Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyevning Surxondaryoga tashrifi, Tuladagi vahshiy qotillik, Venesuelada boshlangan isyon va kunning boshqa xabarlari
Yakunlanib borayotgan 30 aprel, seshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.
O‘zbekiston xabarlari
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 30 aprel kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

· Prezident Surxondaryo viloyatiga tashrifini To‘polang GESni borib ko‘rish bilan boshladi
· Boysunda yangi gaz-kimyo kompleksi barpo etiladi
· Sharg‘unda 105,5 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda
· Shavkat Mirziyoyev Boysun tumanida oqsoqollar bilan suhbatlashdi
Iqtisodiyot va investitsiyalar

· O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari surish bo‘yicha «Invest in Uzbekistan» axborot kampaniyasi ishlab chiqiladi
· Jizzaxda 20 yildan beri ishlamayotgan to‘qimachilik fabrikasi tiklanadi
· Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni fuqarolarga «konvert» usulida haq to‘lamaslikka chaqirdi
· Navoiyda ishbilarmon va tadbirkorlar xalqaro biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda
Huquq tartibot

· Soliq organlari Muhammadbobur Xo‘jayev va Aziz Zokirov faoliyatini o‘rganishni boshladi
· Oliy sud raisi: «Yangi Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksi ishlab chiqilmoqda»
· Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: kolbasa mahsulotlari bo‘yicha nohalol raqobat holati bartaraf etildi
· Sud «Yangiobod» turbazasi egasining apellyatsiyasini qanoatlantirishni rad etdi. Egasi Oliy sudga apellyatsiya berishini ma'lum qildi
· Samarqandda 8 mingdan ziyod kishini chuv tushirgan elektron moliyaviy piramida asoschisi sudlandi
Jamiyat

· O‘zbekistondagi birinchi pullik yo‘l qurilishi qachondan boshlanishi ma'lum bo‘ldi
· Xususiy ta'lim muassasalari litsenziyasi endi cheklanmagan muddatga beriladi
· «Snos» mojarosi yakuni: Toshkent hokimi va investor o‘rtasida «yopiq eshiklar ortida»gi muloqot natijasi qanday bo‘ldi?
· Urush qatnashchisi vafot etsa, farmonda ko‘rsatilgan mablag‘ qayerga sarflanadi?
· Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar OTMga alohida kvota bo‘yicha qabul qilinadi
Reportajlar, voqealar, surishtiruvlar

· Jarqo‘rg‘onda «Obod qishloq» dasturi amalga oshirilgach, tadbirkorlar nimadan norozi bo‘lishdi?
· Aholi norozi bo‘lsa-da Past Darg‘omdagi transformator pana joydan katta yo‘l yoqasiga ko‘chirildi. Bu mavjud tartiblarga to‘g‘ri keladimi?
· Sobiq «Abu Saxiy» bozori hududidagi sotuvchilar orasida norozilik kelib chiqdi. Hokimlik rasmiy izoh berdi
· Navoiyda «Damas»dagi gaz baloni portladi. Uch kishi kasalxonaga yotqizildi
JAHON XABARLARI

· Venesuelada harbiy isyon boshlanmoqda. Qurolli kuchlar Guaydoga qo‘shildi
· Tula yaqinidagi supermarketda Rossiya fuqarosi bo‘lgan asli o‘zbekistonlik sotuvchi ayolni xaridorlar ko‘z o‘ngida pichoqlab ketishdi
· Pens AQSh Venesuela ko‘chalariga chiqqan odamlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
· AQSh «Musulmon birodarlar» harakatini terrorchi tashkilot deb tan olmoqchi
· Eron prezidenti AQSh qurolli kuchlarini terrorchilik tuzilmalari deb tan olinishi haqidagi qonunni imzoladi
· Zelenskiy rasman Ukraina prezidenti. U yaqin vaqt ichida qasamyod qiladi
Sport xabarlari
· «Paxtakor»ning «Persepolis»ga qarshi o‘yini vaqti o‘zgardi
· Umid Ahmadjonov: «O‘yin vaqtini cho‘zgan futbolchining jamoasiga kerak bo‘lsa texnik mag‘lubiyat yozilsin»
· YeChL anonsi. Messi Salohga qarshi va sensatsiyachilar to‘qnashuvi
· Yo‘liga tushib olgan «Lokomotiv», Qosimov jamosiga 4 ta gol urgan «Nasaf», 5 turdan buyon gol urayotgan Temurxo‘ja – Superliga 6-tur yakunlari
· O‘zbekiston terma jamoasi velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida 7 medalni qo‘lga kiritdi
Mavzuga oid
14:41 / 30.04.2025
G‘azoda otishmalar ostida tarqatilayotgan taom, AQSh harbiy uchog‘ini qulatgan husiychilar va «kelajak shahri»ni tortolmayotgan Saudiya - kun dayjesti
15:27 / 29.04.2025
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti
13:05 / 28.04.2025
Eron portidagi dahshatli portlash, Kanadada fojiaga aylangan festival va Suvaysh kanaliga «ko‘z olaytirayotgan» Tramp - kun dayjesti
13:54 / 26.04.2025