Keça, 3 noyabr kuni internetning özbek segmentini “portlatgan” juda qiziq voqealar bölib ötdi. Bir neça soat davomida internetdan xabar olmaganlar esa nima bölganini tuşunmay ham qoldi. Keling, hammasini bir boşdan gapirib beramiz, boriça…

Dastlab 19:00lar atrofida “Özkomnazorat” Telegram messenjeri hamda YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki tarmoqlarining Özbekistondagi faoliyatini çeklab qöydi. Davlat personallaştiriş markazi bu tarmoqlari Şaxsga doir ma'lumotlar sub'yektlari huquqlarini buzuvçilar reyestriga kiritdi.

Çeklov qöyilgaç, Telegram'da xabar almaşiş imkoni bölsa-da, fayllar yuborib bölmay qoldi. Facebook'ga esa VPN'siz kirib bölmayotgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu yangilikka nisbatan tanqidlar yomğiri yoğildi. Bu holat haqiqatda jamoatçilikning keskin va haqli e'tirozlariga sabab böldi. Köpçilik buni prezident Şavkat Mirziyoyev olib borayotgan oçiqlik siyosatiga qarşi harakat deb baholadi.

Soat 21:37da prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov Telegram'dagi kanalida voqeadan Şavkat Mirziyoyev xabar topganini va tez orada barça tarmoqlarga ulaniş tiklanişini ma'lum qildi. Rasmiy xabar boşidagi eng birinçi sözlarga diqqat qiling: “Hukumat körsatmasiga asosan “Özkomnazorat” tomonidan bir yoqlama, uzoqni öylamay qilingan harakat...”

Prezident administratsiyasiga aloqador “Nigoh” kanali ham topşiriqni Vazirlar Mahkamasi berganini yozib çiqdi. Kanalga köra, hukumatning ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini çeklaş töğrisidagi qarori “barça huquqiy va texnik me'yorlarga rioya qilgan holda belgilangan tartibda rasmiylaştirilmagan” va bu haqda Prezident administratsiyasiga xabar berilmagan.

Bu orada Telegram, Facebook va boşqa tarmoqlarning Özbekistondagi faoliyati qisman tiklandi, YouTube video hostingidagi uzilişlar davom etib turdi.

Köp ötmay Kun.uz manbasi ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini çeklaş böyiça topşiriq hukumatdan “Özkomnazorat”ga bir kun oldin, boş vazir Abdulla Aripov tomonidan berilganini