, holat töliq örganib çiqilgani, barça savollarga “tez orada javob berilişi”ni aytdi. Lekin hafta oxirigaça va’da qilingan javoblar bölmadi. Aksinça, vazirning özi öşa anjumandagi sözlari bilan savollarni köpaytirdi.
“Bitta narsani iltimos qilaman. Bu mavzu bilan şuğullanayotgan odamlar bor. Mayda, bölmağur gaplar… Nima bölsa ham, özi tekşiradi, özi javobini beradi. Bu mavzuga çuqur kirmanglar. Bu bilan şuğullanadigan taşkilotlar bor. Ular hammasini oçiq örganyapti”, – dedi Amrillo Inoyatov.
Vazirning “bu mavzuga çuqur kirmanglar” deyişi, tabiiyki, rezonansga sabab böldi. Yuzlab bolalarning bir kunda bir xil belgilar bilan kasallanişi, bu voqea bolalarni yod bilan ta’minlaş dasturi boşlanişi fonida röy bergani, yod preparatlarining davlat tomonidan xarid qilinişi bilan boğliq masalalar, aksinça, mavzuga imkon qadar çuqurroq kirişga katta zarurat borligini körsatib turibdi. Uning ustiga, farmatsevtikadagi korrupsiya oqibatlaridan bir marta kuyib, juda aççiq tajriba orttirib böldik. Odamlarning befarq bölmasligi – bunday fojialar takrorlanmasligi uçun ham kerak.
Amrillo Inoyatov seşanba kungi matbuot anjumanida yod preparatlari narxi şişirilgani haqidagi xabarlarni “notöğri, provokatsion” deb atadi. Lekin vazirlik heç qanaqa tender ötkazmasdan, 3,5 mln qutisining har birini örtaça 6200 sömdan ulgurji narxda sotib olgan “Antistrumin” preparati çakana bozorda bundan ikki barobar arzon narxda sotilganini Kun.uz va Gazeta.uz naşrlari boğlangan dorixonalar tasdiqlab turibdi. Aksi bölganida, rasmiy manbalar zudtar raddiyalarga tölib ketgan bölardi, ehtimol.
Soğliqni saqlaş vazirligi yod preparatlarini qimmat narxlarda “Samo” MÇJdan xarid qilgan. Bu kompaniyaning 7 foizlik uluşdori bölgan Nodir Yunusov ismli şaxs butun Özbekistonga maşhur bölib ketdi. Ma’lum bölişiça, u 2009 yildan beri AQŞda odam savdosi va moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, qidirilmoqda. Kun.uz manbalari Amerika huquq organlarining qidiruv röyxatida turgan Nodir Yunusov va Özbekistonning bir neçta hududlarida bolalarning kasallanişi fonida jamoatçilik e’tiborini tortgan yod işlab çiqaruvçi “Samo” firmasining mulkdorlaridan biri ayni bir şaxs ekanini tasdiqladi.
Bu ma’lum bölib qolgaç, Yunusov bir neça kun içida “Samo” ta’sisçilari qatoridan çiqdi. Ayni paytda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi kompaniyaning farmatsevtik faoliyati böyiça tekşiruv boşlangan.
Şu örinda, dengizdan uzoq joylaşgan Özbekiston aholisi uçun yod iste’moli favqulodda muhim ahamiyatga egaligi, bu mikroelement insonning aqliy rivojlanişi, qalqonsimon bez va ovqat hazm qiliş organlari faoliyati uçun birlamçi zarurat ekanini eslatib ötişni istardik. Şu ma’noda röy bergan mojaro bolalarni yod bilan ta’minlaş dasturi davomiyligiga raxna solmasligi, faqatgina bu dastur korrupsiyadan xoli, tibbiy jihatdan professional tarzda yölga qöyilişi kerak.
Sergelidagi ombor portlaşi
“Antistrumin” şov-şuvini payşanba kuni Sergelidagi portlaş bosib ketdi. 28 sentabrga ötar keçasi poytaxtning Quruvçilar dahasidagi omborda qöziqorin şaklini olgan kuçli portlaş röy berdi. Rasmiylarga köra, oqibatda şu yaqin atrofdagi uylardan birida bölgan 17 yoşli yigit vafot etgan, 163 kişi turli darajalarda jarohatlangan.
Voqea videolarida portlaşdan oldin ombor yonayotganini va yaqin atrofdan sirena ovozlari kelayotganini köriş mumkin. Rasmiy ma’lumotlarga köra, öt öçiruvçilar voqea joyiga soat 02:48 da yetib borgan. Kuzatuv kameralaridagi yozuvlardan körinişiça, portlaş şundan 4 daqiqa ötib, soat 02:52 da röy bergan.
Bunçalik yirik portlaşga nima sabab bölgani, ya’ni omborda nima saqlangani ma’lum emas. Rasmiylar birlamçi taxminlar haqida hozirça ma’lumot bermadi. Oçiq ma’lumotlarga köra, logistika markazi tez buziladigan mahsulotlardan tortib, to yirik hajmgaça bölgan tovarlarni qabul qiliş, saqlaş, bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş va jönatiş böyiça xizmatlar körsatgan. Unga Özbekistonda 1995 yilda oçilgan Benif va Dubayda röyxatdan ötgan Integra benefit investmens nomli kompaniyalar egalik qiladi.
Ma’lum qilinişiça, portlaş natijasida 26 ta köp qavatli uydagi 592 ta xonadon va boşqa obektlarga zarar yetgan. Mas’ullar talafot körgan aholiga har tomonlama kerakli yordam körsatiş böyiça tezkor çoralar köryapti. Boş vazirning matbuot kotibi Behzod Hidoyatovning aytişiça, keçiktirib bölmaydigan va ijtimoiy ahamiyatga ega xarajatlar keyinçalik logistika markazi egalaridan undirib olinadi. “Buni albatta MÇJga tölatamiz, davlatning puli köçada qolmagan”, – dedi hukumat rasmiysi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Şveytsariya Boş prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan 5 yillik tergovni yakunladi. Karimova xalqaro jinoiy taşkilotda iştirok etiş, jinoiy daromadlarni legallaştiriş, poraxörlik va boşqa jinoyatlarda ayblanyapti. Sud bu safargi jinoyat işi doirasida muzlatilgan 440 mln frankdan ortiqroq mablağlarni musodara qiliş masalasini ham körib çiqadi. Eslatib ötamiz, Özbekiston tomoni Karimovaning çet ellardagi jinoiy aktivlarini jami 1,3 mlrd dollarga baholagan.
Afğonistonda Qöştepa kanali qurilişida boşqa kuçlarning ham qöli bor. Bu haqda Özbekiston suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev ma’lum qildi. “Katta iqtisodiy qudratga ega davlatlar bu masalaga aralaşib, mablağ berişini aytyapti”, – dedi u. Xorijiy matbuotda bu yerda gap Xitoy haqida ketayotgani töğrisida ma’lumotlar tarqagan. Ayni paytda, rasmiy Pekin Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temiryöli qurilişi uçun pul ajratişni keyinroqqa qoldirgani haqida xabarlar paydo böldi.
Şayxontohur tuman sudi “Kompromat işi” böyiça hukm çiqardi. Iş doirasida Telegram'dagi “Kompromatuzb” kanaliga aloqador ekani aytilgan jurnalist Xurşid Daliyev va “Özbekneftgaz”ning sobiq matbuot kotibi Siyovuş Hoşimov tovlamaçilik va boşqa jinoyatlarda aybdor deb topilib, 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Mehnat vazirligi matbuot xizmatining sobiq rahbari Mavjuda Mirzayevaga 5 yilga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlanib, u sud zalidan ozod qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bu safar birgalikda Germaniyaga bordi. Ular Germaniya prezidenti va boş vaziri bilan ham ikki tomonlama, ham birgalikdagi muzokaralarni olib bordi. Rasmiy Berlin beşta respublika bilan strategik mintaqaviy hamkorlikni yölga qöyiş, “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi sammitni doimiy tarzda ötkazib borişni taklif qildi va bu taklif qabul qilindi. Kelasi yili Özbekistonda birinçi Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti bölib ötişi kutilmoqda.
Muallif – Komron Çegaboyev Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi