Kun.uz yakunlanayotgan haftaning asosiy xabarlaridan dayjest taqdim etişda davom etadi. Biz hafta davomida Özbekistonda röy bergan eng muhim voqea-hodisalarni imkon qadar qisqaça sanab ötamiz.

Şavkat Mirziyoyev – Umrada

Haftaning eng yorqin voqeasi, şubhasiz, prezident Şavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga safari böldi. Özbekiston prezidentining bu mamlakatga davlat taşrifi oxirgi marta bundan 30 yil oldin, 1992 yilda röy bergan edi. Şundan keyin oradagi ma’lum davrda munosabatlar yetarliça sovuqlaşgandi ham.

Şavkat Mirziyoyev safarini Madina şahridan, payğambarimiz Muhammad alayhissalomning qabrlarini ziyorat qilişdan boşladi. Masjidun Nabaviyda ikki rakat namoz öqib, duo qilgan prezident payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam yaşagan va dafn etilgan Hujrayi saodatga kirib, payğambarimizga salovat va salomlar aytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Safar söngida esa Şavkat Mirziyoyev Makkaga borib, umra amallarini bajardi. Davlat rahbari avvaliga muqaddas Ka’ba içiga kirib, tört tomonga qarab namoz öqidi, söng Ka’bani 7 marta aylanib tavof qildi. Videolardan bu jarayonda prezident qattiq ta’sirlanganini köriş mumkin. Şundan keyin Safo tepaligidan Marva tepaligi tomon 7 marta borib kelgan ziyoratçilar, Marva tepaligida 2 rakat namoz öqiş bilan Umra amallarini yakunladi.

Davlat taşrifi doirasidagi rasmiy tadbirlar Jidda şahrida bölib ötdi. Köplab hujjatlar imzolandi. Ular orasida yaşil energetikaga oid kelişuvlar alohida ahamiyatga ega. Saudiya Özbekiston energetika kompleksiga 5 yil içida 10 mlrd dollar sarmoya kiritişiga kelişildi. Masalan, Qoraqalpoğistonda dunyodagi eng yirik şamol elektr stansiyalaridan biri quriladi. Rejaga köra, 1,5 gigavattlik loyiha işga tuşgaç, 1 mln 650 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi.

Eslatib ötamiz, bu – Şavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga prezident sifatidagi ilk safari emas. U 2017 yilda Ar-Riyoddagi xalqaro sammitda qatnaşgan edi. Umuman, Mirziyoyev prezident sifatida jami 18 ta davlatga borgan.